Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
8
library.ziyonet.uz/
ogʻirroq chiqqach, shunga yarasha jazoga tortish haqida amr berilganida, kipriklaridan bir
tolasi tilga kirib, deydiki:
-Ey Rabbim, sening rasuling hazrati Muhammad - unga saloming yogʻilsin - «Kim Alloh
qoʻrquvidan yigʻlasa, Alloh u koʻzni jahannam otashiga harom qiladi», deb buyurgan edi.
Men dunyodaligimda sendan qoʻrqib yigʻlagan edim-ku?!
Shunda Alloh oʻsha kishini afv etadi, dunyoda Rabbidan qoʻrqib yigʻlagan bir kiprik
tolasidagi nam tufayli uni azobdan qutqaradi. Jabroil esa:
-Falon kishi Allohdan qoʻrqib yigʻlagan bir kiprik tolasi hurmati, jazodan ozod qilindi,-
deb e’lon qiladi”.
Biz tilimizda «axloq» degan soʻzni tez-tez ishlatamiz. Ammo unga sifat bermaymiz.
Odam zotiga qanday axloq zarur? Albatta ilohiy axloq - ya’ni Alloh tomonidan
buyurilgan axloq. Buni «Rasulullohning axloqlari» deb atasak ham boʻladi.
Ustozlar hikoya qiladilar:
«Bir odam choʻlda ketayotib badbasharani koʻradi va undan «Sen kimsan?»- deb
soʻraydi. Badbashara «Men sening yomon amallaringman»,-deydi. U odam: «sendan
qutulishning iloji bormi?»- deb soʻraganida, u: «bor, buning uchun paygʻambarimiz
Muhammadning (s.a.v.) goʻzal axloqiga ega boʻlishing va unga salotu salom yoʻllashing
kerak!»-deb javob bergan ekan.
Ana shunday goʻzal ilohiy axloqqa yetishmoqlik barchamizga nasib etsin! Bu baxtga
odamiylik mulkiga ega boʻlmoqlik ila erishish mumkinligini unutmasak bas. Yusuf Xos
Hojib hazratlari aytadilarkim: «Qiz ermas bu yalnchuq, kishilik qiz oʻl» («yalnchuq» -
odam demakdir, «kishilik» - odamiylik, «qiz» - «qadrli» degan ma’noni anglatadi.
Hikmatning mazmuni: «Odamning oʻzi qadrli emas, odamiyligi qadrlidir».) Ana shu
qadrga yetishmoqlik yoʻllarini izlab koʻraylik. Siz, muhtaram kitobxon bilan bu safargi
suhbatlarimiz shu xususda boʻladi, insha Alloh.
Duo qilaylik:
-Ya Rabbimiz Alloh! Oʻzingga erta-yu kech zorilik qilamiz: ishlarimizni pishiq
qilmogʻimizni, xom qoldirmasligimizni nasib et. Riyo, kibru hasaddan va barcha axloqi
zamimadan bizlarni xalos qil, ulardan bezor boʻlguvchilardan qilgin bizlarni. Axloqi
hamidalar bilan ziynatlanganlar safidan bizlarga joy ber.
-Ya Rabbimiz Alloh! Oʻzingning kaloming va rasuling hadisi shariflariga asoslanib
tarbiya kitoblarini yozgan ulugʻ salaf allomalar, donishmandlarni Oʻzing magʻfirat ayla.
U sharafli zotlarning kitoblaridagi hikmatlarni anglash uchun bizlardagi aql-zakovatni
ziyoda etib, ularga amal qilishga muvaffaq qil. Bizlarni zohiriy va botiniy ilmlar bilan
muzayyan qilgin. Qalb va koʻngil koʻzlari ochiq, ma’naviy-ruhoniy olamning turli-tuman
goʻzal his tuygʻulariga sohib boʻlgan insonlardan ayla. Ichki olami nurga toʻlgan, iymon
ziyosi bilan munavvar boʻlgan e’tiqodli, shafqatli, marhamatli, goʻzal axloqli
qullaringdan ayla! Omiyn, ya rabbal olamiyn!
Do'stlaringiz bilan baham: |