Abdulla Avloniy
Abdulla Avloniy qachon va qayerda tug‘ilgan?
A) 1878-yil 10-iyulda Qo‘qonning Begvachcha mahallasida
B) 1876-yil 10-iyulda Toshkent shahrining Mergancha mahallasida
C) 1878-yil 12-iyulda Toshkent shahrining Mergancha mahallasida
D) 1876-yil 12-iyulda Qo‘qonning Begvachcha mahallasida
Avloniy «Vatan» she’rini qaysi taxallus bilan yozgan?
A) Hijron B) Abdulla C) Nihon D) Jur’at
Quyidagi misralar Avloniyning qaysi asaridan olingan?
«Vatan, vatan, deya jonim tanimdan o‘lsa ravon,
Bango na g‘am qolur, avlodima o‘yu vatanim»
«G‘ubor(g)a do‘nsa tanim, yo‘q vujud zeri vahm,
Charoki, o z vatanim xokidur go‘r-u kafanim».
A) «Vatan»
B) «Adabiyot yoxud milliy she’rlar»
C) «Turkiy Guliston yoxud axloq»
D) «Vatanni suymak»
Abdulla Avloniy necha yoshlaridan she’rlar yoza boshlagan?
A) 7–8 yoshlaridan B) 8–9 yoshlaridan
C) 13–14 yoshlaridan D) 15–16 yoshlaridan
Payg‘ambarimizning «Hubbul-vatani minal-imoni» (Vatanni suymak iymondandur) hadisi Avloniyning qaysi asarida uchraydi?
A) «Vatanni suymak»
B) «Turkiston»
C) «Maktab gulistoni»
D) «Turkiy Guliston yoxud axloq»
Avloniy «Turon» jamiyati qoshida tashkil qilgan teatrning nomini toping.
A) «Turkiy Guliston» B) «Turon»
C) «Turkiston» D) «Nizomiy»
Avloniy qancha pyesani ozarbayjon tilidan o‘zbekchaga tarjima qilgan?
A) o‘nga yaqin B) o‘ttizdan ortiq
C) yigirmaga yaqin D) qirqdan ortiq
Avloniy nechta pyesa yozgan va ularni sahnalashtirgan?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
Abdulla Avloniy nеchta yangi pеsa yozgan?
A) 2 ta B) 10 ta yaqin C) 3 ta D) 7 ta
Avloniyning «Adabiyot yoxud milliy she’rlar» kitobi nechta qismdan iborat?
A) uch B) to‘rt C) besh D) olti
Toshkentdagi barcha yangi usul maktablari uchun qayta-qayta nashr qilingan Avloniyning darslik, alifbo va o‘qish kitoblarini toping.
1) «Birinchi muallim»; 2) «Ikkinchi muallim»;
3) «Yengil adabiyot»; 4) «Maktab gulistoni»;
5) «Adabiyot yoxud milliy she’rlar»;
6) «Turkiy Guliston yoxud axloq».
A) 1, 2, 3, 4, 6 B) 1, 3, 4, 5, 6
C) 1, 2, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6
«Biz turkistonlilar o‘z vatanimizni jonimizdan ortuq suydig‘imiz kabi, arablar Arabistonlarini, qumlik, issig‘ cho‘llarini, eskimo‘lar shimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyoda suyarlar» misralari Avloniyning qaysi asaridan olingan?
A) «Vatan»
B) «Vatanni suymak»
C) «Maktab gulistoni»
D) «Turkiy Guliston yoxud axloq»
Avloniy «Vatanni suymak» asariga bobolarimizning qaysi maqolini kiritadi?
A) Ona yurting omon bo‘lsa, rangi ro‘ying somon bo‘lmas.
B) Bulbul chamanni sevar, odam – Vatanni.
C) Vataning tinch – sen tinch!
D) Kishi yurtida sulton bo‘lguncha, o‘z yurtingda cho‘pon bo‘l!
Quyidagi misralar Avloniyning qaysi asaridan olingan?
Men ayblik emas, ey vatanim, tog‘larim,
Bevaqt tashlab ketdim ayo, bog‘larim.
Hijron qilodur meni judolig‘,
Do‘ndi g‘ama ro‘z-u shab chog‘larim.
A) «Vatan»
B) «Vatanni suymak»
C) «Maktab gulistoni»
D) «Turkiy Guliston yoxud axloq»
Quyidagi misralar Avloniyning qaysi asaridan olingan?
Tug‘ilib o‘sgan yerim ushbu vatan, vujudim xok,
O‘lursa aslina roje’ bo‘lurmi man g‘amnok.
A) «Vatan»
B) «Adabiyot yoxud milliy she’rlar»
C) «Vatanni suymak»
D) «Turkiy Guliston yoxud axloq»
Avloniyning «Vatan» she’ri qaysi kitobida uchraydi?
A) «Birinchi muallim»
B) «Ikkinchi muallim»
C) «Maktab gulistoni»
D) «Turkiy Guliston yoxud axloq»
Abdulla Avloniy «Vatanni suymak» asarida qaysi millat vakillarini bir-biriga qiyoslaydi?
A) o‘zbeklar va eskimoslar
B) o‘zbeklar va arablar
C) arablar va ruslar
D) arablar va eskimoslar
Avloniy «Vatan» she’rida vatanning qadriga yetmaganlarni nimaga o‘xshatadi?
A) kafangadoga B) yuraksiz tanaga
C) boyqushga D) to‘tiga
Avloniy bilimsizlik, johillik, jinoyatlarning sababini nima bilan bog‘laydi?
A) iymon-e’tiqod va din bilan
B) ishtiyoq va qunt bilan
C) tarbiyasizlik bilan
D) tajriba va aqlsizlik bilan
Abdulla Avloniy qanday oilada tug‘ilgan?
A) bog‘bon B) temirchi
C) hunarmand-to‘quvchi D) baqqol
A. Avloniy qayerdagi madrasada qish kunlarida o‘qib, yoz kunlarida mardikorlik bilan mashg‘ul bo‘lgan?
A) Buxorodagi B) Samarqanddagi
C) Shayxontohurdagi D) Qo‘qondagi
Avloniy qaysi gazetaning har bir sonini zahmat bilan, yog‘ochdan ishlangan qo‘lbola harflar yordamida qo‘lda bosib, o‘z uyida – hozirgi Mirobod tumanida tayyorlab, chop etgan?
A) «Taraqqiy» B) «Xurshid»
C) «Osiyo» D) «Shuhrat»
Avloniy tashkil qilgan «Turon» jamiyatining asosiy vazifasi nima edi?
1) Aholi o‘rtasida sahna ishlariga qiziqish uyg‘otish;
2) Xalq uchun spektakllar qo‘yib berish;
3) Ommaga ma’naviy oziq berish;
4) Klub, musiqa kurslari, kutubxona va qiroatxonalar ochish;
5) O‘quvchilarga moddiy yordam ko‘rsatish.
A) faqat 5 B) faqat 4 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4, 5
Abdulla Avloniy 1906-yilda chiqa boshlagan qaysi gazetalarda ishlaydi?
A) «Taraqqiy», «Shuhrat» gazetalarida
B) «Taraqqiy», «Xurshid» gazetalarida
C) «Shuhrat», «Osiyo» gazetalarida
D) «Osiyo», «Xurshid» gazetalarida
1907-yil 4-dekabrda Avloniy muharrirligida qaysi gazetaning birinchi soni bosmadan chiqadi?
A) «Taraqqiy» B) «Xurshid»
C) «Osiyo» D) «Shuhrat»
1908-yildan nashr etila boshlagan qaysi gazeta yopilgach, Abdulla Avloniy Mirobod mahallasida maktabdorlik bilan shug‘ullana boshlaydi?
A) «Taraqqiy» B) «Xurshid»
C) «Osiyo» D) «Shuhrat»
Avloniyning 1909–1916-yillar oralig‘ida yozilgan kitobini toping.
A) «Birinchi muallim»
B) «Turkiy Guliston yoxud axloq»
C) «Adabiyot yoxud milliy she’rlar»
D) «Maktab gulistoni»
Abdulla Avloniy 1927-yilda va 1930-yilda qanday unvonlar bilan taqdirlangan?
A) «Mehnat qahramoni», «O‘zbekiston xalq maorifi zarbdori»
B) «O‘zbekiston xalq yozuvchisi», «O‘zbekiston xalq maorifi zarbdori»
C) «O‘zbekiston xalq maorifi zarbdori», «O‘zbekiston Qahramoni»
D) «O‘zbekiston Qahramoni», «Mehnat qahramoni»
Abdulla Avloniy boshchiligida tashkil qilingan “Jamiyati xayriya” tashkilotining maqsadini aniqlang?
A) xalqni ma'rifatparvarlikka chorlash
B) mahalliy xalq bolalarini o’qib, bilim olishiga ko’maklashish maksadida pul yig’ib, maktablarga tarqatish
C) aholi o’rtasida sahna ishlariga qiziqish uyg’otish
D) yangi maktablar uchun kutubxonalar tashkillashtirish
Abdulla Avloniyning qaysi shе'rida ona yurtning ko’rkam, ulug’vor manzarasi chiziladi?
A) “Binafsha” B) “Yurtim ishqi”
C) “Vatan” D) “Turkistonim”
Abdulla Avloniyning qaysi asarini Vatan sha'niga bitilgan madhiya dеb atash mumkin?
A) “Vatan” shе'rini
B) “Vatanni suymak” maqolasini
C) “Vatanim” shе'ri
D) “Vatanni sеvmoq kеrak” asari
Abdulla Avloniy qaysi asarida vatan tushunchasini ma'nosi, inson o’zi tug’ilib o’sgan yurtining qadr-qimmati nimalardan iborat ekanligini sodda, ta'sirchan, tеran uslubda tushuntiradi?
A) “Tarbiya gulshani”
B) “Vatanni suymak”
C) “Vatan” shе'rida
D) “Turkiy Guliston yoxud axloq”
Abdulla Avloniy tashkil etgan tеatrning nomini aniqlang?
A) “Turkiston” B) “Osiyo”
C) “Sharq” D) “Turon”
Abdulla Avloniy qaysi nomdagi gazеtani chiqarishda bosh-qosh bo’ldi?
A) “Taraqqiy” B) “Shuhrat”
C) “Xurshid” D) “Oyna”
Do'stlaringiz bilan baham: |