Nazorat savollari
1. Muskullar tana massasining necha ℅ ini tashkil etadi?
2. Muskullarning ishlashi va charchash sabablarini tushuntirib bering.
3. Tana muskullari qanday qismlarga bo’lib o’rganiladi?
4. Gavda muskullarining joylashishini tushuntirib bering.
5. Ko’krakning xususiy muskullariga qaysilar kiradi?
6. Orqaning yuza va chuqur mukullarini sanang.
7. Qorin muskullari tuzilishi va joylashishini tushuntiring.
MAVZU № 7: MUSKULLAR SHAKLI. GAVDA MUSKULARI.
Ma’ruza rejasi:
Gavda muskullari. Orqa muskullari.
Bosh muskullari va fastsiyasi.
Bo’yin muskullari va fastsiyasi. Bo’yinning yuza muskullari.
Til osti suyagiga birikuvchi muskullari. Til osti suyagidan pastda joylashgan mukullar, ularning birikishi va funktsiyasi
XUSUSIY MIOLOGIYA
Gavda muskullari, tanani xarakatga keltiruvchi muskullar.
Gavda muskullari joylashishiga karab kukrak kafasi, korin va orqa muskullariga bulinadi.
Orqa muskullari.
Orqa muskullari ikki guruxga: yuzada joylashgan va chuqur muskullariga bulinadi. Yuza muskullar guruxida trapetsiyasimon muskul, orqani keng yoki serbar muskuli, katta va kichik rombsimon muskullar, kurakni kutaruvchi muskul, yukori va pastki orqa tishsimon muskullar joylashadi.
1. Trapetsiyasimon muskul uchburchak shaklga ega, juft, ung va chap tomondagi trapetsiyasimon muskullar birga trapetsiya shakliga uxshaydi. Muskulning yukori tutamlari yukoridan pastga, o’rta tutamlari pastga, pastki tutamlari esa pastdan yukoriga yunalgan.
Bu muskul ensa suyagidan, buyin va kukrak umurtkalarini utkir usimtasidan boshlanib, umrov suyagining akromial uchiga, akromial usimtasiga va kukrakni kirrasiga kelib birikadi. Bu muskullar umurtka pogonasining buyin kismini xarakatga keltirib, yelka kamar va yelka bugimidagi xarakatlarda ishtirok etadi.
2. Orqaning keng yoki serbar muskuli tananing yuzasida pastki kismida joylashadi. Bu muskul 5- ta oxirgi kukrak umurtkalaridan yonbosh suyagining kirrasidan boshlanibelka suyagining kichkina dungiga borib birikadi. Bu muskul turli xarakatlarda ishtirok etadi. Yelka suyagini xarakatga keltirganligi sababli yelkani pastga tushiradi, kurakni umurtka pogonasi tomon yakinalashtiradi. Kukrak kafasini xajmini kengayishida, gavdani yukoriga kutarishda ishtirok etadi.
3. Katta va kichik rombsimon muskullar oxirgi ikkita buyin umurtkasi va 4-ta yukori kukrak umurtkasining kundalang usimtalaridan boshlanib kurakning ichki kirrasiga kelib birikadi. Bu muskul kurakni va yelka bugimini xarakatlarida asosan kurakni kutarish va olib kelishda ishtirok etadi.
4. Kurakni kutaruvchi muskul - bu muskul yukorigi buyin umurtkalarining kundalang usimtalaridan boshlanib kurakning yukori burchagiga birikadi. U kurakni yukoriga kutarib turishda va umurtka pogonasining buyin ksimini egish va yozish xarakatlarini bajarishda yordam beradi.
5. Orqaning yukorigi (tishsimon muskuli) - bu muskul 2 - ta pastki buyin va 2-ta yukorigi kukrak umurtkasining utkir usimtalaridan boщlanib ikkinchidan 5 - chigacha yukori kovurgalarga birikadi. Bu muskul 2-5 kovurgalarni yukoriga kutarib, nafas olishda ishtirok etadi.
6. Orqaning pastki tishsimon muskuli - bu muskul 2 pastki kukrak va 2 yukorigi bel umurtkalarining utkir usimtalaridan boshlanib, 4 pastki kovurgaga birikadi. Muskul kiskarganda kovurgalar pastga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |