Tananing turli kismlardagi limfa tomirlari va limfa tugunlari
Bosh va buyin. Bosh va buyin soxasidagi limfa bosh bilan buyin chegarasida gurux buli tuplangan, ensa, quloq oldi, iyak osti, jag osti,til, lunj limfa tugunlariga kelib kuyiladi. Bu tugunlardan chikkan olib ketuvchi limfa tomirlari buyiinning yuza va chukur joylashgan limfa tugunlariga yunaladi. Buyin soxasida yuza limfa tugunlari buyin fastsiyaning yuza plastinkasi ustida joylashadi, uning ostida esa chukur limfa tugunlari yetadi. Yuza joylashgan limfa tugunlardan olib ketuvchi tomirlar uni ostida joylashgan chukur limfa tugunlari tomon yunaladi. Buyinning chukur limfa tugunlari xikildok oldi, kalkonsimon bezlar va traxeya soxasida , ichki buyinturuk vena yenida joylashgan. Ularning olib ketuvchi tomirlari chap va ung buyinturuk stvolini xosil kiladi. Xar bir stvol uz nomiga xos venoz burchagiga kuyiladi.
Kul limfa tomirlari va tugunlari. Yelka kamari bilan kuldan limfa yuza va chukur limfa tomirlaridan yigilib, regionar limfa tugunlariga yunaladi. Kulning regionar limfa tugunlariga tirsak va kultik osti tugunlari kiradi. Kul soxasidagi limfa tugunlari asosan tirsak va yelka bugimlari soxasida tudalanib yetadi. Tirsak limfa tugunlari tirsak bugimi soxasida joylashib, yuza va chukur guruxlarga bulinadi. Kulda asosiy tugunlarga kultik osti tugunlari kiradi. Bular xam yuza va chukur joylashgan bulib, kultik osti soxasida joylashganligiga karab medial, lateral, orka, pastki, uchli va markaziy limfatik tugunlariga bulinadi. Kultik osti chukurchasiga yakin bulgan va doimiy bulmagan kukraklararo limfa tugunlarini xam kursatish mumkin. Bu tugunlar kukrakning katta va kichik muskullari orasida joylashgan. Barcha kul bulimlaridan okib chikaetgan limfa tomirlarning xammasi yigilib, uz tomondagi umrov osti limfa yo’liga kuyiladi. CHap yeki ung umrov osti limfa yo’li uz tomondagi umrov osti vena bilan yenma-en borib chap yeki ung venoz burchagiga kuyiladi.
Oekning limfa tomirlari va tugunlari. Oekning regionar limfa tugunlariga tizza osti va chov limfa tugunlari kiradi. Limfa tugunlari va limfa tomirlari yuza va chukur bulib joylashgan. Oekning yuza limfa tomirlari limfani teridan, teri osti kletchatkasidan yigadi. CHukur limfa tomirlari esa chukur joylashgan tukimalardan: fastsiyalardan,paylardan, boylamlardan, bugimlardan, muskullar va suyaklardan limfani yigadi. Yuza limfa tomirlari medial, orka va lateral guruxlarga bulinadi. Medial gurux tomirlari limfani oek panja, boldir VA son terisidan limfani yigib,oekning teri osti venani yenma yen ko’zatib, yuza joylashgan chov limfatik tugunlariga kuyiladi. SHu tugunlarning uziga korin bushligining oldingi devoridan, kindakdan pastrokda, dumba soxasidan va kichik tos a’zolaridan limfa kelib ku ygiladi. Orka va lateral gurux limfa tomirlari orkali panja va boldir terisidan yigilgan limf, kichik teri osti venasini ko’zatib borib, tizza osti limfa tugunlariga kuyiladi. Bu tugunlardan chikkan olib ketuvchi limfa tomirlari chukur joylashgan chov limfatik tugunlarga borib kuyiladi.
CHukur joylashgan limfatik tomirlari oek panjasi, boldir muskullaridan, tizza bugimining kapsulasidan limfani yigib, tizza osti chukur limfa tugunlariga kuyiladi. Bu yerldan chikkan yirik limfa tomirlari son arteriyasini ko’zatib, chov soxasidagi chukur limfa tugunlariga kuyiladi.
CHanok (tos) soxasining tugunlari va limfa tomirlari. Tos soxasidagi limfa tugunlari joylashuviga kura parietal (devor oldi) va vistseral (ichki) guruxlariga bulinadi.
Parietal limfa tugunlariga tashki va ichki umumiy yenbosh tugunlari kiradi. Bu tugunlarga limfa tos devoridan yigilib kuyiladi. Tos ichida joylashgan ichki a’zolardan (kovuk, tugri ichak, tuxumdon, bachadondan) chikadigan limfa tomirlari vistseral limfa tugunlariga kuyiladi. Limfa tomirlari bilan birgalikda yenma yen tos a’zolarining kon tomirlari yenma yen yetadi. Vistseral limfa tugunlari joylashgan a’zolariga nisbatan nomlanadi: kovuk oldi limfa tuguni, bachadon oldi limfa tuguni, tugri ichak oldi limfa tuguni. Bachadon va kindan limfa bel, chov soxasidagi yuza limfa tuguni, ichki va tashki yenbosh va dumgaza limfa tugunlariga karab okadi. Tashki va ichki yenbosh tugunlardan chikadigan, tomon olib chikuvchi tomirlari umumiy yenbosh tugunlarigacha yetadi, bulardan esa limfa bel tugunlariga kuyiladi.
Korin va kukrak kafasi soxasining limfa tugunlari va tomirlari.
Korin bushligining limfa tugunlari devor oldi va ichki guruxlarga bulinadi. Devor oldi tarmoklari korin bushligining oldingi devor va orka devorlarida joylashgan. Korin oldingi devorida pastki korin usti limfa tugunlari, orka devorida esa bel tugunlari joylashgan. Pastki korin usti limfa tugunlariga korin bushligining oldingi devorining teri va muskullaridan, parietal korin pardadan, korin osti kletchatkasidan kelaetgan limfa kuyiladi.Ularning olib ketuvchi tomirlari pastga karab tashki yenbosh limfa tugunlariga va yukori tomon kukrak oldi limfa tugunlariga yunaladi. Bel limfatik tugunlarining soni 40 yakin bulib, oekdan, tos devoridan va ichida joylashgan ichki a’zolardan va korin bushligining ichki yeki vistseral gurux tugunlaridan limfani kabul kiladi. Ichki yeki vistseral limfa tugunlari korin aortaning tok vistseral tarmoklari yenida joylashgan va kaysi arteriya bilan yenma yen yetishiga karab nomlanadi. Korin soxasidagi tugunlar oshkozon, me’da osti bezi, jigar va buyraklarning limfa tugunlaridagi limfani kabul kiladi. Korin tugunlarning olib ketuvchi tomirlari bel tugunlariga kutariladi. Korin bushligi ichida joylashgan ichki a’zolarning limfa tugunlari bilan ta’minlanishi xar xil. Masalan, me’da, jigar va boshka a’zolarda vistseral limfa tugunlari 4-10 bulsa, ingichka ichak arteriyalari atrofida joylashgan yukorigi korintutkich limfatik tugunlarning soni 60-400 gacha yetishi mumkin. Bu limfatik tugunga ingichka ichakning bulimlaridan keladigan limfa kuyiladi. CHambar limfa tugunlari yugon ichak uchun regionar limfa tuguni xisoblanadi. Yukorigi korintukichning tugunlari va chambar ichakning tugunlari xam yo’l yo’lakay bir kancha tugunlardan tizilib utib, bel limfatik tugunlarga borib kuyiladi. Limfa tugunlaridan chikadigan olib ketuvchi tomirlardan bel stvollari xosil buladi.Ung va chap bel stvollarni kushilishidan esa kukrak limfatik yo’li xosil buladi.
Kukrak kafasi soxasida parietal va vistseral limfa tomirlari va ular yo’lida joylashgan limfa tugunlari bor. Kukrak kafasining parietal limfa tugunlariga tush suyagi oldi limfa tugunlari - tush suyagining ikki yenida joylashgan, kovurgalararo limfa tugunlar - kovurga oralarida yetadi, diafragma usti limfa tugunlari - diafragma ustida urnashgan, lateral tomondagi perikardial limfa tugunlar - perikard soxasida joylashgan. Parietal limfa tugunlaridan chikadigan olib ketuvchi tomirlar tugiridan tugri kukrak limfa yo’liga kuyiladi yeki yana bir kator limfa tugunlaridan utadi.
Vistseral limfa tugunlari kukrak kafasi ichida joylashgan a’zolardan limfani kabul kiladi. Oldingi kuks oraligi tugunlari kuks oraligining yukori kismida, yukorigi kavak venani old yuzasida, aorta ravogi ustida joylashadi. Orka kuks oraligi tugunlari orka kuks oraligida, kizilungach va kukrak aorta yenida joylashgan. Yurak, perikard, ayrisimon bezi, va upkalardan chikadigan limfa tomirlari kuks oraligi tugunlariga kuyiladi.Kuks oraligi tugunlaridan chikadigan olib ketuvchi tomirlar kukrak limfatik yo’liga yeki venoz burchagiga kuyiladi.Upkalar soxasidagi tugunlar, ikki guruxga bulinadi: upka ichidagi bronx-upka tugunlar - bronxlarni upkani ichida tarmoklanish joylarida uchraydi. A’zodan tashkari joylashgan yeki ildiz tugunlar asosan bosh bronxlar, upka arteriyasi va venalar atrofida tarkalgan. CHap va ung bronx-upka tugunlardan chikadigan olib ketuvchi limfa tomirlar kekirdak-bronx tugunlarga yunaladi, tomirlarni bir kismi esa tugridan tugri kukrak limfatik yo’lga kuyiladi. Kuyi kekirdak-bronx tugunlari kekirdakning bifurkatsiya yeki ikkiga ayrilish joyida yeki kekirdak bilan bronx orasidagi burchakda uchraydi. Bu tugunlardan chikadigan olib ketuvchi tomirlar chap venoz burchagiga yeki kukrak limfa yo’li kuyiladi.
Kukrak kafasining yuza limfa tomirlari yeki kukrak kafasi old va yen devoridan keladigan limfa tomirlari, kukrak bezidan chikadigan limfa tomirlari asosan kultik limfa tugunlariga, kisman uyindagi chukur limfa tugunlariga kuyiladi.Kukrak kafasi devorining ichki yuzasidan chikadigan limfa tomirlari bir nechta limfa tugunlaridan tizilib utib, kukrak yo’liga kuyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |