Nodar Dumbadze
Nodar Dumbadze qachon va qayerda tug‘ilgan?
A) 1928-yil 14-iyulda Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida
B) 1918-yil 14-iyulda Italiya poytaxti Rim shahrida
C) 1948-yil 14-iyulda Gretsiya poytaxti Afina shahrida
D) 1938-yil 14-iyulda Ispaniya poytaxti Madrid shahrida
Nodar Dumbadze qaysi millatning ardoqli adibi hisoblanadi?
A) grek B) gruzin C) ingliz D) nemiz
Nodar Dumbadzening «Kukaracha» asari qaysi janrda yozilgan?
A) qissa B) roman C) hikoya D) dram
Nodar Dumbadzening romanlarini toping.
A) «Oq bayroqlar», «Abadiyat qonuni», «Qishloq bolalari»
B) «Abadiyat qonuni», «Qishloq bolalari», «Kukaracha»
C) «Oq bayroqlar», «Kukaracha», «Quyoshni ko‘ryapman»
D) «Oq bayroqlar», «Abadiyat qonuni», «Quyoshni ko‘ryapman»
Nodar Dumbadzening «Oq bayroqlar», «Abadiyat qonuni» singari romanlari kim tomonidan ona tilimizga o‘girilgan?
A) Mirkarim Osim B) Nizom Komil
C) Mirtemir D) Usmon Nosir
Nodar Dumbadzening qaysi asari asosida o‘zbek san’atkorlari tomonidan ko‘p qismli videofilm suratga olingan?
A) «Men, buvim, Iliko va Illarion»
B) «Abadiyat qonuni»
C) «Quyoshni ko‘ryapman»
D) «Hellados»
Nodar Dumbadzening ilk hikoyalar to‘plamini toping.
A) «Quyoshni ko‘ryapman»
B) «Quyosh kechasi»
C) «Qishloq bolalari»
D) «Abadiyat qonuni»
Nodar Dumbadzening dastlabki yirik asarlari qaysilar?
A) «Qishloq bolalari», «Kukaracha»
B) «Men, buvim, Iliko va Illarion», «Quyoshni ko‘ryapman»
C) «Quyoshni ko‘ryapman», «Qishloq bolalari», «Kukaracha»
D) «Men, buvim, Iliko va Illarion», «Qishloq bolalari»
Nodar Dumbadzening 1978-yilda yaratilgan qaysi asari nafaqat Gruziyaning o‘zida, balki ko‘plab boshqa yurtlarda ham izlab topib o‘qiladigan asarlar qatoridan joy oldi?
A) «Qishloq bolalari»
B) «Abadiyat qonuni»
C) «Kukaracha»
D) «Men, buvim, Iliko va Illarion»
N. Dumbadze qaysi asarida insonning hayotdagi o‘rni, undan talab etiladigan fidoyilik, halollik, adolatparvarlik xususiyatlari to‘g‘risida fikr yuritadi?
A) «Qishloq bolalari»
B) «Abadiyat qonuni»
C) «Kukaracha»
D) «Men, buvim, Iliko va Illarion»
Nodar Dumbadzening «Hellados» asari qaysi janrda yozilgan?
A) drama B) hikoya C) roman D) qissa
«Cho‘pday ozg‘in, yelkalari turtib chiqqan, qirraburun, ko‘zlari charosdek qop-qora, qo‘llari uzunligidan tizzasiga tushib turadigan o‘n to‘rt yoshli bu bola yon-atrofdagi tengqurlari uchun naqd Azroilning o‘zi edi» misralari qaysi asar qahramonining tasviri?
A) «Abadiyat qonuni»
B) «Hellados»
C) «Kukaracha»
D) «Men, buvim, Iliko va Illarion»
«Hellados» hikoyasida Venetsian ko‘chasida, Chalbash daryosining bo‘yida yashaydigan bola kim?
A) Jamol B) Koka C) Yanguli D) Petya
«Hellados» hikoyasida qaysi bola onasini eslolmaydi – chaqaloqligidayoq yetim qolgan edi?
A) Jamol B) Koka C) Yanguli D) Petya
«Hellados» hikoyasida Yanguli va otasining bor-yo‘q davlati nimalardan iborat edi?
A) bittagina sigir va eshak-arava
B) bir parcha tomorqa, bittagina sigir va eshak
C) bittagina sigir, bitta buzoq va eshak
D) bir parcha tomorqa, bittagina sigir, bitta buzoq va eshak
«Hellados» hikoyasida Yanguli va otasi qanday qilib kun ko‘rishardi?
A) Oshko‘k, sut-qatiq sotishardi.
B) Otasi aravakashlik qilardi, sut-qatiq sotishardi.
C) Yanguli bezorilik qilib chaqa topardi.
D) Tomorqadan chiqqan sabzavotlarni sotishardi.
«Hellados» hikoyasi qahramoni Jamolning xolavachchasi kim edi?
A) Jamol B) Koka C) Yanguli D) Petya
«Hellados» hikoyasi qaysi qahramonning tilidan hikoya qilinadi?
A) Jamol B) Koka
C) Yanguli D) Petya
«Hellados» hikoyasida, odatda, Yangulining to‘dasi qayerda to‘planardi?
A) qishloqdagi omborda
B) temir ko‘prik ostida
C) qishloqdagi xarobada
D) temiryo‘l kesib o‘tiladigan joyda
«Hellados» hikoyasida Yangulining to‘dasida qaysi bolalar bor edi?
1) Petya; 2) Fema; 3) Kurlik; 4) Pancho; 5) Koka; 6) Jamol; 7) Tena
A) 1, 4, 5, 7 B) 2, 3, 5, 6
C) 1, 2, 3, 4, 7 D) 2, 3, 4, 5, 6
«Hellados» hikoyasida Yangulining o‘ng qo‘li hisoblanadigan bola qaysi?
A) Fema B) Petya C) Pancho D) Kurlik
«Hellados» hikoyasi qahramoni Jamolning xolasi kim?
A) Mida B) Aniko C) Nina D) Tina
«Hellados» hikoyasi qahramoni Yanguli yoqtirgan qizning ismini toping.
A) Mida B) Aniko C) Nina D) Tina
«Hellados» hikoyasi qahramoni Yangulining sevimli ko‘ylagi qaysi edi?
A) qora satin ko‘ylak B) yashil satin ko‘ylak
C) oq satin ko‘ylak D) qizil satin ko‘ylak
«Hellados» hikoyasi qahramoni Yangulining qayeriga ko‘kish rangdagi lotin harflari bilan «Hellados» so‘zi yozilgan edi?
A) o‘ng to‘shining ustiga
B) chap to‘shining ustiga
C) chap qo‘liga
D) chap qo‘liga
Quyidagi parcha Nodar Dumbadzening qaysi asaridan olingan?
«Bolalar, men, Yanguli Aleksandridi, sizlar saylagan sardor, sizlarga, Venetsian ko‘chasining hur farzandiga murojaat qilaman. Ro‘parangizda tbilisilik rangpar laqma bilan uning jiyani - vatan va qabila xoini, mishiqi Koka turibdi...»
A) «Hellados»
B) «Men, buvim, Iliko va Illarion
C) «Quyoshni ko‘ryapman»
D) «Abadiyat qonuni»
«Hellados» hikoyasida Yanguli va uning o‘ng qo‘li Petya qaysi musiqa asbobini sindirib tashlaydi?
A) barabanni B) nayni
C) skripkani D) gitara
«Hellados» hikoyasida abxaz kishiga turmushga chiqqan grek ayolining qizi kim?
A) Mida B) Aniko
C) Nina D) Tanya
«Hellados» hikoyasida «Vatan – ichkariroqda, naq yurakning o‘zida!» jumlasini kim aytadi?
A) Jamol B) Yangulining otasi
C) Yanguli D) muallif
«Hellados» hikoyasida Suxumiga Gretsiyadan kelgan kemaning nomini toping.
A) «Artemida» B) «Poseydon»
C) «Ellada» D) «Hellados»
«Hellados» hikoyasida Yanguli Jamol bilan xayrlashayotib kemada «Jamol, ego agapo imana su!» deb qichqiradi. Buning ma’nosini toping.
A) Jamol, hayotni yaxshi ko‘raman!
B) Jamol, oyingni yaxshi ko‘raman!
C) Jamol, Vatanimni yaxshi ko‘raman!
D) Jamol, sizlarni yaxshi ko‘raman!
«Hellados» hikoyasida Yangulining jasadini qaysi daryoning qirg‘og‘idan topadilar?
A) Kelasuri B) Chalbash
C) Qora daryo D) Poseydon
«Hellados» hikoyasida «O‘tganning o‘rog‘ini, ketganning ketmonini olish»ni kasbiga aylantirib olgan bola kim?
A) Jamol B) Kokan C) Yanguli D) Petya
«Hellados» asaridagi «Tbilisilik rangpar laqma» kim?
A) Jamol B) Koka C) Yanguli D) Petya
«Hellados» hikoyasida Jamolning qaysi xislati oxir-oqibatda «dushmanlari»ning do‘st bo‘lishiga, Yangulidek «zo‘ravon» e’tirofini qozonishiga olib keladi?
A) qat’iyligi B) o‘zini xor qildirib qo‘ymasligi
C) jasurligi D) barcha javoblar to‘g‘ri
«Hellados» hikoyasida Yanguli va Jamolning oxirgi olishuviga kim guvoh bo‘ladi?
A) Petya B) hech kim
C) osmon va qushlar D) eshak
«Hellados» hikoyasida Yanguli va otasi kemada qayerga qaytishlari kerak edi?
A) Elladaga B) Gruziyaga
C) Ispaniyaga D) Italiyaga
N. Dumbadzening «Hellados» hikoyasidagi «vatan va qabila xoini» kim?
A) Koka B) Yanguli C) Petya D) Pancho
N. Dumbadzening «Hellados» hikoyasida Jamol daryodan topilgan Yanguli jasadini qanday taniydi?
A) sevimli qora satin ko‘ylagidan
B) bo‘ynidagi sevimli tumoridan
C) o‘ng qo‘lidagi «Hellados» yozuvidan
D) chap to‘shidagi «Hellados» yozuvidan
«Hellados» hikoyasida suxumilik grek Xrista Aleksandridining o‘g‘li kim?
A) Jamol B) Koka C) Yanguli D) Petya
«Hellados» hikoyasi qahramoni Yanguli necha yoshda edi?
A) 12 B) 13 C) 14 D) 15
«Hellados» hikoyasi qahramoni Jamolning onasining ismini toping.
A) Mida B) Aniko C) Nina D) Tina
«Hellados» hikoyasida «…Xudo siylagan yerimizni, dengizi-mizni, jamiki daryolarimiz, oltin va kumushlarimiz, o‘tloqlarimizni o‘ziniki qilib olmoqchi...» jumlalari kimning tilidan aytiladi?
A) Jamolning B) Kokaning
C) Yangulining D) Petyaning
«Hellados» hikoyasi qahramoni Yanguli qayerda o‘qigan?
A) «Mziuri» maktabida
B) «Mziuri» kollejida
C) Suxumidagi eski maktabda
D) Hech qayerda o‘qimagan.
«Hellados» hikoyasida Jamolning «mishiqi» do‘sti kim?
A) Koka B) Yanguli C) Petya D) Pancho
«Hellados» hikoyasida Jamol Yanguli bilan qachon uchrashib qolganligini aytadi?
A) o‘ttiz to‘qqizinchi yilning kuzida
B) o‘ttiz to‘qqizinchi yilning yozida
C) o‘ttiz sakkizinchi yilning kuzida
D) o‘ttiz sakkizinchi yilning yozida
«Hellados» hikoyasida Yanguli va Jamol qancha vaqt kelishmay yuradilar?
A) yarim yilcha B) bir yilcha
C) bir yarim yilcha D) ikki yilcha
Nodar Dumbadzening 1967-yilda va 1972-yilda chop etilgan, zamonaviy mavzulardagi, insonlarning bir-biriga munosabatidagi odamiylik, oqibat singari fazilatlar ulug‘langan asarlarini toping.
A) «Qishloq bolalari», «Kukaracha»
B) «Quyosh kechasi», «Quyoshni ko‘ryapman»
C) «Oq bayroqlar», «Kukaracha»
D) «Oq bayroqlar», «Quyosh kechasi»
Nodar Dumbadzеning ilk hikoyalar to’plamini aniqlang?
A) “Qishloq bolalari” B) “Mеn, buvim, Iliko va Illarion”
C) “Quyosh kеchasi” D) “Quyoshni ko’ryapman”
Nodar Dumbadzening" hikoyalari, "Kukaracha" qissasi, "Oqbayroqlar", "Abadiyat qonuni" singari romanlari o'zbek tiliga kim tomonidan tarjima qilingan?
A) Nosir Fozilov B) Asqad Muxtor
C) Nizom Komil D) Mirtemir
Nodar Dumbadzening qaysi asarlarida Ikkinchi jahon urushi yillaridagi gruzin qishloqlaridagi og'ir va mashaqqatli hayot manzaralari,bir-biriga o'xshamaydigan taqdir egalari obrazi yorqin aks ettirilgan?
A) "Oq bayroqlar", "Abadiyat qonuni" romanlari
B) "Quyoshni ko'ryapman" romani, "Men, buvim, Iliko va Illarion" qissasi
C) "Quyosh kechasi", "Oq bayroqlar" romanlari
D) "Abadiyat qonuni" romani va "Hellados" hikoyasi
N.Dumbadzening "Hellados" asaridagi Paganini, Stradivari ismlari kimning tilidan aytilgan va ular kimlar?
A) Yanguli: mashhur vatanparvarlar
B) Nina xola: mashhur skripkachilar
C) Jamol: mashhur skripkachilar
D) Xrista Aleksandridi: suxumilik vatanparvarlar
N.Dumbadzening "Hellados" hikoyasidagi quyidagi ta'rif kim haqida? "O'n to'rt yoshli bu zolim Venetsian ko'chasida istiqomat qiluvchi barcha ustidan, jumladan, xolavachcham Koka ustidan ham tanho hukmronlik qilardi".
A) Yanguli B) Yangulining otasi
C) Jamol D) Xrista Aleksandridi
"Bizning tanishuvimiz o'ttiz sakkizinchi yilning kuzlarida boshlangan". N.Dumbadzening "Hellados" asaridagi ushbu gap kimning tilidan aytilgan?
A) Yangulining B) Jamolning C) Kokaning D) Nina xolaning
N.Dumbadzening "Hellados" asaridagi Aniko kim?
A) Jamolning xolasi B) Jamolning onasi
C) Kokaning onasi D) Yangulining onasi
Nodar Dumbadzе tashabbusi bilan ochilgan bolalar bog’i nomi?
A) Bolajon B) Quyoshjon C) Oftoboy D) Oymomo
Do'stlaringiz bilan baham: |