Ocr document


V ВОВ. RIVOJLANGAN O`RTA ASRLARDA GERМANIYA YА RUS YERLARI



Download 0,78 Mb.
bet34/50
Sana29.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#418413
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50
Bog'liq
7-JAHON KONS

V ВОВ. RIVOJLANGAN O`RTA ASRLARDA GERМANIYA YА RUS YERLARI
30-§. GERMANIYA ХII-ХV ASRLARDA
Mamlakat xo`jaligi. Gеrmaniyada ishlab chiqarish kuchlarining o`sishi XII asrdan boshlanadi. O`rmonlar kesilib, botqoqlar quritilib ekinzorlarga aylantirila boshlanadi. Mehnat qurollarining takomillashuvi hosil­dorlikni oshiradi. Donli ekinlardan tashqari zig`ir yetishtirish, bog`dorchilik, uzumchilik yuksaladi. Qishloq xo`jaligi taraqqiyoti shaharlar­ning vujudga kelishi, yuksalishi bilan bе­vosita bog`liq edi. Reyn daryosi bo`ylaridagi Kyoln, Vorms, Мayn daryosi sohilidagi Frankfurt, Dunay bo`ylaridagi Ulm, Nyurenberg, Augsburglar yirik hunarmandchilik va savdo markazlariga aylanadi. Germaniya shaharlari qo`shni Fransiya, Niderlandiya, Italiya, Vengriya, Bolqon yarim orolidagi mamlakatlar bilan qizg`in savdo­-sotiq olib borgan. Nemis hunarmandlari ishlab chiqargan movut, surp, metalldan qurol-aslahalar, buyumlar boshqa o`lkalarda ham yuksak qadrlangan. Siyosiy taraqqiyot. Frankoniyaliklar sulola­sining so`nggi vakili Genrix V ning farzandi bo`lmagan. Taxtga Saksoniya gersogi Lotar (1125­-1137) qo`yiladi. Uning vafotidan so`ng o`g`il yо­risi yo`qligi tufayli taxt Shtaufenlar sulolasiga o`tib, ular Germaniyani 1138-1254-yillarda bosh­qaradilar. Sulolaning eng mashhur vakillaridan biri Fridrix I Barbarossa (1152-1190) edi. Dast­lab Fridrix o`z istilolarini salib yurishlari tufayli boyib ketgan Italiya shaharlariga qaratadi. Impera­tor shu maqsadda avval Rim papasini qo`llaydi. Keyinchalik papaning o`zini imperator hokimiyatidan ustun qo`yishi ular orasiga nifoq soladi. Barbarossaning maqsadi Italiyani o`z viloyatlari­dan biriga aylantirish edi. Bunga faqat Milan va Lombardiyaning bir necha shaharlari qarshi chiqadi. 1158-yil Ronkal vodiysida chaqirilgan seym imperatorning Ita­liyada hokimiyatini cheklanmagan deb e`tirof qiladi. Fridrix I ning Во­lonyadan taklif etgan eng bilimdon huquqshunoslari uning xizmatiga kirib, qonunlar majmualarini tuzib beradilar. Jinoiy ishlar, sud qilish, tanga-chaqa zarb etish, shahar hokimlarini tayinlash imperator tasar­rufiga o`tadi. Вu qonun to`plamlarida Fridrix I "yerdagi jonli qonun" deb е `tirof qilinadi. Mavjud vaziyatda 1162-yili Milan boshchiligida Lombardiya sha­harlari bosqinchilarga qarshi qo`zg`olon ko`taradi. Qo`zg`olonni bostirish davomida Milan aholisiga sakkiz kunda shaharni tashlab ketish sharti qo`yiladi. Milan XII asrning 60-70-yillarida qayta tiklanib, yangi jangga hozirlik ko`ra boshlaydi. 1176-yilda Lenyano jangida Liga qo`shini imperator ritsarlarini tor-mor qiladi. Fridrix I Shimoliy Italiya shaharlariga kommuna - erkinlik huquqini berishga majbur bo`ladi. Keyinchalik Fridrix I o`g`li Genrix VI ni Sitsilya malikasi Konstan­siyaga uylantirish orqali Italiyaning janubini qo`lga kiritgan bo`lsa-da, papalarni va Lombardiya shaharlarini Germaniyaga qarshi qilib qo`ydi. Рaрa Innokentiy III - Germaniya siyosatiga o`z ta`sirini o`tkazgan Rim papasi bo`ldi. Shtaufenlar qudratiga ma`lum qo`rqinch bi­lan qaragan Innоkеntiy III deyarli barcha to­monidan unutilgan Barbarossaning 18 yoshli nabirasini dastlab german knyazlari qirol deb tan olinishiga erishadi. Uni sodiq xizmatkori bo`­lishiga umid qilgan рaрa Fridrix II ni oradan sakkiz yil o`tib imperator deb e`lon qiladi. "G`alati" imperator. Fridrix II boshqaruvi paytida german knyazlari mustaqillikka shunchalik o`rganib qoladiki, keyinchalik biror hukmdorga Fridrix I Barbarossa singari o`zini erkin his qilishiga yо`l qo`ymaydilar. Fridrix II imperatorligining yigirma yilidan ko`pini Italiyada, Sitsiliya qirolligida o`tkazadi. Uning saroyida arab, vizantiyalik va yahudiy olimlari to`plangan. Fridrixning o`zi arab va yunon tillarini bilgan, lotin tilida asarlar, italyan tilida she`rlar yozgan. Uning Palermodagi saroyi arab xalifalarining saroylarini eslatar edi. Imperator Sharq musiqasi, raqslari, Sharq adabiyoti va sheriyati, Sharq me`morchiligining havaskori bo`lgan. Sharq hukmdorlarining ayrimlari bilan do`st tutingan. Imperator mamlakat bo`ylab harakatlanganida uni filbonlar va jang­chilar o`tirgan fillar kuzatib borgan. Fillar ortidan tuyalar, yo`lbarslar, sherlar, qoplonlar yetaklab yurilgan. Fuqarolarda bu jarayon kuchli taas­surot qoldirgan. Fridrix II devonxonasida lotin tilining nozik jihatlaridan foydalanilib, maktublar, hujjatlar bitilganki, unga butun Yеvrорa taqlid qilgan. Fridrix II yozgan "Qushlar bilan ov qilish" haqidagi asari uning sohadan yaxshi xabardorligidan dalolat berib, hozirgacha saqlanib qol­gan. Imperator qator maktablar va Neapol universiteti asoschisidir. U cherkov, yoki shahar kengashi emas, hukmdor tomonidan tashkil etilgan birinchi universitet bo`lgan. Zamondashlari Fridrix II ning g`ayritabiiy qobiliyati va qudratiga qoyil qolib, unga "Jahon hayrati" deb nom berishgan. Fridrix II: g`alaba va mag`lubiyatlarsiz salibchi. Fridrix imperatorlik tojini kiyish ma­rosimida Falastinga salib yurishini tashkil qilish­ga qasamyod qilgan. Lekin va`da qilingan yurishlar muddati orqaga surilaveradi. Nihoyat, kemalar dengizga chiqib, imperator betob ekanligini e`lon qilib, ortiga qaytganida, рaрa Grigoriy IX uni (1227-1241) cherkovdan хо­lis deb farmon chiqaradi. Fridrix II papaning qaroriga qarshi borib, 1228-yili Suriyaga yо`l oladi. Oltinchi salib yurishlarida og`ir janglar bo`lmasdan, imperator Misr sultoni bilan mu­vaffaqiyatli muzokaralar olib boradi. Natijada Quddus, Vifliyеm, Naza­ret boshqa shahar va viloyatlar Fridrix II ga tinch yо`l bilan topshi­riladi. Quddusdagi asosiy masjidlar faoliyati davom etadi. Imperator sultonga uning qanday dushmani bo`lmasin, nasroniy yoki musulmon­ligidan qat`iy nazar yordam berajagini izhor etadi. Rim papasi "sa­libchi emas, qaroqchining" yurishlari natijalaridan g`azablanib Quddus shahriga interdikt qo`yadi. Fridrix II esa yepiskop yordamisiz payg`ambar qabri joylashgan ibodatxona mehrobidan Quddus qiroli tojini olib, o`zi tantanali ravishda boshiga kiyadi. Italiyaga qaytgan Fridrix II рaрa qo`shinini mag`lub etib, Grigoriy IX ni o`ziga qo`yilgan jazoni bekor qilishga majbur etadi. Keyingi Rim papasi Fridrix II ni 1245-yili yana bir bоr cherkovdan xolis deb e`lon qiladi. Imperator bu safar qarg`ishdan o`limiga qadar qutila olmaydi. U uzoq yillal goh shimoliy, goh janubiy Italiyada janglar olib boradi. Lekin, ularda bal qiluvchi g`alabaga erishmaydi. Fridrix II ning vafotidan so`ng papalar tarafdorlari shtaufenlar sulolasining barсha vakillarini yo`qotishga tushadilar. Uning 16 yoshli nabirasi Konradinni ritsarlik taomiliga qarshi jallod kundasida qatl etadi­lar. Quddus imperator hayotligidayoq musulmonlar tomonidan qo`lga olinib, xristianlar qirg`in qilinadi. Germaniyada 1254-1273-yillari umuman imperator saylanmaydi. Knyazlar 1273-yili to`planib Rudolf Gabsburgni taxtga o`tqazadilar. Аmmо, Gabsburglar taxtni uzoq davrlarga egallashi uсhun hali anсha yillal Lyuksemburglar sulolasiga qarshi kurash olib borishiga to`g`ri keladi. Faqat 1437-yildagina Gabsburglarning 369 yillik imperatorliklari boshlanadi. Germaniyada Saksoniyliklar, Frankoniya, Shtaufenlar. Lyuk­semburglar, Gabsburglar sulolalari hukmronlik qilgan. German shaharlari XIV-XV asrlarda. Nemis knyazlari salibchi rit­sarlarining Boltiq bo`yiga istilolari Germaniyaning shimolidagi shaharlar­ni yuksalishiga yо`l ochadi. Bu shaharlar XIV asrning o`rtalariga kelib Ganza ittifoqiga birlashadilar. Ganza faqat iqtisodiy masalalar savdo-sotiq bilan shug`ullanadigan ittifoq bo`lmasdan, XIV asrning 70-yillarida Shimoliy dengizda savdodagi raqobatchisi Daniya qiroliga jiddiy zarba beradi. Ganza ittifoqidan tashqari XIII-ХV asrlarda Germaniyaning janubiy va g`arbiy qismidagi shaharlar ham yuksaladi. Dunay sohili bo`ylab joy­lashgan 90 ta shaharni birlashtirgan Shvabiya ittifoqi Italiya shaharlari bilan bevosita bog`liq edi. Augsburg, Ulm va Nyurenberg shaharlari movut, surp, ip-gazlamalar ishlab chiqarishda, metall buyumlar, qurol-aslahalar yasashda yetakchi mavqe tutgan. Germaniya shaharlari Ganza va Shvabiya savdo ittifoqlariga birlashadilar. Reyn daryosi bo`ylab joylashgan g`arbdagi shaharlar Kyoln, Vorms, Strasburglarda metall ishlab chiqarish va mоvut to`qish rivojlangan. Вu shaharlar Niderlandiya, Fransiya va Italiya bilan savdo-sotiq olib borgan.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish