Odam anatomiyasi



Download 0,71 Mb.
bet29/113
Sana19.01.2023
Hajmi0,71 Mb.
#900533
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   113
Bog'liq
Odam anatomiyasi

Xarakatchan bo’g’imlar. Suyaklarni bir-biriga yakinlashmasdan, xarakatchan birikishiga bo’g’im deb ataladi. Bo’g’imlar asosiy va kushimcha elementlardan tashkil topgan. Bo’g’imning asosiy elemenlariga bir-biri bilan birikaetgan suyaklarning uchlari yeki bo’g’im yuzalari, bo’g’im kapsulasi, bo’g’im bushligi va bo’g’im suyo’qligi kiradi.
1. Bo’g’im xosil bulishda birikaetgan suyaklarning uchlari yeki bo’g’im yuzlari shakl jixatidan bir-biriga mos kelishi kerak. Masalan, bir suyakning uchi yumalok shaklida bulsa, ikkinchisini uchi shunga yarasha botik bulishi lozim. Birikaetgan suyaklarning bo’g’im yuzalarini bir-biriga mos kelishi bo’g’imning kongruentligi deiladi. Bo’g’imlarning kongruentligi bo’g’im yuzalarini gialin togay bilan qoplanganligi sababli ancha oshadi. Suyak boshchasining eng yukori nuktasida gialanli togay kalin, chetlarida esa yupka buladi. Lekin gavdada yuzalari aslo moslashmagan bo’g’imlar xam uchraydi. Masalan, yyelka bo’g’imida yyelka suyagini boshchasi sharsimon, kurakning bo’g’im maydonchasining satxi sharsimon boshcha satxiga nisbatan ancha kichik buladi. Bo’g’im satxining yetishmovchiligi, kurakning bo’g’im maydoncha atrofidan togayli xalka yeki bo’g’im labini xosil bulishi vositasida yukotilgan buladi. Doim sillik va nam bulgan bo’g’im togayi suyaklarda ishkalanish kuchini kamaytiradi.
2. Bo’g’im kapsulasi yeki xaltasi bo’g’imni xosil kiluvchi suyaklarning uchlarini va ular o’rtasidagi bushlikni atrofidan urab turadi. Bo’g’im xaltasi tashki fibroz va ichki sinovial kavatlardan tuzilgan:
a) tashki fibroz kavat zich tolali biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan va bo’g’im xaltasini mustaxkamlash uchun xizmat kiladi. Fibroz membrananing tolali tutamlari turli yunalishda tarkalgan bulib, ba’zi joylarda kalinlashib, bo’g’im boylamlarni xosil kiladi.
b) ichki sinovial kavat siyrak tolali biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan. Bo’g’imga karatilgan ichki yuzasi sillik va yaltirok, endotelial xujayralari bilan qoplangan. Sinovial membrana bo’g’im bushligiga sinovial suyo’qligini ajratadi. Sinovial suyo’qligi tinik va yepishkok bulib, turli xarakatlar bajarish davrida bo’g’imda birikaetgan suyaklar orasida paydo buladigan ishkalanish kuchini kamaytiradi. Sinovial membrana nafakat sinovial suyo’qlikni ajratishda, balki kayta surib olish yeki rezorbtsiya etishda ishtirok etadi va betuxtov modda almashinuv jaraenini utishini ta’minlaydi.
Bo’g’im xaltasini kalinligi va tarangligi bir xil emas. Agar xalta ustidan muskullar utsa, yupka buladi, bo’g’imning boshka joylarida xalta kalinrok bulishi mumkin.
Bo’g’im ichidan pay utsa, bo’g’im yupka sinovial parda bilan uraladi.
3. Bo’g’im bushligi germetik ravishda yepik, yeriksimon bushlik bulib, ichida sinovial so’qligi joylashgan. Bo’g’im bushligi bo’g’im yuzalari va sinovial membrana bilan chegeralangan. Bo’g’im bushligida manfiy bosim bulganligi uchun, bo’g’im yuzalari bir-biri bilan kontaktda bulib, ajralib ketmaydi. Agar bo’g’im kapsulasi jaroxatlansa, bo’g’im bushligiga xavo kirishi bilan bosimi atmosfera bosimiga teng buladi va bo’g’im yuzalari bir-biridan ajralib ketadi. Ba’zi bo’g’imlarda bo’g’im xaltasi borgan sari yupkalasha borib, sinovial chuntaklarni xosil kiladi. Sinovial chuntaklar asosiy bo’g’im bushligini davomi bulib, ichi sinovial suyo’qligi bilan tulgan. Muskul va paylarni xarakati paytida suyakga nisbatan ishkalanish kuchini kamaytirish vazifasini bajaradi.
Bo’g’imda asosiy elemenlardan tashkari yerdamchi elemenlar xam farklanadi. Yerdamchi elementlarga paylar, boylamlar, bo’g’im ichidagi togaylar – disklar va meniskalar, sinovial membranani burmalari kiradi. Paylar va boylamlar zich tolali biriktiruvchi to’qimadan tuzilib, tarkibini asosan ma’lum tartibda yunalgan kollagen tolalar tashkil kiladi. Ba’zi boylamlar kapsula devoridan xosil bulsa (enbosh-son boylami), ba’zilari bo’g’im xaltasidan ma’lum masofada birikadi (dumgaza-usimtali boylam), uchinchi xil boylamlar esa bo’g’im ichida joylashgan (tizza bo’g’imining krestsimon boylamlari). Boylamlar ikkilamchi vazifani bajaradi: bir tomondan bo’g’imlarni mustaxkamlaydi, ikkinchi tomondan, bo’g’im tarkibidagi suyaklarni xarakatchanligini chegaralaydi.
Bo’g’im disklari tolali togaydan tuzilib, bo’g’im bushligini ikkita bo’limga ajratadi. Agar disk markazida teshigi bulsa, bo’g’im meniski deiladi. Disklar va meniskalar bo’g’im yuzalarini kongruentligini oshiradi, bo’g’imning ressorlik funktsiyasini va xarakatchanlik darajasini oshiradi. Sinovial burmalar xuddi shu funktsiyalarni bajaradi. Sinovial burmalarni deyarli xamma bo’g’imlarda uchratish mumkin.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish