Oralik miya
Oralik miya katta miya yarim sharlari orasida, kadaxsimon tana ostida joylashgan. Oralik miya kuyidagi kismlardan tashkil topgan: kuruv burtigi, burtik ustki kismi - epitalamus, kuruv burtigining orka kismi - metatalamus va burtik osti soxasi - gipotalamus va III korincha.
Talamus yoki kuruv burtigi juft tuxumsimon shaklga ega, asosan kul rang moddadan iborat.
Talamusning oldingi kismi uchlangan va oldingi dumbokchani xosil kiladi. Orka uchi dumoloklashgan bulib, burtig yestigini xosil kiladi. CHap va ung talamusni yuzalari bir biriga karatilgan bulib, oralik miyani yen devorlarini xosil kiladi. Ma’lumki, III korinchaning yon devorlari oralik miyaning yen devorlaridan tashkil topgan. Kuruv burtigining tukimasida uchta yirik yadrolar - olding, ichki va tashki yadrolari joylashgan. Kuruv burtigida bosh miya pustlogiga boruvchi xamma sezuvchi yo’llar almashinadi. SHuning uchun kuruv burtigini barcha sezuvchi yo’llarning pustlok osti markazi deb xisoblanadi.
Talamusni orka tomonidan metatalamus joylashgan. Metatalamus juft medial va lateral tizzali tanalardan tuzilgan. Medial tizzali tana burtik yestigining orka tomonida joylashgan va turt tepalikning pastki ikki tepaligi kabi pustlok osti eshituv markazi xisoblanadi. Metatalamusning tashki satxida , burtik yestigining pastida lateral tizzasimon tanalar joylashgan va boshlangich pustlok osti kuruv markazi vazifasini bajaradi.
Burtik usti kismi - epitalamus shishsimon tana yeki epifizdan, pilikga uxshash kashakchalardan va ular orasidagi kashakcha bitishmasidan tashkil topgan. Epifiz - ichki sekretsiya bezi bulib, ikkita kashakchalarda osilgan xolda buladi. Kashakchalar o’rtasida kashakcha bitishmasi xosil buladi.
Oralik miyaning bosh miya asosidan kurinib turuvchi ventral kismi gipotalamik soxaga kiradi. Gipotalamus kelib chikishi jixatdan ikki xil bulgan kimlardan tashkil topgan: 1. Oxirgi miyadan xosil bulgan kuruv kismi tarkibiga - kuruv nervi kesishmasi, kuruv yo’li, kul rang dumbokcha va uning voronkasi va neyrogipofiz kiradi.
2. Oralik miyadan xid bilish kismi paydo bulib, uning tarkibiga surgichsimon tanalar va burtik osti soxasi kiradi.
1. Oxirgi miyadan xosil bulgan kismlar: a) Kuruv nervi kesishmasi nerv tolalaridan tashkil topib, kuruv nervlarining davomidir. Bu tolalar kisman kesishadi.: medial tomondagi tolalar karama - karshi tomonga utadi, lateral tolalari esa uz tomonidan kuruv yo’li tomon davom etadi.
b) Kuruv yo’llari kuruv kesishmaning old tomonidan kutarilgan ikkita kuruv nervlari bulib, miyaning uch bulimida tugaydi: burtik yestigida, o’rta miyaning ustki ikki tepaliklarida va lateral tizzali tanalarda.
v) Kul rang dumbokcha surgichsimon tanalarining orkasida, kuruv kesishmasining old tomonida joylashgan. Kul rang dumbokcha kul rang moddani yupka katlamidan tashkil topib, uning xujayralari oliy vegetativ markazlar bulib, termoregulyatsiya va modda almashinuv jaraenlarini idora etishda ishtirok etadi. Yukori tomon yunalib kul rang dumbok yarim sharlarning kul rang moddasiga utib ketadi. Yukoridan uchinchi korincha bushligidan kurilganda kul rang dumbokni uchi chukurchani - voronkani xosil kiladi. Pastdan kul rang dumbokcha gipofiz bilan tutashadi.
g) gipofiz tok a’zo bulib, ichki sekretsiya a’zosidir. uning oldingi va o’rta bulimi embrional tarakkiet davrida xalkum devoridan rivojlanadi va adenogipofiz deyiladi. orka bulagi esa miyaning nerv tukimasidan rivojlanadi va neyrogipofiz deb nomlanadi. gipofizning tuzilishi va funktsiyalari endokrin tizimi bulimida tulik baen etilgan.
Oralik bulimidan xosil bulgan kismlar: a) Surgichsimon tanalar diametri 5mm teng ikkita dumbokchalar bulib, kul rang dumbokcha bilan orkadagi ilma-teshik moddasi orasida joylashgan. Xar bitta surgichsimon tana kul rang modda tuplamidan tuzilgan bulib, tarkibida medial va lateral yadrolarni aniklash mumkin. Pustlok osti xid bilish markazlari medial va lateral yadrolarda joylashgan.
b) Burtik osti soxasi juda kichik soxa bulib, kuruv burtigining pastki tomonida joylashgan. Bu soxa miya oekchalari tomining ustki kavati va kizil yadro bilan kora moddani davomi xisoblanadi.
Oralik miyaning markazida III korincha joylashgan va orka tomondan Silьviy kanali orkali IY korincha bilan tutashgan. III korinchaning ustki, ostki, orkadagi va yen tomondagi devorlarini ajratish mumkin. Korincha tor yeriksimon bushlik bulib, uni yen devorlarini talamusning medial yuzalari xosil kiladi. Korinchaning pastki devori gipotalamus va uning bir necha kismlari bilan chegaralangan. Korinchani orka tomonini epitalamusning orka bitishmasi chegaralab, Silьviy kanaliga olib kiradigan teshik ustidan joylashgan. Korinchaning ustki devori miya gumbazi bilan kadax tana ostida joylashgan. III korincha oxirgi miyani yen korinchalari bilan korinchalararo teshiklar yerdamida tutashadi. Korincha bushligi orka miya suyukligi bilan tulgan bulib, bu suyuklikni korinchadagi tomirli chigal ishlab chikaradi.
Gipotalamusni funktsional axamiyati katta. Bu yerda vegetativ nerv tizimining markazlari joylashgan, gipotalamusning neyronlari neyrogormonlar ishlab chikaradi. Masalan, vazopressin, oksitotsin, antidiuretik gormonlarini ishlab chikaruvchi neyronlar tanalari gipotalamusda joylashagan, neyrogormonlari esa ularning aksonlaridan tushib, neyro gipofizda tuplanadi. Ayni shu yo’l orkali nerv tizimi bilan endokrin tizimi birlashib, umumiy neyro-endokrin tizimi xosil buladi va barcha ichki a’zolarning faoliyati nerv va endokrin mexanizmlari orkali boshkariladi. Medial gipotalamusdagi neyronlar kondagi va orka miya suyukligidagi ruy beradigan xamma uzgarishlarni kabul kiladilar. Medial gipotalamus lateral gipotalamus bilan boglik. Medial gipotalamus nerv va endokrin tizimlari orasidagi oralik zveno xisoblanadi. Oxirgi yillarda gipotalamusdan enkefalinlar va endomorfinlar ajratilgan. Bu moddalar organizmga ta’siri jixatdan morfiyga uxshash. Olimlarning fikriga kura bu gormonlar odamning xulk-atvorini va vegetativ jaraenlarni idora etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |