Oda miyli k mul ki ( I qis m) Tohir Malik 1 library ziyonet uz/ Odamiylik mulki (I- qism)



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/78
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#534613
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   78
Bog'liq
odamiylik mulki i- qism

Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
63 
library.ziyonet.uz/ 
Chunki bu oʻrinda «sevish» Alloh buyrugʻini bajarish bilan ifodalanadi. 
«Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik. Onasi unga qiynalib homilador 
boʻlib, qiynalib tuqqandir. Unga homilador boʻlish va uni (sutdan) ajratish (muddati) 
oʻttiz oydir. Endi u qachon voyaga yetib, qirq yoshga toʻlganida: «Parvardigorim, meni 
Sen menga va ota-onamga in'om etgan ne’matingga shukr qilishga va Oʻzing rozi 
boʻladigan yaxshi amallarni qilishga muvaffaq etgin va Oʻzing men uchun zurriyotimda 
ham yaxshilik qilgin (ya’ni farzandlarimni ham ahli solih bandalaringdan qilgin). Albatta 
men Senga (qilgan barcha gunohlarimdan) tavba qildim va albatta men 
musulmonlardandirman». (Ahqof, 15.) 
Izoh shulkim: mazkur oyati karimada har bir inson ota-onaga yaxshilik qilishga 
buyurilyapti. Bir savol tugʻilishi mumkin: «Nega Qur'onda bot-bot ota-onaga mehr-
muruvvat koʻrsatish vojib ekanligi uqtiriladi-yu, farzandlarga mehribonlik qilishga 
buyurilgan oyatlar deyarli uchramaydi. Kalomullohni sinchiklab oʻqib, oʻrgangan 
kishigina undan bu savolga javob topa oladi. Ma’lumingizkim, Qur'onda biron behuda 
soʻz yoki jumla yoʻqdir. Alloh taolo moʻ'min-musulmonlarni komil inson qilib 
tarbiyalash uchun qaysi farmonini necha marta takrorlashni lozim deb bilgan boʻlsa, 
shuncha marta nozil qilgan. Negaki, Yaratgan oʻz bandalarining jismoniy jihatlaridan 
ham, ruhoniy xususiyatlaridan ham juda yaxshi ogohdir. 
Masalan, u Zot ota-onaga, xususan onaga oʻz farzandlariga nisbatan shunday mehr ato 
etganki, ona uchun eng ogʻir, hatto tahlikali davr boʻlgan homiladorlik va koʻz yorish 
davri hamda chaqaloqni emizib, tarbiyalash yillari ota-ona hayotidagi eng baxtli 
damlardir. Binobarin, ota-onani (albatta ular agar insoniy ma’naviyatdan ajrab, 
vaxshiylik darajasiga tushib ketmagan boʻlsalar) farzandiga yaxshilik qilishga 
buyuraverishning oʻzi ortiqcha ishdir. Ammo farzandlar esa yoshliklariga borib yoki 
oʻzlarining oldilaridagi oʻgʻil-qizlari bilan ovora boʻlishib, ortlaridagi ota-onalariga 
beparvo boʻlib qolishlari mumkin. Shuning uchun Qur'on farzandlarni tez-tez ota-ona 
oldidagi burchlarini ado etishga da’vat qiladi. 
Otaning farzandga mehri-muhabbati cheksizdir, chunki u farzandini oʻz suratidan 
koʻchirilgan nusxa, deb anglaydi. Zotan, otaning tasavvuri toʻgʻridir. Farzand otaning bir 
juz'i, suratda, xulq-atvorda unga oʻxshaydi. Shuning uchun ota farzandi tarbiyasiga diqqat 
qiladi. Oʻzi istagan fazlu kamolni farzandiga berishga, uni oʻzidan koʻra ham mukammal 
qilib yetishtirishga gʻayrat qiladi. Shu maqsad yoʻlida har qanday mashaqqatga bardosh 
beradi. Farzandi haqida xalqdan: «Tarbiya qilgan otasiga rahmat!» degan olqishni 
eshitsa, sevinadi. Farzandi orqali koʻzlagan maqsadiga yetishni istaydi, nevara, evaralar 
koʻrib, naslining davom etishini orzu qiladi. Bu oʻrinda otaning oʻgʻil koʻrganda 
quvonishi sababiga izoh berib oʻtsak: albatta ota uchun qiz farzand ham oʻgʻil farzand 
ham bir xilda suyumli. Ikkovi ham Alloh bergan ulugʻ ne’mat sanaladi. Ammo oʻgʻil 
farzand nasl-nasabni davom ettiruvchi boʻlgani uchun ham otada alohida quvonch 
uygʻonadi. Quvonch sababini qizlarni kamsitishda deb anglamaslik kerak. Chunki 
Islomda bolalarni ajratish, ya’ni birini koʻproq ikkinchisini kamroq yaxshi koʻrish durust 
hisoblanmaydi. Bashir ibn Sa’d (r.a.) oʻz oʻgʻillari Nu'mon ibn Bashirni koʻtarib 
Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga keldilar-da: «Yo Rasulalloh! Men shu oʻgʻlim Noʻ'monga 
falon-falon narsalarni berdim, siz shunga guvoh boʻling», - dedilar. Shunda Rasululloh 
(s.a.v.): «Barcha bolalaringga ham shunday narsalarni berdingmi?» - deb soʻradilar. 
Bashir: «Yoʻq, faqat Noʻ'monning oʻzigagina berdim», - degan edilar, Rasululloh (s.a.v.): 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish