Oda miyli k mul ki ( I qis m) Tohir Malik 1 library ziyonet uz/ Odamiylik mulki (I- qism)



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/78
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#534613
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   78
Bog'liq
odamiylik mulki i- qism

Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
69 
library.ziyonet.uz/ 
oldini olish uchun kishi hayotlik davrida harakatini qilib qolishi kerak. Olimlarimiz bu 
mavzuda suhbat yuritganlarida Isro surasidagi oyati karimani albatta tilga oladilar. Biz 
ham bu an'anadan chetda qolmaylik: 
«Rabbing faqat Uning oʻzigagina ibodat qilishingni va ota-onaga yaxshilik qilishni amr 
etdi. Agar huzuringda ularning birlari yoki ikkovlari ham keksalikka yetsalar, bas, ularga 
«uff» dema, 
ularga ozor berma va ularga yaxshi soʻz ayt. Ikkovlariga mehribonlik ila hokisorlik 
qanotingni pastlat va «Rabbim, alar meni kichiklikda tarbiya qilganlaridek, ularga rahm 
qilgin», deb ayt». 
Bu amr Allohning qat'iy va oʻzgarmas buyrugʻi. Bu buyruqni bajarish ixtiyoriy emas, 
balki har bir bandaning burchi. «Uff» soʻziga bogʻliq ikki ma’no bor: 1. Ota-onaga 
yomon soʻz aytib, behurmat qilmaslik. Misol uchun: ota-ona ish buyurganda «uff, tinch 
qoʻymas ekansizda», yoki «uff, shu gaplaringiz ham jonimga tegdi» yoki «uff, sizga hech 
tushuntirib boʻlmas ekanda» kabi norizolikni ifoda etishni Yaratgan bizga man etyapti. 2. 
Ishdan charchab qaytdingiz, yoki koʻnglingiz bir nimadan gʻash. Oʻzingizcha «uff» deb 
qoʻydingiz. Bilmaysizki, shu «uff»ingiz bilan ota-onangiz qalbini tilib yubordingiz. 
Ularning «bolam ogʻir sinovga tushibdi», deb ozorlanganlarini anglamadingiz. 
Endi ular kunlab, balki oylab koʻzlaringizga termilib, parishonlik bulutining koʻtarilishini 
kutadilar. Siz oʻzingizga uchragan pashshaday tashvishni birgina «uff» bilan fil holatida 
kattalashtirib ota-onangizga uzatdingiz. Demak, biz ota-onamizni tashvishimizga sherik 
qilmasligimiz kerak ekan. Farzand ota-onaning huzurida oʻzini qanchalik hokisor tutsa, 
shuncha yaxshi. 
Alloh buyuradiki, «...nimaniki xayr-ehson qilsangizlar ota-ona, qarindoshlar, yetimlar, 
miskinlar va musofirlarga qilingizlar». Ehsonga loyiqlar orasida ota-ona bekorga birinchi 
zikr qilinayotgani yoʻq. Kishining oʻzidan keyingi haqdori ota-onasi boʻladi. Ota-onasini 
muhtoj qoʻyib, ulardan boshqalarga ehson qilishdan nima foyda bor? Qishloqlardan 
birida bu voqeaga guvoh boʻlgan edik. Birodarimiznikida mehmonda edik. Qoʻshnisi 
ehsonga taklif etdi. Chiqdik. Juda koʻp mehmon aytilgan ekan. Biz hovlida, tut daraxti 
soyasidagi soʻridan joy oldik. Roʻparamizda oshxona, uning yonida bir pastak hujra bor 
edi. Agar oʻsha hujradan xasta ovoz chiqmasa unda odam yashashiga ishonmas edim. 
Oʻsha hujraga koʻp tikilayotganimni sezgan birodarim «u yerda sohibi ehsonning 
volidalari yashaydi, bir oz xastalar», deb izoh berdi. Men «mehmonlarga joy hozirlash 
uchun kattaroq uydan bu hujraga vaqtinchalik olib chiqilgandir», degan oʻyda edim. 
Ammo ehson yakuniga yetgunicha ham birov u hujradan xabar olmadi. Bir piyola issiq 
choy yoki bir burda issiq non olib kirmadi. Shundan soʻng birodarimdan «doim shu uyda 
yashaydilarmi?» deb soʻrashga majbur boʻldim. Birodarim qoʻshnisining sirini 
ochayotganidan hijolat boʻlibmi, asta «ha», deb qoʻya qoldi, boshqa izoh bermadi. 
Boshqacharoq izohga hojat ham yoʻq edi. Bu tez-tez uchraydigan voqea emas. Biz ham 
vahima qilmoqchi emasmiz. Lekin bu dahshatdan (ha, aynan dahshat, aynan yovuzlik 
deymiz) koʻz yuma olmaymiz. Aqlni lol qoldiradigan darajada ehson dasturxonlariga 
mehmonlarni chorlaganlari holda otalari yoki onalariga oʻzlarining eski kiyimlarini 
kiyintirib qoʻyadiganlar ozmi yo koʻpmi? 
Bir birodarimiz koʻzida yosh bilan aytib edi: otasi xasta ekan. Katta akasi aqiqa 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish