Ocr document


VII ВОВ. OSIYO, АМЕRIKА VА AFRIKA DАVLATLARI XI-XV ASRLARDA



Download 0,78 Mb.
bet39/50
Sana29.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#418413
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50
Bog'liq
7-JAHON KONS

VII ВОВ. OSIYO, АМЕRIKА VА AFRIKA DАVLATLARI XI-XV ASRLARDA
35-§. MO`G`ULLAR DAVLATI VА UNING BOSQINI
Ijtimoiy tuzum. Mo`g`ul qabilalari qadimdan Janubiy Sibir, Мan­juriya va Mo`g`uliston hududlarida yashab kelgan. Ularning ko`pchiligi ko`chmanchi chorvachilik bilan shug`ullangan. O`rmonda yashagan ayrim urug`lar ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirgan. Mo`g`ullarning ko`p sonli urug`-qabilalari XI-XII asrlarda ham urug`chilik tuzumi darajasida yashab, urug`-qabila boshliqlari o`tovi atrofida o`nlab, yuzlab oddiy jamoa a`zolarining ko`chma uylari joylashgan. Mo`g`ullarda qadimgi udumlar, xususan xun olish, diniy tasavvurlarida esa ajdodlar ruhiga sig`inish, shomonlik e`tiqodlari yaxshi saqlanib qolgan. Shomonlik - ibtidoiy diniy e`tiqod shakllaridan biri. Yovuz va ezgu ruhlarga, ularning inson hayotiga ta`sir ko`rsatishiga ishonish shomonlikning asosini tasnkil etadi. Lekin ХII asrning ikkinchi yarmidan mo`g`ullar ijtimoiy munosa­batlarida yangi xususiyat, mulkiy tabaqalanish kuchaya boshlaydi. Urug`chilik jamoalari alohida ko`chmanchi xo`jalik - ayllarga bo`linib, har bir ayl endilikda o`z xo`jaligi - mollarining egasiga aylanadi. Urug`-qabilalarda bоy xonadonlar, bo`lajak mo`g`ul zodagonlari:, bahodirlar, botirlar shakllana boradi. Aksari urug` boshliqlari no`yonlar o`z urug`doshlaridan navkarlar olib harbiy bo`linmalar tuzadilar. Мulkiy tabaqalanish sharoitida hayotning o`zi ularni harbiy qabila itlifoqlari tuzishga majbur etadi. Ularni xonlar boshqargan. Kuchli qabila itlifoqlari o`zlariga tobe etilgan qo`shnilardan boj-to`lovlar olib turganlar. Bu qabila ittifoqlari "harbiy demokratiya" bosqichidagi an`anaga binоan o`z yig`inlari, qurultoylarida eng muhim: urush, sulh, ittifoq tuzish, xonni saylash kabi masalalarni hal etardilar. Chingizxon davlati. Mo`g`ul qabilalari orasidagi o`zaro urushlarda, XIII asrning boshlarida Temuchin (1155-1227) g`olib chiqadi. 1206-yili Оnon daryosi bo`yidagi qurultoyda u ulug` хоn deb e`lon qilinadi. Bosh shomon butun xalq oldida Temuchinga Сhin­gizxon unvonini beradi. Chingizxon so`zi "kuchli", "qudratli", "toza" ma`nolarini bildiradi. Mamlakatni markazlashtirish maqsadida Сhin­gizxon Qoraqurum qal`asini o`z davlatining роy­taxtiga aylantiradi. Mo`g`ullar qo`shinini kuchaytirishga katta e`tibor qaratilgan. Tinch paytda chorvachilik bilan shug`ullangan mo`g`ullar urush boshlanishi bilan o`nlik tizimdan iborat,- muntazam qo`shinga aylanar edi. Qo`shin yuzboshi, mingboshi, tumanboshilar tomonidan boshqarilgan. Bahodir, botir, mеrgan, sechan, no`yonlar mo`g`ul harbiy zodagonlarini tashkil etgan. Talonchilik bosqinlari ko`ch­manchilar uchun asosiy mashg`ulotga aylana boradi. Mo`g`ullar tez orada Janubiy Sibirda yasnagan ko`pgina xalqlarni bo`ysundiradi. Ular qatotida buryatlar, yoqutlar, qirg`izlar va boshqalar bоr edi. Mo`g`ullar qo`shini. Ko`chmanchilar qo`shiniga qarshi urushga uzoq tayyorlanish zarurati ham bo`lmagan. Mo`g`ullar hayotining o`zi, har qanday vaqtda otni egarlab yo`lga tushishga mоs edi. Mo`g`ullar ko`chma uy-o`tovlarda yashagan. Нarbiy yurishga tayyorlanganda yoki ko`chish paytida o`tovni o`rnatish uchun nari bоrsa bir soat, yig`ib yuk tuyasiga ortish uchun undan ham kam vaqt ketardi. Нarbiy yurishda jangchilar oilalari qo`shinni kuzatib borishi ham mumkin edi. O`g`il bolalar yoshligidan gulxan tutunidan va janglar olovidan nafas olganlar, janglarni kuzatganlar, оt va qurol bilan muomala qilishni o`rganganlar. Oqibatda ular baquvvat va jasur jangchi­`ar bo`lib yetishganlar. Mo`g`ullarning sevimli quroli kamon edi, jangchi raqibini yuzlab metrdan nishonga ola bilgan. Jangchilarning ko`pchiligi nayza va qilich bilan qurollangan. Нar bir ko`chmanchining kundalik hayotida ham, jang paytida, albatta, arqoni bo`lishi lozim edi. Qo`shni mamlakatlarni istilo qilish jarayonida Chingizxon qo`shini devorni buzishda maxsus moslama - palaxmonlardan foydalanishni o`zlashtiradilar. Ko`chmanchilar qo`shini odatda uchta qismga bo`lingan: markaz va ikki qanot. Jang boshlanganda, markaz yolg`ondan chekingan. Dushman uni ta`qib eta boshlasa, qanotlardan hujumga uchrar, chekinayotganlar ham to`xtab, jangga kirishardi. Asosiy qo`shindan tashqari Chingizxon ixtiyorida "keshik" deb yuritilgan maxsus gvardiya ham tashkil etiladi. Keshik favqulodda holatlar uchun doimo jangovor holatda tutib turilar edi. Jangni mohirona boshqarish, kuchli va intizomli otliq qo`shinning bo`lishi, qo`shni mamlakatlardagi siyosiy tarqoqlik mo`g`ullarga g`alaba keltirgan. Mo`g`ullar udumlari. Mo`g`ullar xoni qarorgohiga kelgan elchilar qator kutilmagan sinovlardan o`tkazilgan. Хоn huzuriga kirish istagidagi barcha kishilarning o`zlarigina emas, ularning sovg`a-in`omlari ham turli duo, yovuzliklardan "tozalanishi" lozim edi. Bunga ma`lum udumga ko`ra shomonlarning qattiq nazoratida ikki katta gulxan orasidan o`tish orqali etishilgan. Mo`g`ullarda olov ularning o`zlarini va hukmdorlarni asrovchi omil­larni mujassamlashtirgan qudratli kuch hisoblangan. Elchilar ortidan turli sovg`alar ortilgan aravalar ham olib o`tilgan. Shomonlar aravadagi buyumlardan ayrimlarini olib olovga - ilohlarga qurbonlik sifatida tash­laganlar. Shundan so`ng yog`och va jundan yasalgan qator qilib qo`yilgan but va sanamlar orasidan o`tayotib, ularga ham ta`zim qilib hurmat bajo keltirish lozim edi. Istilolar. Chingizxon 1211-yildan Shimoliy Xitoyga qarshi urush boshlaydi. Mamlakatni batamom istilo qilinishi uning vorislari davrida tugatiladi. Yettisuv va Sharqiy Turkistonga qarshi 1218-yili boshlangan bosqin­lar, Xorazmshohlar davlatiga 1219-1221-yillarda yoyiladi. Afg`oniston, Sharqiy Eron egallanib, Kavkaz orqali 1223-yili Dashti Qipchoqqa chiqadi. Kalka daryosi bo`yida qipchoqlarning ittifoqchisi sifatida ularga yordamga kelgan ruslar qo`shini mag`lub etiladi. 1224-yilda Chingizxon zabt etilgan hududlarni o`z o`g`illari: Jo`ji, Chig`atoy, O`qtoy va Tuliga uluslarga bo`lib, taqsimlab beradi. О`qtoyni taхt vorisi etib tayinlaydi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish