Ocr document


IV ВОВ. G`ARBIY YEVROPADA МARKAZLASHGAN DAVLATLARNING TASHKIL TOPISHI



Download 0,78 Mb.
bet26/50
Sana29.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#418413
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50
Bog'liq
7-JAHON KONS

IV ВОВ. G`ARBIY YEVROPADA МARKAZLASHGAN DAVLATLARNING TASHKIL TOPISHI
22-§. FRANSIYADA MARKAZlASHGAN DAVLATNING TASHKlL TOPISНI
Ijtimoiy munosabatlar. Feodal jamiyatida hukmron toifa vakillarining shaxsiy erkinliklari amalda cheksiz bo`lgan. Feodal tarqoqlik davrida Fransiyada qirol o`z xonadoniga tegisnli bo`lgan yer­ mulklar, ya`ni domenida ham to`la xo`jayin emasdi. Qirol hukmida hisoblangan gersog va graflar xalqni uning nomidan boshqarar, zarur paytda sud qilar va jazolar edi. Qirolning feodal tarqoqligi sharoitida na qo`shini va na ishonchli amaldorlari bo`lgan. Fransiyada mulklari yоnma-yon joylashgan feodallar o`rtasida uzluksiz urushlar bo`lib turardi. Agar mojaro bitta senorning vassallari orasida bo`lsa uni toifa sudi ko`rib chiqqan. Lekin sudning qarori feodal manfaatiga mos kelmasa uni bajarmaslikka harakat qilgan. Natijada ko`pchilik muammolarning yagona yechimi urush bo`lib qolgan. Feodal o`z raqibiga istagan vaqtda urush e`lоn qilisni mumkin edi. Urush harakatlari natijasi esa har qanday qonun yoki huquqdan ustun turardi. Qirol hokimiyati. Salibchilar Suriya cho`lida musulmonlar bilan jang qilayotganida Fransiya og`ir davrlarni boshdan kechirayotgan edi. Avvalgi G`arbiy Frank qirolligi bir-biridan mustaqil katta-kichik o`nlab knyazliklarga bo`linib ketadi. Вu knyazliklar merosga qoldiril­ganida yana bo`linar, sulolaviy nikohlar natijasida qo`ldan-qo`lga o`tardi. Fransiyaning janubi shu qadar mustaqil ediki, u yerda qirol haqida eshitishni ham istamaganlar. Shimolda Gugo Kapet avlodlari, Parij graflari hokimiyatini tilda tan olsalar-da, amalda ularga deyarli hech kim bo`ysunmagan. Qirolning shaxsiy yer-mulklari (domeni) shimolda Parijdan - janubda Orleanga qadar ensiz tasma shaklida joylashgan edi. Normandiya, Burgundiya, Bretan, Akvitaniya ger­soglarining har biri qirolga nisbatan ko`proq hudud va aholiga ega edilar. Qiroldan Anju, Tuluza, Вlua graflari ham kuch-qudrat bobida kam bo`lishmagan. Qirol domenida esa unga bo`ysunmagan feodallar mustahkam qal`alar qurib joylashib olgan edilar. Dоmеn (lotincha dominium - mulk) - qirol, gersog, graf va baronlarning qaram dehqonlar mehnati bilan ishlanadigan yer­ mulklari. Qirol Lyudovik VI (1108-1137) o`zining ishonchli yordamchisi, ilgari Sen-Deni monastiri abbati bo`lgan Sugeriy ko`magida o`z do­menida tartib o`rnatishga harakat boshlaydi. U Burj va Sans shahar­larini o`z domeniga qo`shib oladi. Qirol o`zboshimcha baronlar qal`alarini buzib ularni bo`ysundiradi. Lyudovik VI ning omadi yuri­shib 17 yoshli o`g`li bo`lajak qirol Lyudovik VII (1137-1180)ni Akvitaniya gersogining yagona merosxo`ri 15 yoshli Aleonoraga uylan­tirishga muvaffaq bo`ladi. Mamlakatni birlashtirish uсhun kurash. Fransiyada Х - ХI asrlardan qishloq xo`jaligining, hunar­mandchilik va savdoning o`sishi boshlanadi. ХII asrdan yangi o`z­lashtirilgan yerlarda dehqonlar qa­ramligi bekor qilinib, soliqlarning bir qismini рul bilan to`lanadigan bo`ladi. Natijada dehqonlar yetish­tirgan mahsulotlarning ma`lum qismini bozorga sotish uchun chiqara boshlaydi. Fransiyada fео­dallar XII-ХIII asrlardan o`z yer­larini dehqonlarga merosiy ijaraga bеra boshlaydilar. Вu tadbir dehqonni yerga munosabatini ijobiy tomonga o`zgartiradi. Viloyatlar orasida mehnat taqsimoti kuchaya borib, Normandiya - temir, tuz ishlab chiqarish, оt va qoramol yetishtirishga; Shampan va Burgundiya - vinochilik, zig`ir tolasi va jundan gaz­lamalar to`qishga ixtisoslashgan. Viloyatlar orasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish ehtiyojlari feodal tarqoqlikni tugatishni taqozo etardi. Shaharlar yuksalishi bilan yangi ijtimoiy tabaqa - shaharliklar soni ko`paya boradi. Shaharliklar tabaqasi esa feodallar o`zbo­shimchaligini cheklaydigan kuchli qirol hokimiyati tarafdori edi. Qirolni, shuningdek, mayda va o`rta feodallar qo`llagan. Ular kuchli qirol hokimiyati o`zlarini graflar, gersoglar tazyiqidan xalos etishiga umid bog`laganlar. Ushbu vaziyatda markazlashitirish jarayoniga faqat yirik diniy va dunyoviy feodallargina qarshi bo`ladi. D`E qal`asi Nonnandiyada joylashgan. Fransiyada qirol hokimiyatining kuchayishi Lyudovik VI ning o`z mulklaridagi vassallarini itoat ettirishidan boshlanadi. Filipp II (1180-1223) Angliya qiroli Ioann bilan inglizlarning Normandiyadagi mulklari uсhun kurash boshlaydi. "Ingliz tojining marvaridi" hisoblangan Normandiya 1202-1214-yillari tortib olinadi. Tez orada qirol mulklariga mamlakat janubidagi Tuluza grafligi ham qaytariladi. Natijada qirol Fransiyadagi eng kuchli feodalga aylanadi. Qirol mulklarining kengayishi umumdavlat boshqaruv tashkilotlari: Qirol kengashi, Oliy sud va Moliya boshqarmasining tuzilishi bilan yakunlandi. Lyudovik IX (1226-1270) qirol yerlaridagi feodal urushlari­ni taqiqlaydi. Qirol zarb ettirgan oltin va kumush tangalar Fransiya­ning barcha viloyatlarida o`tishi huquqi belgilanadi. Natijada, mamlakat­da gersog va graflar zarb etadigan 40 xil рul asta-sekin surib qo`yiladi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish