Oda miyli k mul ki ( I qis m) Tohir Malik 1 library ziyonet uz/ Odamiylik mulki (I- qism)



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/78
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#534613
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   78
Bog'liq
odamiylik mulki i- qism

Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
41 
library.ziyonet.uz/ 
Hazrati Iso oʻsha yoshni oʻzlariga koʻrsatishni soʻrab, Allohga munojot etadilar va uni 
togʻda bir qoyaning ustida samoga termulganicha oʻtirgan holida topadilar. Salom 
beradilar, lekin yigit salomga alik olmaydi. Shunda: 
-Men Isoman! - deya sado beradilar. 
Vale Alloh vahiy yoʻli bilan hazrati Isoga buyuradiki: 
-Ey Iso! Qalbida zarraning yarmisicha mening sevgim boʻlgan kimsa insonlarning soʻzini 
qanday eshitsin?! Izzatim va Jalolim haqqi aytaman, agar bu yigitni arra bilan arralasang 
ham sezmaydi. 
Bu oʻrinda ham, avvalgi holatda ham Allohga boʻlgan Ishqning darajasi nisbat misolida 
keltirilyapti. Albatta bu oliy maqomga hamma ham erisha olmaydi. Kim oshiqlikning bu 
martabasiga erishibdi - bu dunyoning chin baxtiga yetibdi. 
Er bilan ayol orasidagi sevgi oʻzaro boʻlganidek, Alloh bilan banda orasidagi Ishq ham 
oʻzarodir. Bandaning Allohni va uning Rasulini sevishi - ularga itoat etishi, amrlarini 
bajarishi demakdir. Alloh bandasini sevishi esa, undan rozi boʻlishi, uni afv etishi 
demakdir. Har bir banda toqati yetgan qadar Alloh Ishqi bilan yashashini aytdik. Ammo 
bilibmi, bilmaymi aldanib qolish ehtimollari borki, bundan ehtiyot boʻlmoq zarur. Ulamo 
derlarkim: «Kim uch narsani da’vo qilsa-yu, uch narsadan oʻzini poklamasa, u aldangan 
boʻladi: 

Allohning oʻrtaga qoʻygan axloq asoslariga rioya qilish zavqli ekanidan lof ursayu 
lekin dunyo sevgisidan voz kechmasa. 

Amallarni yolgʻiz Alloh uchun qilishni sevishini aytsayu lekin insonlarning unga 
ta’zim qilishidan mamnun boʻlsa. 

Allohni sevaman desayu lekin nafsini tarbiya qilmasa, u kimsa aldangan boʻladi. 
Aldanib qolishdan barchalarimizni Alloh asrasin. Endi har birimiz dunyodan ozgina 
muddatga uzilaylikda oʻz koʻnglimizga murojaat etib koʻraylik: 
-Ey koʻngil! Sen Alloh meni sevadimi, sevmaydimi, deb qiziqyapsanmi? Xoʻsh, buning 
oʻlchovi bormi, bor boʻlsa nimadan iborat? Sen Allohga qalban naqadar bogʻliqsan? 
Allohga boʻlgan ishqing qay darajada - oʻlchov mana shudir. Bilkim, sening Allohga 
boʻlgan muhabbating Allohning senga boʻlgan muhabbatidir. Bu insonning botinidagi 
tuygʻularga bogʻliq. Ana shu tuygʻular maydonga kelsin, qalb nurlansin, deb zikr 
qilinadi. Zero, Allohning «Bas, Meni eslangiz, Men ham sizlarni eslayman», degan 
va’dasi bor. Bu amal naqadar goʻzal! 
Ishq haqida har bir kishi aqli yetgan darajada fikr bildiraverishi mumkin. Ammo Ishq 
tufayli Allohning doʻsti - valiyulloh martabasiga yetganlarning yoki donish ahlining 
ustozlari sanalmish muhtaram zotlarning fikrlari bizlar uchun muhimroqdir, degan 
toʻxtamga kelib, ayrimlari bilan tanishib oʻtishni lozim koʻrdik. Izoh sifatida deymizkim, 
mazkur fikrlar bir-biriga oʻxshamasa-da, biri ikkinchisini inkor etmaydi, aksincha, 
toʻldiradi. 
Dedilarkim: «Haq sevgisi nishoni uch narsa ila belgili boʻlur: kishi saxovatda dengizga 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish