Oda miyli k mul ki ( I qis m) Tohir Malik 1 library ziyonet uz/ Odamiylik mulki (I- qism)



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/78
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#534613
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   78
Bog'liq
odamiylik mulki i- qism

Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
33 
library.ziyonet.uz/ 
Tun mamlakati kunni qoraytib, atrofni oʻsha butxonadagi kufr zulmati kabi qorongʻulik 
qopladi. Shayxning boshlariga shu tun kabi qora qismat tushgan, ul zotning tobe’ 
kishilari ham qora musibat buluti bilan oʻralgan edilar. Ularning hammalari oʻsha mugʻ 
dayri (majusiylar ibodatxonasi) tuprogʻida, tuproq emas, balki balolar togʻida qoldilar. 
Shayxning boshlariga tushgan qora tunni hali hech bir odamzot koʻrgan emasdi... Tun 
osmonda baxtsizlik pardalarini yoydi... Osmon koʻzlaridan yulduzlar sochib, Shayx 
ahvoliga motamdan nishon bildirardi... Ishq Shayxning jism ila jonlariga oʻt yoqqan, kufr 
dinu iymonlariga oʻt solgan edi. Gʻarib hollariga yigʻlab dedilarkim: 
-Har dam qaygʻu-musibatim ortib bormoqda. Ey falak! Menga nelar qilmoqdasan? 
Tinchligimni buzib, ishq sari boshlading, yonar yuz oʻt ichra meni tashlading. 
Koʻnglimga avval ravshan quyoshni koʻrguzib, keyin uni yashirgancha, gʻam shomiga 
tutqun etding! Gʻam shomigina emas, balki osmon boʻshligʻidagi yaratilish chehrasini 
qaro qilding! Gʻam doʻzaxining dudi olamni tutib ketdi... Jismim, a’zoyi badanim, 
sezgilarim va aqlu hushim ishqdan shunday parda yopindilarki, goʻyo ularning hech biri 
mavjud emasdek, ishq zulmidan hammasi nobud boʻlgandek tuyulmoqda... 
...boshimni cheksiz gʻamdan qutqarmoq uchun toshga urib tilka-pora qilmoqlikka quvvat 
qani?! 
...oʻzimni qoʻlga olishga, aqldan ozishimga toʻsqinlik qiladigan hush qani?! 
...ishq tadbirlarini aytib beradigan, vayron boʻlgan koʻngulni tinglaydigan aql qani?! 
...dardimga chora qiladigan yoki bagʻrim porasiga davo beradigan sabr qani?! 
...holim gʻamini yeyuvchi koʻngil qani?! Axir u ham hozir oʻlik sonida-ku!.. 
...bir nafas urguchalik tagʻin jon qani?! Koʻngil kabi uni ham izlab topa olmayman!.. 
-Menga bu yoʻl ne balolik yoʻl edi?! Axir bundan battarrogʻi boʻlishi mumkin emas-ku! 
Umrni bu yangligʻ xoru zor koʻrguncha hargiz tirik boʻlmaganim yaxshiroq emasmidi?! 
Bir xatar chaqmogʻi tushib, vujudimdan asar qoldirmasa nima qilardi?! 
-Doʻstlar! Menga madad bersangiz - jam boʻlib men zorni oʻldirsangiz nimangiz 
ketardi!.. Toinki bu olam orimdan, bashariyat ahli esa afgʻonu zorimdan qutulsin. 
Birodarlar, jonimga qatl tigʻini uring! Kuydirib, kulimni har tomonga sovuring! Toki 
jahonda bu yangligʻ rasvo boʻlmayin! Har dam yuz marta oʻlgandan koʻra bir yoʻla oʻlib 
qoʻya qolganim ma’qul! 
Shayxning bu musibatli holiga doʻstlari hayron qolishar, uning dardidan har dam qon 
yigʻlashar edi. Bu gʻamgin va chorasiz kishilarning har biri Shayxga turli maslahatlar 
berishar, ammo Shayx bu pandlarni fahmlamas, nozik soʻzlar ma’nosini ham anglay 
olmas edilar. Ular Shayxga aql mezoni bilan xitob etgan boʻlsalar, Shayx ularga ishq 
yoʻsinida javob qaytarar edilar: 
...birlari dedilar: -Ey sir ahlining peshvosi! Bu baloni daf' etish uchun namoz oʻqimoq 
shartdir. 
Shayx dedilar: -Bu ma’nida soʻz aytma! Men telbaman, telbaga esa aql oʻrgatmaydilar. 
...birlari dedilar: -Oʻrningizdan turing-da, tahorat ila poklaning va kishilarni toat-ibodat 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish