Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
6
library.ziyonet.uz/
Hech birimizga sir emaskim, adashgan bandalar orasida oʻzimiz uchun eng ardoqli
boʻlmish insonlar - birovimizning ota-onamiz, birovimizning ogʻa-inilarimiz, yana
birovimizning yaqin yoki uzoqroq qarindoshimiz, yana qoʻshnimiz, hamkasbimiz... ham
bor. Ehtimol ular hidoyatdan adashganlarini bilarlar, ehtimolki, bilmaslar. Bilmaganlarga
bildirib qoʻyish vazifamiz emasmi? Ehtimol ular iymonsizlik jaridan qutulmoqchilaru
ammo toʻgʻri yoʻlga chiqishga kuchlari yetmayotgandir. Ularga yordam qoʻlini uzatib,
iymonsizlikdan qutulishga koʻmaklashish burchimiz emasmi?
Qur'oni Karimning «Nahl» surasida shunday mazmunli oyat bor: «(Ey, Muhammad!)
Rabbingizning yoʻli (dini)ga hikmat va chiroyli nasihat bilan da’vat qiling! Ular bilan
eng goʻzal uslubda munozara qiling! Albatta, Rabbingizning oʻzi Uning yoʻlidan
chalgʻigan (adashgan) kimsalarni yaxshi bilguvchi va U hidoyat topganlarni ham
bilguvchidir.» Mazkur oyatda Alloh taolo paygʻambarimiz Muhammadga, sollallohu
alayhi va sallam, va u kishi orqali da’vatchi ummatlariga Islom da’vati asoslarini va
uslublarini bayon qilib bergandir.
«Fussilat» surasidagi oyati karimada: «(Ushbu Qur'on) iymon keltirganlar uchun hidoyat
va shifodir» deyilgan ekan, toʻgʻri yoʻlni, ruh xastaligiga shifoni oʻzga yerlardan
qidirishlarda ma’no yoʻqdir. Oʻtmish jamiyatida nima uchun odamlar orasidan mehr-
oqibat, mehr-muruvvat, mehr-hurmat koʻtarildi? Nima uchun zulm toʻfoni avjiga chiqdi?
Nima uchun koʻplar buzuqlik botqogʻiga botdi? Sabab: choʻkayotgan odam xasga
tirmashib umid qilganiday, zaif mafkuradan najot kutdilar.
Ota-onalarning tarbiya usullari, nasihatlari hidoyat va shifo bulogʻidan mahrum boʻlgani
uchun ham shirin meva bermadi.
Hazrati Soʻfiy Ollohyor «Sabotul ojiziyn» deb nomlangan durdona asarlarida shunday
deydilar:
Xudo qilsa nido: «e bandayi zor,
Na kelturding, na turluk qilmishing bor?»
Mazkur baytni donishmand olimlardan Tojuddin shunday sharhlaydi: qiyomatda Xudoyi
taolo bandalariga aytadi: «Ey bandalarim, mening huzurimga nima amallar bilan
keldingiz va nima ishlar qildingiz?»
Tanu teringda totligʻ jon yarattim,
Bahoyim qilmadim, inson yarattim.
...va yana aytadi: «Ey bandalarim, tanlaringizga aziz jon berdim, toʻrt oyoqli hayvon
emas, komil aql egasi inson qilib yaratdim.»
Hamisha ayladim tarbiyatingni
Nagʻu qilding parishon niyatingni?
«Seni otalaring pushtida, onalaring qornida tarbiyalab, dunyoga keltirdim. Dunyoga
Do'stlaringiz bilan baham: |