Oda miyli k mul ki ( I qis m) Tohir Malik 1 library ziyonet uz/ Odamiylik mulki (I- qism)



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/78
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#534613
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   78
Bog'liq
odamiylik mulki i- qism

Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
27 
library.ziyonet.uz/ 
...Koʻzum ravshanligʻida boʻlgʻay, ey Bobur, base kamliq, 
Agar qoshi bila yuzin hilolu kunga oʻxshatsam. 
Mazkur satrlar alohida sharhga muhtoj emasdur. Endi Hazrati Navoiy baytlariga diqqat 
qilaylik: 
Zohid, senga huru menga jonona kerak, 
Jannat senga boʻlsun, menga mayxona kerak. 
Bu bayt sovetlar davrida shoirni xudosizlar safida koʻrsatish uchun xizmat qildirildi. 
Sovet davrining nodon olimlari bu baytni: «Ey bu dunyodan kechgan telba odam, senga 
jannat va undagi hur qizlar kerak boʻlsa, ola qol. Menga mayxona (ya’ni restoran) va 
undagi nozli qizlar kerak», deb tushuntirdilar. Oʻrislarda «Har bir odam oʻzining 
buzuqlik darajasida aqldan ozadi», degan maqol bor. Ehtimol ul aqli noqislar baytni 
chindan ham shu holda fahm etgandirlar. Ehtimol atayin buzib talqin qilgandilar - bunisi 
bizga qorongʻu. 
Mazkurda shoirlar sultoni demoqchilarkim: «Ey zohid, sening bu dunyodan, xususan ahli 
ayolingdan kechishingga sabab jannatdagi hurlar ekan, mayli oʻsha hur qizlar senga 
boʻlaqolsin. Mening esa jannatga kirishdan umidim u qizlar emas, balki Allohim 
chehrasini koʻrish. Sen jannat orzusida xayol qilib yuraver, menga ma’rifat hosil 
boʻladigan davra, ya’ni olimlar davrasi kerak.» (Kechayu kunduz koʻp nafl ibodatlarni 
bajaradiganlarni «obid» derlar. Tarki dunyo qilib ibodatga berilgan taqvodorni «zohid» 
derlar.) 
Toʻgʻri, jannatda yashamoqlik lazzati bor. Ammo chin oshiqlar uchun eng ulugʻ baxt - 
Yaratganni koʻrish. Chunki Allohning solih bandalariga jannatda koʻrinish va’dasi bor. 
Jannat yoʻliga Allohni tanigan holda kirish - shoirning maqsadi. Allohni tanish esa ilm 
orqali boʻladi. Hazrati shayx Samadoniy Boyazid Bistomiy (qoddasallohu sirrahul aziz) 
debdilarkim: «Orifning kamtar darajasi uldurkim, muhabbat oʻtida yonib tugangay. Bir 
karra ma’rifat halovati kishining koʻnglida Firdavsdagi ming koʻshkdan afzaldir.» Bu 
fikrda shayx hazratlari ma’rifatni jannatdagi eng oliy bogʻdan ustun qoʻyib, Firdavsni 
inkor etayotganlari yoʻq. Aslida bu oliy ne’matga faqat ma’rifat egalari yetishadilar. 
Demak, fikrda bu ne’matga erishish yoʻli koʻrsatilyaptikim, Navoiy hazratlari 
«mayxona» afzalligini bayon qilganlarida shu muddaoni koʻzda tutganlar. Xalq orasida, 
ayniqsa mayxoʻrlikni xushlovchilar orasida qadim adabiyotimizdagi «may», 
«mayxoʻrlik» soʻzlarini aynan tushunib, oʻzlari uchun fatvo oʻrnida qabul qiluvchilar 
ham bor. Ayniqsa Umar Hayyomni mayparastlarning piri oʻrnida koʻruvchilar mavjud. 
Avvalo Umar Hayyomniki deb kelingan ba’zi ruboiylar u zotning ijodlari mahsuli emas 
ekan, mutaxassislar u kishidan ancha keyin yozilgan ruboiylarni aniqlaganlar. 
Ikkinchidan, ul zotning asarlarida ramz mavjud. Koʻpchilik «May ich, oqilu dono bilan 
ich», satrini misol qilib keltiradi. Oddiy mantiq tarozusi bilan oʻlchasak, «oqilu dono» 
odam aroq ichmasa kerak, agar ichsa, ayniqsa nodon bilan ichsa u oqil va dono 
boʻlarmikin? Atoqli olimlarimizdan Aliybek Rustamiy deydilarkim: «Kamina birlamchi 
manbalarni mutoaola qilgunga qadar Umar Hayyomni mayparastlarning piri deb 
oʻylaganman. Abdurahmon Jomiyning «Ey bodaparastan dar-i mayxona kujast?» ya’ni 
«Ey mayparastlar, mayxonaning eshigi qaerda?» Navoiyning «Kofirmen agar qilmasam 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish