Namangan muhandislik-qurilish instituti “avtomobil yo’llari va aerodromlar



Download 194,53 Kb.
bet1/4
Sana10.02.2022
Hajmi194,53 Kb.
#439554
  1   2   3   4

NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUTI
“AVTOMOBIL YO’LLARI VA AERODROMLAR” kafedrasi
“YO’L QOPLAMALARINI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI” fanidan
15-Amaliy mashg’ulot. Sementbetonning tarkibini tanlash. (2 soat).
O’qtuvchi: I.Mamadaliyev
Mavzu: Sementbetonning tarkibini tanlash.
Betonni loyihalash - berilgan qurilish texnik xossalar kompleksiga (mustahkamlik, muzlashga va tuzlarga chidamlilik, suv va gazlarni o‘tkazmaslik deformativlik va boshqa) ega bo‘lgan betonni yaratish jarayoni bo‘lib, konstruksiya va inshootlarni ekspluatatsiya qilish sharoitlariga ko'ra belgilanadi.
Rus olimi prof., S.V.Shestyoporovning fikricha, betonni loyihalash quyidagi vazifalar kompleksini hal qilishni o‘z ichiga oladi:
- betonning ishlash sharoitlarini aniqlash;
- berilgan qurilish - texnik xossalariga ega bo‘lgan konstruksiya (inshoot) ni hosil qilish uchun ishni tashkil qilishni va usulini tanlash;
- boshlang'ich materiallami tanlash va sinash;
- beton tarkibini tanlash;
- texnologiyani loyihalash uchun texnik shartlar tuzish.
Birinchi bosqichda - konstruksiyalar, inshootlar yoki ularning qismlarida beton ekspluatatsiya qilinadigan sharoitlar aniqlanadi. Mazkur sharoitlar va inshootning loyihada berilgan ekspluatatsiya qilish muddatiga muvofiq betonning fizik - mexanik xossalari va uning turli iqlim omillari ta’siriga chidamligi belgilanadi.
Ikkinchi bosqichda - betonning qotish sharoitlari va beton ishlarini bajarish usullari inshootni ekspluatatsiyaga kiritish vaqti va unga hisobiy kuchlar bilan yuklama berish hisobga olinadi.
Uchinchi va to‘rtinchi bosqichlarda - beton tayyorlash uchun materiallar tanlanadi va beton tarkibi hisoblanadi. Bu bosqichlarda materiallar sinab ko‘riladi, beton tarkibining to‘g‘ri hisoblanganligi va uning loyihada talab qilingan qurilish - texnik xossalariga muvofiqligi tekshirib ko‘riladi.
Beton tarkibini tanlash GOST 27006-86 ga muvofiq bajariladi. Beton tarkibini tanlash quyidagi ishlarni o‘z ichiga oladi: nominal tarkibni aniqlash, ishchi tarkibga tuzatish kiritish, ishchi dozalarni hisoblash va ishlab chiqarishga berish.
Betonning nominal tarkibini tanlash yangi turdagi konstruksiyalarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganda, beton yoki beton qorishmasir eng me’yorlangan sifat ko'rsatkichlari, ishlab chiqarish texnologiyalari, yetkazib beruvchilar, qo’llanadigan materiallaming turlari yoki markalari o‘zgarganda, shuningdek, materiallar sarfining ishlab chiqarish me’yorlari ishlab chiqilganda va qayta ko‘rilganda bajariladi.
Beton tarkibini tanlash uchun beriladigan topshiriq Beton tarkibini tanlash korxonaning texnologik xizmati ishlab chiqqan tasdiqlangan topshiriq bo‘yicha bajarilishi kerak. Beton tarkibini tanlash uchun beriladigan topshiriq bir turdagi va sifatdagi betondan muayyan texnologiya bo‘yicha tayyorlanadigan konstruksiyaning konkret nomenklaturasi uchun tuzilgan bo‘lishi zarur.

Download 194,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish