Oda miyli k mul ki ( I qis m) Tohir Malik 1 library ziyonet uz/ Odamiylik mulki (I- qism)



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/78
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#534613
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bog'liq
odamiylik mulki i- qism



Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik

library.ziyonet.uz/ 
Odamiylik mulki (I- qism) 
Tohir Malik
Darhaqiqat, Biz Odam bolalarini aziz-mukarram qildik va ularni barru-bahrda - 
quruqlik va dengizda (ot-ulov va kemalarga) chiqarib qoʻydik hamda ularga halol-pok 
narsalardan rizqu roʻz berdik va ularni Oʻzimiz yaratgan juda koʻp jonzotlardan afzal-
ustun qilib qoʻydik.
Al-Isro surasidan 
G
ULISTON ISTA
,
 EY KO
ʻ
NGIL
 
Muqaddima oʻrnidagi bu dastlabki bob mazkur kitobga tartib berish sabablari va 
maqsadlari bayonidan iboratdir. 
Assalomu alaykum, azizlarim. 
Sizlaru bizlarni goʻzal suratda yaratgan va cheksiz ne’matlarga burkagan Rabbimiz Alloh 
taologa cheksiz hamdu sanolar aytamiz. Buyuk Parvardigorning buyuk irodasi ila buyuk 
vazifalarni yelkalarida koʻtargan va sizu bizga hidoyat yoʻlini koʻrsatgan suyukli 
paygʻambarimiz Muhammadga salavot va salomlar yoʻllaymiz. Allohning inoyati va 
marhamati ila koʻp yillik niyatimizni amalga oshirmoqqa kirishyapmizkim, bu ishimizni 
ham Yaratganning Oʻzi xayrli qilgʻay. Shu paytga qadar badiiy ijodda yaxshimi-
yomonmi mashqlar qilib, oʻzimizni sinab koʻrdik. Soʻng odob bobida birodarlarimizga 
nafi tegar, degan umid bilan «Mehmon tuygʻular» nomida bir kitobchaga tartib berdik. 
Soʻng uni toʻldirib, «Imonlashish umidi» degan nomda e’tiborlaringizga havola etdik. 
Keyin esa farzandlar tarbiyasida foydali boʻlib qolar, degan maqsadda bir risola yozib 
unga «Jinoyatning uzun yoʻli» deb nom berdik. Bu yoʻnalishdagi urinishlarimizni endi 
mazkur odob risolasi nihoyasiga yetkazar, insha Alloh! 
Ma’lumingizkim, oʻtmishda oʻtgan ustozlarimizning aksari badiiy asarlar yozish bilan 
birga axloqqa doir risolalar ham bitganlar. Agar ziyraklik bilan kuzatsak, oʻtmish 
adabiyotimizning asosini odob masalalari band etgan. «Adabiyot» - «odoblar toʻplami» 
ma’nosini anglatishi ham shundandir. Badiiy asar qaysi tarzda, qaysi yoʻnalishda 
yozilmasin, odamlarni tarbiya qilishga, ya’ni yaxshilik sari boshlab, yomonlikdan 
qaytarishga xizmat etishi lozim. 
Tarixda bunday kitoblarning hisobi yoʻq. Shularning ayrimlarini oʻqish jarayonida 
kaminada undagi hikmatlar bilan birodarlarni tanishtirish mayli uygʻondi. Rahmatli 
togʻam, ulugʻ adib Mirzakalon Ismoiliy axloq masalalariga doir bir qancha risolalar 
yozgan edilar. Shulardan biri - «Qizlar daftariga» kitobini yozgach, muxlislardan koʻp 
maktublar oldilar va uning davomi sifatida «Bunisi sizlarga, yigitlar» degan axloq 
kitobini yozishni niyat qilgan edilar. Ammo bu niyat amalga oshmay, armon boʻlib qoldi. 
Shu nom ostida bir kitob yozmoqlikni koʻp oʻyladim. Hamkasblarim orasida ham bu 
ishga da’vat etganlar boʻldi. Uzoq yillar davomida tayyorgarlik koʻrgan boʻlsam-da, 
yozishni boshlashga jur'at eta olmadim. Vaqti-soati yetibdi, shekilli, axloq mavzuiga doir 
toʻplagan ma’lumotlarimni qarasam, yetmishdan ziyod daftarga jo boʻlibdi. Allohga 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish