Odam tanasining shakllari


Yurak va qon tomirlarning tuzilishi



Download 0,6 Mb.
bet28/30
Sana23.07.2021
Hajmi0,6 Mb.
#126524
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
Anatomiya fanidan 15talik mavzu

Yurak va qon tomirlarning tuzilishi


Yurak qonni harakatlantirib, uni inson a’zolari va to’qimalariga yetkazib berib turadigan a’zodir. U old ko’ks oralig’ida joylashib, sog’lom odam yuragining asosi chap tomonda — II qovurg’a damida, uchi V qovurg’a oralig’ida turadi. Yurak hajmi 250—300 gr ni tashkil etadi. Uzunasiga ketgan to’siq bilan yurak chap va o’ng nimtaga bo’linadi. Har bir nimtasi esa, o’z navbatida, yurak bo’lmachasi bilan yurak qorinchasiga bo’linadi.

Yurak 3 qavat: ichki-endokard, o’rta-miokard va tashqiperikarddan tashkil topgan. Endokard yurak bo’lmachalar bilan qorinchalar bo’shliqlarining ichki yuzasini qoplab turadigan endomital hujayralardan iborat. Yurakning bir bo’shlig’i ikkinchisiga aylanadigan joyda endokard qalin tortib, burmalar hosil qiladi. Bular yurak klapanlari deb aytiladi.

Miokard yurakning o’rta qavatidir. O’ng qorincha miokardi chap qorinnikiga nisbatan sustroq rivojlangan. Qorinchalar muskul qavati bo’lmachalarinikiga qaraganda ancha qalinroq bo’ladi. Miokard tolalari bir-biri bilan chalkashib qo’zg’alishi natijasida qisqaradi va qon butun yurakka bir lahza ichida tarqalishi uchun sharoit yaratiladi.

Perikard tashqi va ichki varaqlardan tashkil topgan. Bu varaqlar orasida bo’shliq bor, shu bo’shliqda doimo 20—30 ml seroz suyuqlik bo’ladi.

Tana pastki qismlarining venalaridan kelgan qon pastki kovak venaga, yuqori qismlaridan kelgan qon esa yuqori kovak venaga quyiladi. Bu venalarning ikkalasi o’ng bo’lmachaga quyiladi, so’ngra venoz qon o’ng qorinchaga o’tadi, undan esa o’pka arteriyasi orqali o’pkaga o’tadi. O’pka arteriyasi o’pkada tobora mayda tomirlarga, pirovard natijada alveolalarni o’rab turadigan kapillarlarga bo’linadi. Mana shu yerda venoz qon kislorod bilan to’yinadi. So’ngra kapillarlar bir-biri bilan tutashib, o’pka venalarini hosil qiladi. Bu venalardan arterial qon chap bo’lmachaga, undan chap qorinchaga tushadi. Kislorod bilan to’yingan qon chap qorinchadan aorta va arteriyalar tormog’i orqali butun organizmga tarqaladi. Arteriyalar kichikroq kalibrdagi tomirlarga bo’linib, kapillarlar bilan tugallanadi. Kapillarlarning diametri 7—8 mkm ni tashkil etadi. Kapillarlardan oqib kelgan qon kislorod va oziq moddalarni hujayralarga beradi va ishlangan mahsulotlarni o’ziga singdirib oladi. Kapillarlarning arterial va venoz tirsagi bor.

Kapillarlarning ko’pgina qismi, odatda, puchaygan holatda bo’lib, dam olib turadi. Puchayib turgan shu kapillarlar jismoniy zo’riqish paytida qon bilan to’lishadi. Organizmdagi barcha a’zo va to’qimalar kapillarlaridan qon venalarga yig’iladi va ular o’ng bo’lmachaga oqib keladi.

Qon aylanish sistemasi ikki: katta va kichik qon aylanish doirasiga bo’linadi. Tomirlar sistemasining bir qismi, ya’ni o’ng qorinchadan o’pka arteriyasining chiqish joyidan to o’pka venasining chap bo’lmachaga quyilish joyigacha bo’lgan qismi kichik qon aylanish doirasi deyiladi. Tomirlar sistemasining qolgan qismi, ya’ni aorta va uning tarmoqlaridan tortib to ustki va kovak venalargacha bo’lgan qismi katta qon aylanish doirasi deb aytiladi. Normada yurak minutiga 60 — 80 marta qisqarib turadi va u har safar qisqarganda normada 50 — 70 ml qonni otib chiqaradi, bu sistalik hajmni tashkil etadi. Yurakning minutlik hajmi 1 min davomida yurak otib chiqaradigan qon miqdori hisoblanadi. Odam tinch turganda u 3,5—5 litrni tashkil etadi. Qonning hammasi tomirlar o’zanida aylanib yurmaydi. Sog’lom odam organizmidagi 5—6 l qonning 1/3 qismi asosiy qon depolari —jigar, taloq, muskullar va terida bo’ladi.


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish