O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
IQTISODIYOT FAKULTETI RAQAMLI IQTISODIYOT YO`NALISHI 107-GURUH TALABASI
BAXTIYOROV ASRORNING
BIZNES HUQUQI FANIDAN
REFERAT
MAVZU: BIZNES SUBYEKTLARINIG BANKROTLIGI.
TEKSHIRDI: Kuchimov S
SAMARQAND-2021
Mavzu: Biznes subyektlarinig bankrotligi.
Reja:
1. Bankrotlik - raqobat kurashining obyektiv xodisasidir.
2. Biznes korxonalarining inqirozga uchrashi sabablari.
3. Biznes subyektlarini tugatish va qayta tashkil etish
4. Qisqa xulosalar
Bankrotlik - raqobat kurashining obyektiv xodisasidir.
Bankrotlik -bu xo‘jalik sudining qarori bilan kichik biznes subyektning iqtisodiy qashshokligi, uni qarz majburiyatlari bo‘yicha to‘lovga qobiliyatsizligini oshkora e’lon qilinishi. Bu bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat kurashi natijasida vujudga keladigan oddiy holat bo‘lib, unda nochor tadbirkorlik tizimi o‘zining xo‘jalik faoliyatini to‘xtatadi. Kreditorlarga qarzni qaytarish maqsadida bankrotlikga uchragan tadbirkor yoki korxona mulkini sotadi. Hozirgi kunda respublikamizdagi ko‘pgina tadbirkorlik tizimlariga bankrotlik og‘ir moliyaviy ahvoldan chiqishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga yordam ko‘rsatishga, avvalgi turg‘unlikni tiklashga va yana to‘lash qobiliyatiga ega bo‘lishiga yo‘l ochib bermoqda.
Bankrot -bu jismoniy yoki yuridik shaxs (xo‘jalik yurituvchi subyekt), xo‘jalik sudi qarori bilan iqtisodiy qobiliyatsiz korxonani qarzdor deb atalishidir. Ikkinchi variant amaliyotda tadbirkorlik tarkibini sog‘lomlashtirish (sanatsiya) usuli sifatida ishlatilishi mumkin. Sanatsiya (lotincha - davolash, sog‘lomlashtirish ma’nosini bildiradi)-bu-sanoat, savdova boshqa korxonalarini bankrotlikdan saqlab qolish uchun yirik banklar va davlat tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar tizimidir. “Iqtisodiy qashshoqlik va bankrotlik haqidagi” qonun bankrotlik jarayonini favqulotda voqea deb qaraydi. Korxonaning fuqaroviy huquqiy majburiyatlarini bajarmasligi, qarzlarini aktivlardan ortiqligi subyektni bankrot deb bilishga asos bo‘lolmaydi. To‘lay olmaslik qobiliyati uzoq muddatli bo‘lishi, ayrim sabablarga ko‘ra o‘zgaruvchan bo‘lishi ham mumkin.
Bankrotlik qarzdor va kreditorlar orasida qarzlarni to‘lash to‘g‘risida tinchlik yo‘li bilan kelishish imkoni ko‘zda tutadi. Tinchlik yo‘li bilan kelishuvning qarorini kreditorlarning umumiy majlisida qabul qilinadi va xo‘jalik sudi tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |