«Bir kishi bir qo‘y ustiga yetti
Ki, bo‘ri ilkidin xalos etti.
Kecha so‘ymoqqa qo‘yni bo‘ldi ravon,
Qo‘y ko‘rib oni ayladi afg‘on:
«Ki, bo‘rini tutar erdim dushman,
Emdi bildim, bo‘ri sen erkansan».
A) «Bo‘ston» B) «Guliston»
C) «Mufradot» D) «Hikmatlar»
Sa’diy Sheroziy qalamiga mansub quyidagi misralar qaysi janrda yozilgan?
Bir kishi bir qo‘y ustiga yetti
Ki, bo‘ri ilkidin xalos etti.
Kecha so‘ymoqqa qo‘yni bo‘ldi ravon,
Qo‘y ko‘rub ayladi fig‘on:
«Ki, bo‘rini tutar edim dushman,
Emdi bildim, bo‘ri sen ekansan».
A) qit’a B) masnaviy
C) ruboiy D) g‘azal
Sa’diyning «Guliston» asaridagi «Hikoyat»da Halab ulug‘laridan biri farang xalqiga asir bo‘lgan odamni qancha pul berib ozod qiladi?
A) 10 tilla B) 13 tilla C) 15 tilla D) 23 tilla
Quyidagi hikmat Sa’diy Sheroziyning qaysi hikoyatidan olingan?
Bo‘g‘oz xotun, ayo donoyi hushyor,
Tug‘ar vaqtida garchi mor tug‘g‘oy.
Base yaxshidur ul farzanddinkim
Ani nodon va nohamvor tug‘g‘oy.
A) «Darvesh hikoyati»dan
B) «Daryo ko‘rmagan qul hikoyati»dan
C) «Ayb qidirmaslik haqida» hikoyatidan
D) «Hunar o‘rganmoq haqida» hikoyatidan
Sa’diy Sheroziyning quyidagi she’ri qaysi janrda yozilgan?
Qorning to‘q esa, arpa noni yaxshi ko‘runmas,
Gar och ersang, oy qursi kabi xo‘b erur va sof.
A’rof behisht o‘lg‘usidur do‘zax eliga,
Jannat eliga bo‘lg‘usi do‘zax vale a’ rof.
A) ruboiy B) masnaviy C) qit’a D) g‘azal
Sa’diy Sheroziyning quyidagi she’ri qaysi janrda yozilgan?
Qorning to‘q esa, arpa noni yaxshi ko‘runmas,
Gar och ersang, oy qursi kabi xo‘b erur va sof.
A’rof behisht o‘lg‘usidur do‘zax eliga,
Jannat eliga bo‘lg‘usi do‘zax vale a’ rof.
A) ruboiy B) masnaviy C) qit’a D) g‘azal
Sa’diyning «Bo‘ston» asarida buloq boshiga dunyoning o‘tkinchiligi haqidagi quyidagi baytni yozib qoldirgan podshoh kim?
Ko‘plar ham bu chashma boshiga yetdi,
Suv ichdi, dunyodan ko‘z yumib ketdi.
A) Iskandar B) Sulaymon
C) Jamshid D) Afrosiyob
Quyidagi hikmat Sa’diy Sheroziyning qaysi asaridan olingan?
Yaxshilik yordamin yaxshilarga qil,
Yaxshiga yaxshilik yaxshi – buni bil.
A) «Bo‘ston»dan B) «Guliston»dan
C) «Mufradot»dan D) «Hikmatlar»dan
Quyidagi hikmat Sa’diyning qaysi asaridan olingan?
Tozalik axtargil, ey o‘zi xira,
Ne ko‘rsatar ko‘zgu, gar yuzi xira.
A) «Bo‘ston»dan B) «Guliston»dan
C) «Mufradot»dan D) «Hikmatlar»dan
Quyidagi hikmat Sa’diy Sheroziyning qaysi asaridan olingan?
Ustiga kitob ortilgan eshak,
Na olim va na donodir beshak.
A) «Bo‘ston»dan B) «Guliston»dan
C) «Mufradot»dan D) «Hikmatlar»dan
Sa’diy Sheroziyning «Ey sarbon, ohista ron k-oromi jonam meravad» misralaridagi «sarbon» kim?
A) tuya yetaklovchi karvonboshi
B) otlarning podaboshisi
C) karvonda ot va tuyalarga qarovchi odam
D) A va B
Sa’diy Sheroziy she’rlari tahlilida uchraydigan «mahofa» so‘zining ma’nosi nima?
A) qul
B) himoyalangan, muhofazalangan
C) jannat va do‘zax o‘rtasi
D) avtomobil kabinasini esga tushiruvchi moslama uycha
Sahroda tashna itga suv bergan inson haqidagi hikoyatda inson itga nimada suv olib beradi?
A) xaltasida B) dastorida
C) etigida D) qalpog‘ida
Sa’diy Sheroziyning quyidagi hikmatidagi «mor», «nohamvor» so‘zlarining ma’nolarini toping.
Bo‘g‘oz xotun, ayo donoyi hushyor,
Tug‘ar vaqtida garchi mor tug‘g‘oy.
Base yaxshidur ul farzanddinkim
Ani nodon va nohamvor tug‘g‘oy.
A) ilon, hamiyatsiz B) chayon, tentak
C) ilon, tentak D) chayon, hamiyatsiz
Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziy tug‘ilgan Sheroz shahri qayerda joylashgan?
A) Turkiyada B) Eronda
C) Arabistonda D) Iroqda
Sa’diyning «Guliston» asaridan olingan quyidagi parchadagi «e’timod», «siym», «zar» so‘zlarining ma’nolarini toping.
«Ey jon farzandlarim, hunar o‘rganinglar, negakim mulk va molg‘a e’timod yo‘qdurur. Siym va zar xatar mahallidadur – yo o‘g‘ri barchasini birdan olur va yo hakim oz-oz olib yo‘q etar».
A) ishonch, kumush, oltin
B) baho, bezak, oltin
C) e’tiqod, qimmatbaho, kumush
D) ko‘ngil, qimmatbaho, oltin
Sa’diy Sheroziyning quyidagi misralaridagi «oy qursi», «a’rof», «vale» so‘zlarining ma’nosini toping.
Qorning to‘q esa, arpa noni yaxshi ko‘runmas,
Gar och ersang, oy qursi kabi xo‘b erur va sof.
A’rof behisht o‘lg‘usidur do‘zax eliga,
Jannat eliga bo‘lg‘usi do‘zax vale a ‘rof.
A) oppoq oy, jannat va olam o‘rtasi, lekinning qisqa shakli
B) oydin tun, jannat, va bog‘lovchisining qisqa shakli
C) yarim oy, bu dunyo va u dunyo o‘rtasi, va lekinning qisqa shakli
D) to‘lin oy, jannat va do‘zax o‘rtasi, va lekinning qisqa shakli
Sa’diy Sheroziyning «Bo‘ston» asari nechanchi yili o‘zbek tiliga tarjima qilingan?
A) 1958-yili B) 1960-yili
C) 1962-yi D) 1968-yili
Sa'diy Shеroziy “Guliston” asarida nimani “ chashmayi ravon (oqar chashma) va davlati bеpoyondur...” dеya ta'riflaydi?
A) ilmni B) mеhr-muhabbatni
C) hunarni D) kitobni
Sa'diy Sheroziy o’z hikoyatlaridan birida o’zi haqida yozib, qaysi xalqqa asirlikda yurganini yozgan?
A) juhudlarga B) farang xalqiga
C) arab xalqiga D) mulki ajamliklarga
"Arablarda bir so'z bordur yaxshi boq... Maqol davomini keltiring?
A) "Odobsiz boladan yo'g'i yaxshiroq"
B) "Odobsiz do'stdan dushman yaxshiroq"
C) "Foydasiz ilmdan jahl afzalroq"
D) "Foydasiz suhbatdan uyqu afzalroq"
Do'stlaringiz bilan baham: |