Mikrotsefaliya- kalla yuz qismining g‘ayritabiiy katta va bosh qismining esa juda kichik bо‘lishi. Bu kasallikka duchor bо‘lgan shaxslar aqliy zaif bо‘ladilar. Qayd etilgan gen kasalliklari dominant holatda irsiylanadi. Shuning uchun ularni erta, nisbatan osonlik bilan aniqlash mumkin. Bu esa zarur bо‘lgan davolash tadbirlarini vaqtida boshlash imkoniyatini beradi va bu kasalliklarni davolash imkoni bordir.

Albinizm- kasalligi retsessiv genlarni gomozigota holatga о‘tishi natijasida paydo bо‘ladi. Bu kasallik terida, shilliq qavatlarda, sochda, kо‘zda pigmentlarning bо‘lmasligi, sochlari oq va kо‘rish qobiliyatida kamchiliklar bо‘lishi, quyosh nuriga juda ta’sirchan bо‘lishi bilan xarakterlanadi. Kо‘pincha tug‘ma karlik kuzatiladi. Autosomali retsessiv, autosomali dominant, X ga birikkan retsessiv tiplari uchraydi. Chastotasi 10000 tadan bittasida yoki 200000 tadan bittasida uchraydi.
Gemofiliya- ( qon ivimasligi) kasalligini paydo qiluvchi retsessiv gen (h) odamning jinsiy (X) xromosomasida joylashgan. Shuning uchun bu kasallik jinsga bog‘liq holda irsiylanadi. Har xil antigemofiliya globulinlari sintezining irsiy buzilishlari natijasida tromboplastin hosil bо‘lishi va qon ivishi jarayoni buziladi. Gemofiliyaning 4 ta turi farqlanadi: A, V, S, D. Bular qatoridan A va V jinsiy-X ga birikkan retsessiv tipda irsiylanadi. S va D-autosoma dominant holda irsiylanadi.

Daltonizm –(qizil va yashil ranglarni ajrata olmaslik) holatini belgilovchi genlar autosoma retsessiv hamda X xromosomada joylashgan. Ba’zan kо‘rish funksiyasining buzilishi, katarakta. Rang ajrata olmaslik tо‘liq (axromatopsiya), qisman (dixromotopsiya qizil, kо‘k- yashil ranglardan birini, hamda 3ta rangdan ikkitasini ajrata olmaslik) bо‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |