Oda miyli k mul ki ( I qis m) Tohir Malik 1 library ziyonet uz/ Odamiylik mulki (I- qism)



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/78
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#534613
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   78
Bog'liq
odamiylik mulki i- qism

Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
31 
library.ziyonet.uz/ 
Endi bu ishqi Ishqning haqiqiy sohibi Allohga qaratilgan edi. Ahvol shunday ediki, 
Hazrat Yusuf uni tunda yotoqqa da’vat etsalar, u visol onini kunduzga surar, kunduz 
da’vat etsa, fursatni tunga surar va shunday derdi: 
-Ey Yusuf, men sizni Allohni tanimasdan oldin sevgandim. Lekin uni tanigandan keyin 
aslida unga oid boʻlgan sevgidan boshqasiga oʻrin qolmadi. Allohdan boʻlgan bu 
sevgimga boshqani sherik qilmayman.» 
Ikkinchi rivoyat bundan bir oz farq qiladi. Qadimdan mashhur boʻlgan shayx San'on 
voqeasi ibrat jihatidan juda muhimdir. Oʻn birinchi - oʻn ikkinchi asrlarda yashagan 
shayx San'on (ibn Saqqo)ning otashin sevgisi haqidagi qissa dunyoga mashhurdir. Badiiy 
adabiyotda bu qissani birinchi boʻlib Farididdin Attor 1221 yilda «Mantiqut-tayr» 
asarlarida nazmda berganlar. Biz hazrat Alisher Navoiy ijod yoʻllarining yakuni 
hisoblanmish «Lisonut-tayr» dostonlarining bugungi tilga moslashtirilgan nasriy 
bayonidan foydalanamiz. 
Shayx San'on dargohga yetishganlardan boʻlib, koʻngillari gʻayb sirlaridan ogoh edi. 
Xaloyiqqa toʻgʻri yoʻl koʻrsatuvchilardan biri boʻlib, Ka’badagi barcha shayxlarning 
shayxi edilar. Biron bir gʻamgin kishi haqqiga duo qilmoqchi boʻlsalar, maloikalar qoʻl 
ochib, «omin» derdi. Yaqin kishilari va muridlarining soni toʻrt yuztaga yetar, ularning 
har biri shayxlarning ulugʻlaridan edi. Agar u zot bir duo qilsalar bormi, hatto ofat 
dudidan qorayib ketgan olam ham yorishib ketardi. Tushlarida biror narsa koʻrsalar bu 
voqea boshdan-oyoq oʻnglarida ham yuz berardi. Shunday boʻldiki, bir necha tun 
davomida bir tushni ketma-ket koʻraverdilar. Oqibat bu tush sabru qaror ipini uzdi. Har 
uygʻonganlarida oʻzlarining bu hollariga tavba qilardilar. Ul zotni bezovta qilgan tush 
bunday edi: emishki, Rum mamlakatida sayr qilib yurarmishlar. Eng dahshatlisi shuki, 
bir butxona ichida mast holda turarmishlar, mastlikdan oʻsha ibodatxona ahli kabi 
butparastlikka yuz tutgan emishlar. Sirlar xazinasi boʻlmish Shayx bu holdan gʻoyat 
tashvishga tushib, oʻzlariga dedilarki: 
-Bu balodan saqlanib boʻlmaydiganga oʻxshaydi. Oʻsha mamlakatni ham koʻrish kerak. 
Taqdir qayoqqa yetaklasa, oʻsha tomon borish lozim. Boshimizga nimaiki kelsa, «yo 
nasib» deb qismatdan koʻramiz. 
Shu tarzda oʻsha yurtga borishdan oʻzga chora topmadilar. Keta turib, Ka’baga yuzlarini 
qoʻydilar va yuz hayajon bilan vidolashmoq uchun uni tavof qildilar. Ming hasrat bilan 
haram tavofini qilib boʻlgach, Rum iqlimi sari yoʻl oldilar. Tariqat piriga toʻrt yuz yoʻl 
ahli hamroh boʻldilar. Yoʻlda borarkanlar halok qilgulik har xil savdolar Shayxning 
koʻngillariga gʻulgʻulalar solardi. Har dam oʻzga bir holatga tushar, bu ogʻir ahvoldan 
qutulish chorasini topa olmas edilar. Ul zotning bu hollariga doʻstlari hayron qolishar, 
ularningda aqlu hushlari boshlaridan uchardi. Pirlarining bu gʻarib ahvolidan voqif boʻla 
olmay, «Sizga nima boʻldi?» degan savollariga javob topa olishmagach, Shayxdan ham 
koʻproq iztirob chekardilar. 
Koʻzlangan manzilga yetishgach, bir butxonaga duch keldilar. Koʻp sirlarni oʻziga 
yashirgan butxonaning toqi osmon gumbaziga yetar, uning toshlari gʻam va mashaqqat 
togʻidan keltirilgan boʻlib, gʻishtlari dardu balo tuprogʻidan yasalgan edi. Bino 
bolaxonasining ayvonchasidan qarab turgan fitnalar kishilarni gʻoyat chorasiz holga 
solardilar-ki, ulardan qutulishning sira iloji yoʻq edi. Binoning turli balolar maskan tutgan 
har darchasi ishq nuridan yorishib turar, kunguralari esa iymonga raxna solardi. Har 
kunguraga terilgan toshlar ishq tigʻidan kesilgan boshlarga oʻxshardi. Bu toshlar din ahli 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish