Ocr document


-§. ANGLIYA XIV-XV ASRLARDA



Download 0,78 Mb.
bet31/50
Sana29.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#418413
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   50
Bog'liq
7-JAHON KONS

27-§. ANGLIYA XIV-XV ASRLARDA
Angliya yuz yillik urushlar davrida. Yuz yillik urushlar Angliya iqtisodiyotiga ham katta zarar yetkazdi. Qirol Richard II (1377-1399) mamlakatda 1377-yili qo`shimcha jon solig`i joriy etadi. 1380-yili jon boshi solig`i 3 baravarga oshiriladi. Soliqni yig`ishdagi suiiste`molliklar, nohaqliklar Angliyada xalq qo`zg`oloniga sabab bo`ladi. Kambag`al ruhoniylar va rohiblardan xalq voizlari yetishib chiqadi. Xalq orasida katta obro`ga erishgan Jon Воll o`z va`zlarida “Odam Ato yer haydab, Моmо Havo charx yigirganda kim dvoryan bо`lgan”,-deb aytgan kinoyali so`zlari qishloqlarda tez-tez takrorlangan. Kenter­beri arxiyepiskopi buyrug`i bilan Jon Воll qamoqqa olinadi. Uot Tayler qo`zg`oloni. Qo`zg`olon 1381 -yilning may oyida soliq yig`uvchilar bedodligidan boshlanib, tez orada Angliyaning katta qismini qamrab oladi. Qo`zg`olonchilar tomonidan ozod etilgan Jon Воll uning rahbar­laridan biriga aylanadi. Esseks va Kеnt grafliklari dehqonlaridan iborat qo`zg`olonchilar tunukasoz Uot Tayler boshchiligida poytaxtga yо`l oladi. Londonliklar qo`zg`olonchilarga shahar darvozalarini ochib beri­shadi. Qirol a`yonlari, taniqli amaldorlar uylariga о`t qo`yiladi. Aybdor deb topilgan amaldorlar qatl etila boshlanadi. Birinchilardan bo`lib Kenterberi arxiyepiskopi o`ldiriladi. Yosh qirol Richard II qo`zg`olonchilar bilan muzokaralar boshlay­di. U o`zini xalqqa do`st qilib ko`rsatishga harakat qiladi. Вu orqali qirol qo`shinini Londonga yetib kelishi uchun vaqtdan yutiladi. Uchrashuvda qabul qilingan "Мayl End" dasturiga binoan: dehqon­larning qaramligini bekor qilish, erkin savdoga ruxsat berish, yer solig`ini kamaytirishga rozilik beriladi. Qirol bilan uchrashuvdan so`ng qo`zg`olonchilarning o`ziga to`q qismi uylariga tarqalishadi. Lekin qo`zg`olonchilarning kambag`al qismi bunga qoniqmay Londonda qoladi va qirol bilan yangi uchrashuv Smitfildda bo`ladi. Yangi ishlab chiqil­gan dasturda: feodallar tortib olgan yaylov va o`rmonlarni qaytarish, ibodatxona yerlarini musodara qilib dehqonlarga bo`lib berish, aholini teng huquqli bo`lishini ta`minlash kabi talablar bоr edi. Uchrashuv paytida qirol a`yonlaridan biri bilan janjallashib qolgan Uot Tayler to`qnashuvda yaralanib halok bo`ladi. Sarosimada qolgan dehqonlarga, ularning barcha talablari bajarilishi va`da qilinib, shaharni tark etishga ko`ndiradilar. Lekin qo`zg`olonchilar izidan yuborilgan qo`shin, ulardan ayovsiz o`ch oladi. Qo`zg`olon mag`lubiyatga uchrasa-da, uning ta`sirida Angliyada dehqonlarning mehnat majburiyatlaridan (barshina) voz kechiladi. Qaram dehqonlar ХV asr davomida to`lov evaziga ozodlikka erishadi. Soliqlar tartibga solinadi. Angliya XV asrda. Yuz yillik urush tugaganidan keyin Angliya tarixida "Qizil va oq gullar" (1455-1485) urushi nomini olgan urushlar bo`lib o`tadi. Unda aholining 1/4, nomdor feodal zodagonlar – baronlarning deyarlik barchasi qirilib bitadi. Urushlar paytida taxtda bo`lgan Yorklarga qarshi hal qiluvchi Bosvort yaqinidagi jangda (1485-yil) g`olib chiqqan Lankasterlar xonadoni qo`llagan Genrix Tyudor Angliya taxtiga keladi. Angliya toj-u taxti uchun kurashgan Lankasterlar bayrog`ida qizil, Yorklar bayrog`ida esa oq atirgul rasmi solingan. Genrix VII Tyudor (1485-1509) davrida qirol hokimiyati kuchayib boradi. Urushlarda qirilib bitgan normand zodagonlari o`rniga, qirol lordlar palatasiga kiritgan yangi angl-saks zodagonlari uning ishonchini qozonishga intilgan. Umumpalatasiga taklif qilingan ritsarlar va shaharliklar ham qirol kiritgan qonunlarni tasdiqlar, unga yangi soliqlar yig`ishga ruxsat berardi.
28-§. YEVROPA MADANIYATI XI-XV ASRLARDA. MAORIF YА FAN

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish