Upka pallalari ma’lum darajada ayrim va bir-biridan xolis bulgan upkaning anatomik kismi bulib, xar biri xususiy bronx va kon tomir nerv kompleksiga ega.
Upkaning xar bir segmenti uziga xos bronx bilan bir katorda xususiy kon tomir va nerv kompleksiga ega.
Segment - bu upkaning uz xususiy kon tomirlari nerv tolalari va bronxiga ega bulgan kismidir. Xar bir segment boshkalaridan farklansada , lekin ularning tuzilishilda umumiylik bor: ular barchasining shakli konussimon bulib, konusning uchi upka ildizi tomon yunalgan va keng asosi vistseral plevra bilan qoplangan.
Upkaning morfologik va funktsional birligi - atsinusdir. Atsinus tarkibiga terminal va alьveolyar bronxiolalar va alьveolalar kiradi. Alьveolar sharsimon shaklga ega bulib, ichki yuzasi ikki turdagi xujayralar nafas alьveolotsitlari (skvamoz) va katta (granulyar) alьveolotsitlar bilan qoplangan. Nafas alьveolotsitlar kupchiligini tashkil etadi va 97.5% alьveolalar yuzasini qoplaydilar. Bu xujayralar nixoyatda yassi va kalinligi 0.1-0.2 mkm tashkil etadi, fakat yadrosi joylashgan yerda kalinlashgan buladi. Yassi xujayralarning chegaralari uzaro zich bulib, ular bazal membrana ustida joylashgan. Nafas alьveolotsitlarni nixoyatda yupka bulishi, ularni asosiy funktsiyasi bulmish gaz almashinishiga kulay sharoit yaratadi. Katta alьveolotsitlar yirik xujayralar bulib, ikki donadan un donagacha sferik shakldagi osmiofil plastinkasimon tanachalarga ega. Zamonaviy nazariyalarga kura katta alьveolotsitlar lipoproteid tabiatga ega bulgan, va xudayralarning alьveolaga karagan yuzasini qoplab turadigan surfaktant degan moddani ishlab chikaradilar. Katta alьveolotsitlar bazal membrana ustida joylashadilar va uzga turdagi xujayralar bilan zich joylashadilar Bundan tashkari katta alьveolotsitlar alveolalarning ichki yuzasini qoplab turgan boshka xujayralarning xosil bulishi uchun manba xisoblanadi. Xar bir alьveola kapillyar tomirlar turi bilan uralgan. Alьveola devori, bazal membrana va kapillyar tomirlar devori orkali gazlar almashinadi - xavodan konga kislorod, kondan alьveolaga esa karbonat angidrid va suv buglari utadi. Upkalardagi alьveolalarni soni 600-700 millionga yetadi, ularning yuzasi esa 40-120 m2 ga teng deb xisoblanadi. Jismoniy ish ta’sirida alьveola devorlari chuziladi va nafas olish yuzasi ancha oshadi.
Xar kaysi upka plevra deb ataladigan seroz parda bilan uralgan. Plevra ikki varakdan - ichki (vistseral) va devor (parietal) varaklardan iborat. Ichki yeki vistseral varagi darvoza soxasidan tashkaridan butun upkani urab turadi. Devor yeki parietal varagi esa kukrak bo’shlig’i devorini qoplab oladi. Ichki va devor varaklar o’rtasida yoriksimon plevra bo’shlig’i buladi. Bu bushlik ichida plevra varaklarini namlab turadigan bir oz mikdorda seroz suyukligi joylashgan. Seroz suyukligi nafas olishda upka xarakatlarini yengillashtiradi. Plevra biriktiruvchi tukimali plastinka bulib, ustidan mezoteliy bilan qoplangan. Parietal plevrada joylashuviga kura kovurga, mediastinal va diafragmal kismlari farklanadi. Kovurga plevrasi kovurgalar yuzasini va kovurga-aro bushliklarni qoplaydi. Tush suyagini old tomonidan, umurtka pogonasining orka tomonidan kovurga plevrasi mediastinal kismi bilan tutashadi. Mediastinal plevrasi perikard ustini qoplaydi va upka ildizi soxasida upkaning vistseral plevrasiga utib ketadi. Pastda kovurga va mediastinal plevralar diafragmal plevraga utib ketadi. Fakat diafragmani markaziy kismlariga uta olmaydi, chunki bu yerda perikard diafragmaga yepishgan buladi. Kovurga plevrasi diafragmal va mediastinal plevralarga utish soxalarda upka chuntaklarini yeki sinuslarini xosil kiladi. Bu sinuslar upkalar uchun kushimcha bushliklar bulib, nafas olish va nafas chikarishda upkalar xajmini kengayishini ta’minlaydi.
Ikkala plevral xaltachalari o’rtasida joylashgan a’zolarni kompleksiga kukrak kuks oraligi deb ataladi. Kuks oraligi old tomondan tush suyagi, orkadan umurtka pogonasining kukrak kismi, ostki tomondan diafragma, yukoridan kukrak kafasining yukorigi aperturasi bilan chegaralangan. Kukrak kuks oraligi oldingi va orka kismlarga bulinadi. Ikki kismni ajratib turuvchi chegara kekirdak va bronxlar xisoblanadi. Kukrak kuks oraligining oldingi kismida yurak, upkalar, ayrisimon bezlar, aorta yeyi, upka stvoli va diafragma nervi tashkil etadi.
Ko’krak kuks oraligining orka kismida umurtka pogonasi, kizilungach, kukrak aortasi, adashgan nerv, tok vena va yarim tok vena, kukrak limfa yo’li, simpatik nerv stvoli joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |