Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
74
library.ziyonet.uz/
daqiqalarda ham kimning otasi yoki onasi shifoxonada yotgandir. Ularni yoʻqlab har kuni
boryapmizmi? Bilishimiz joizkim, ularga doktorning dorisi emas, bizning issiq yuzimizni
koʻrish davodir. Kunda bir boramizmi? Nima uchun ikki marta bormaymiz? Borganda
ham necha daqiqa oʻtiramiz? Oʻn daqiqami yo yarim soatmi? Ha... biz ishga band
odamlarmiz. Ishimiz koʻp. Endi diqqat qilaylik: ishimiz koʻp, ammo ota-onamiz koʻp
emas. Bittagina! Bugungi ishni ertaga bajarsak ham boʻladi. Bugungi majlisga kirmaslik
ham mumkin. Biroq, ota-ona gʻanimat, bugun koʻrgani kelolmasangiz ertaga issiq
yuzlarini emas, sovugan jasadlarini koʻrishingiz mumkin. Har nafas gʻanimat, har daqiqa
gʻanimat. Diydor onlarini qoʻldan chiqarsangiz to oʻlguningizcha armonda yashaysiz.
Qiyomatda qanday holda diydor koʻrishasiz? Jannatda jam boʻlasizmi ota-onangiz bilan
yoki doʻzaxda armon oʻtida yonasizmi?
Azizim, ehtimol shu satrlarni oʻqiyotganingizda otangiz yoki onangiz shifoxonadadirlar.
Alloh ularga shifo bersin. Siz esa... qoʻlingizdagi kitobni qoʻying. Ularning huzurlariga
boring, duolarini oling. Ehtimol ota-onangiz sogʻdir (hamisha sogʻ boʻlsinlar), ammo
boshqa mahallada yoki boshqa shaharda yashashar.
Siz ham kitobni qoʻying, ularni yoʻqlashga shoshiling. Boshqa shaharda boʻlishsa
qoʻngʻiroq qiling, yoki ikki ogʻiz shirin soʻzingizni oq qogʻozga tushurib yoʻllang. Bu
ham savob.
Bir xonadonda chol-kampir yolgʻiz qolishgan. Holbuki, bu xonadon avval gavjum edi.
Shu xonadonda yetti farzand tugʻilib oʻsdi. Toʻylar qilindi. Bu xonadon egasining onasi
boʻlardi. Keksa kampir ancha aziyat chekardi. Oʻgʻil onasini ochiqdan ochiq behurmat
qilardi. Unga qarab nabiralar ham buvilarini xorlashardi. Oʻgʻil onasiga «sen meni
bolaligimda yetimxonaga bergansan! Buni hecham kechirmayman», deb da’vo qilardi.
Ona oʻzini oqlamasdi, faqat koʻz yoshi toʻkardi. Tarixdan ma’lum, oʻtgan asrning
oʻttizinchi yillarida gʻoyat ogʻir qahatchilik boʻlgan. Koʻchalarda ochdan oʻlganlar
qalashib ketgan. Oʻshanda ona beva qolib, oʻgʻlini oʻlimdan saqlab qolish uchun
yetimxonaga berishga majbur boʻlgan. Keyinchalik turmush qurgach, farzandini yana
bagʻriga olgan. Shunday boʻldiki, kampir soʻnggi umrini hasratda oʻtkazib, oʻgʻlidan
norizo ketdi. Tilga chiqarib «sendan rozimasman» demagan boʻlsa-da, har holda oʻgʻlini,
kelinini, nabiralarini xayrli duo qilmadi. Va buning oqibati tez kunlarda koʻrindi.
Ajablanarli tomoni shuki, bugun qarilik yoshida yolgʻizlikdan qiynalayotgan bu chol-
kampir, yoʻqlab kelganlarga hasrat daftarini ochadilaru ammo nima sababdan bunday
xorlikka duch kelganlarini mulohaza qilib koʻrmaydilar.
Ha, ota-onaning duosi bilan kishi oliy martabalarga yetishadi yoki aksincha, xorlanishi
ham mumkin. Hayotiy misollarimizni hadisi sharif bilan quvvatlantirsak:
Mazkur hadis Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.):
-Bibi Maryamning oʻgʻillari hazrati Iso alayhissalom bilan Jurayjga soʻzlagan boladan
boʻlak hech bir bola beshikdaligida gapirgan emas,-dedilar.
Sahobalar: «Yo Rasulalloh, Jurayj va unga soʻzlagan bola kim edi?» deb soʻrashganida,
Rasululloh bu rivoyatni aytib berdilar:
-Jurayj oʻzining doimiy ibodati bilan mashgʻul rohib boʻlib, uning ibodatxonasi atrofida
bir podachi sigirlarini oʻtlatib yurar edi. Shu ibodatxona yaqinidagi qishloqda yashovchi
bir xotin podachi yoniga kelib-ketib turardi. Jurayj bir kuni ibodat bilan mashgʻul ekanida
Do'stlaringiz bilan baham: |