Bo’g’imlar klassifikatsiyasi
. Oddiy, murakkab va aralashgan bo’g’imlar farklanadi. Agar bo’g’im xosil bulishda fakat ikkita suyak ishtirok etsa, unda oddiy bo’g’im xosil buladi. Masalan, yyelka bo’g’imi, falangalar-aro bo’g’imi oddiy bo’g’imlar misoli bula oladi. Uchta va undan ortik suyaklar birikishidan murakkab bo’g’imlar xosil buladi. Ba’zan murakkab bo’g’im bir nechta oddiy bo’g’imlardan tashkil topib, xar bir bo’g’im funktsional jixatdan aloxida ish bajarishi mumkin. Masalan, tirsak bo’g’imi uchta aloxida oddiy bo’g’imlar?an tuzilib, atrofdan bitta umumiy kapsula bilan uralganligi sababli, yaxlit anatomik nuktai nazardan bitta bo’g’im deb kuriladi. Xamkor bo’g’imlar juft va undan ortik bo’g’imlarni funktsional yigindisi
bulib, bir bo’g’imda xarakatlarni bajarilishi ikkinchi kushni bo’g’imda xam shu xarakatni keltiradi. Masalan, chap va un chakka-pastki jag bo’g’imlarining xarakatlari. Agar bo’g’im ikki taraflama xarakat kilsa, ya’ni bir-biri bilan kesishgan ikki uk atrofida aylansa ya’ni fakat bukilib yozilsa bir o’qli bo’g’im deb ataladi.
SHakli jixatdan sharsimon, ellipssimon, tarnovsimon, yassi, yengoksimon, tsilindrsimon bo’g’imlar farklanadi. Bo’g’im bushligidan utadigan aylanma uklarni soniga kura bir o’qli, ikki o’qli va kup o’qli bo’g’imlar farklanadi. Aylanma uklarni yunalishi koordinata sistemasidagi uklarning yunalishiga muvofik keladi. Kundalang, sagittal va tikka uklar farklanadi. Kundalang uk atrofida bukish va yezish, sagittal uk atrofida – olib kelish va olib kochish, tikka uk atrofida – tashkariga va ichkariga burish xarakatlari bajariladi. Bo’g’imdagi xarakatchanlik avval suyaklarning bo’g’im xosil kilishida ishtirok etadigan uchlarining shakliga boglik.
Uch o’qli bo’g’imlar.
SHarsimon va yengoksimon shaklga ega bulgan bo’g’imlar eng xarakatchang bo’g’imlar xisoblanadi. Masalan, yyelka bo’g’imi oddiy, sharsimon shaklga ega, uch o’qli bo’g’im bulib, asosiy xarakatlar uch uk atrofida bajariladi. Kundalang uk atrofida yyelka oldinga va orqaga karab xarakatlanadi. Sagittal uk atrofida yyelka tanadan uzoklashadi va tanaga yakinlashadi. Tikka uk atrofida yyelka ichkariga va tashkariga buriladi. Bir vaktda uch uk atrofida xarakat bajarilsa - tsirkumduktsiya yeki aylanma xarakat deiladi.
Tos-son bo’g’imi murakkab, yengoksimon shaklga ega, uch o’qli, yezilgan xolda galtaksimon bo’g’imlarga uxshash xarakatlanadi. Tos-son btsщim – uchta suyakning, ya’ni son suyagi, katta boldir suyagi, va tizza qopkogining orasida xosil buladi. Suyaklarni yuzalari bir-biriga tulik mos kelmaganligi sababli, kongruentlik tolali togaydan tuzilgan medial va lateral meniskalar yerdamida yetiladi. Tizza bo’g’imi xarakatlarida meniskalar son suyagi ostida uz shaklini va joylashuvini uzgartiradi, itarilish kuchlarini yumshatishda, amortizatsiyani ta’minlaydi. Oyoq yezilganda va bukilganda xarakatni bajarilishi son dunglari va meniskalar ishtirokida, pronatsiya va supinatsiyada katta boldir suyagi va menisklar orasida vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |