Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
71
library.ziyonet.uz/
«Bir yoshgina qiz otasining qoʻli oʻrniga oʻz qoʻlini fido etishni istadi. Shu qizdek
farzandga ega boʻlgan ota-ona qanday baxtiyordir...»
Bu marmar tosh farzand mehriga qoʻyilgan oʻziga xos ramziy haykaldir. Hayotda hech
yerda bunday haykal yoʻq. Ammo ota-ona farzandidan ozginagina mehr koʻrsa ham unga
oʻz qalbi toʻridan bitta haykal tiklaydi. Bu haykalning nomi - shukronalik. Ota-onasini
rozi qilgan farzandga esa Tubo (jannatlardan biri yohud undagi bir daraxt nomi) nasib
boʻlishi, Alloh taolo umrini ziyoda etishi haqida sharafli hadisda marhamat qilinadi.
Hazrat Navoiy ta’birlari bilan aytilsa - «Hurmati volidayn - farz ayn». Ota-onani
hurmatlash - bajarilishi oʻta zarur amaldir.
Abdulloh ibn Umar (r.a.) Taysala ibn Miyosdan «Doʻzaxdan qoʻrqib jannatga kirishni
xohlaysanmi?» deb soʻradilar. «Albatta xohlayman», dedilar Taysala. «Ota-onang
tirikmi?» - deb soʻradilar. «Otam vafot etganlar, ammo onam borlar», dedilar Taysala.
Shunda Abdulloh ibn Umar dedilarki: «Katta gunohlardan oʻzingni saqlaganingdan keyin
onangga qattiq gapirmasang, uning ob-ovqatini berib tursang, albatta jannatga kirasan», -
dedilar.
Agar e’tibor qilsak, bu hikmatning asosi ham «Jannat onalar oyogʻi ostidadir», hadisi
sharifi ekanini anglaymiz.
Rivoyat qiladilarkim, Marvon ibn Hakam Madinadan bir joyga safarga ketganlarida oʻz
oʻrnilariga Abu Hurayrani qoldirib ketardilar. Abu Hurayra Zul-Hulayfada turib, oʻzlari
bir xonada, onalari esa boshqa xonada yashardilar. Abu Hurayra qachon oʻz xonalaridan
tashqariga chiqadigan boʻlsalar, onalarining eshigi oldiga kelib salom berardilar-da:
«Meni yoshligimdan tarbiyat qilganingiz uchun sizga Alloh taoloning rahmati boʻlsin», -
der edilar. Onalari ham u kishining salomlariga javob qaytarib: «Katta boʻlganingda
menga yaxshilik qilayotganing, roziligimni olayotganing uchun senga ham Alloh
taoloning rahmati boʻlsin», der edilar. Abu Hurayra tashqaridan qaytib kelganlarida ham
ona-bola oʻrtasida shu muomala takrorlanardi.
Ey koʻngil! Bu goʻzal muomala senda ham bormi? Bor boʻlsa, umring armonsiz oʻtajak.
Yoʻq boʻlsa-chi? Avval aytgin: nima uchun yoʻq? Oʻntagina soʻzni aytishga tiling nima
uchun aylanmaydi? Senga nima toʻsqinlik qiladi? Ehtimol onangni qaymoq bilan
boqishga puling yoʻqdir. Qaymoq soʻzing-chi? Asal sotib olishga puling yetmas, ammo
asal kabi totli duo uchun nimang yetishmaydi?
Ne shodki, bizning yurtimizda ota-onasini hurmat qiluvchilar koʻp. Kamina istiqomat
qiluvchi «Ilgʻor» mahallasida Yaponiya mamlakatidan kelgan bir yosh olim ijtimoiy
tadqiqot olib bordi.
U mahalladagi barcha marosimlarda ishtirok etishga harakat qildi. Uning ziyrak fahmi
farzandlarning ota-onalarini beqiyos tarzda hurmat qilishlarini anglabdi. Bir kuni u bilan
suhbat chogʻida dunyoga mashhur yapon adiblarining asarlaridan gap ochdim.
-Ha, Yaponiya ulugʻ yozuvchilarga boy mamlakat. Mening yurtim ilm-fanda ham
ilgarilab ketgan, - dedi u. - Ammo har bir xalq ilm-fanda yoki adabiyotda xuddi shunday,
balki bundan ham a’loroq yutuqqa ertami-kechmi erishishi mumkin. Lekin sizning
xalqingiz erishgan boylikka hamma ham erisha olmaydi. Ayniqsa hozirgi kunlarda,
Do'stlaringiz bilan baham: |