6-AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu: Konni yaxlit (transportsiz) qazish olish tizimining
kompleks texnologik hisob-kitobi.
Ishning maqsadi: qazib olish tizimi asosiy parametrlarining hisob-kitoblari.
Ishni bajarish tartibi:
Olingan nazariy bilimlar va ularning qо‘llanilishi bо‘yicha amaliy tajriba asosida avvalgi vazifalar bajarilganda kavlash ishlarida mexanikaviy lopatalardan, qoplama ishlarida esa -draglaynlardan foydalanib gorizontal kо‘mir qatlami konlarining texnologik hisob-kitoblarini bajarish. Foydali qazilma yо‘qolishi va suvsizlanishining oldini olish uchun, 4 m zaboyoldi hoshiyasini va ekskavatorlarni qoplama pog‘onasida vaqtinchalik ag‘darmada 8 m (zarur hollarda – 6 m) xavfli о‘rnatish masofasini nazarda tutgan holda, kavlash pog‘onasi uyumlarisiz ishlash.
Hisob-kitoblar chog‘ida quyidagilarni aniqlash:
1.Qoplama ekskavatorining zaruriy parametrlari va turi, uning sutkalik unumdorligi.
2.T = 20 soat hisob-kitoblarda sutkalik unumdorlikni topish va kavlash ekskavatorining turini tanlash: ηv= 0,9; ηe = 0,8; V1 = 4,5m; γ = 1,2 t/m3.
3.Ag‘darmadagi draglayn parametrlari va tipi, uning о‘rnatilgan joyi, qoplama jinslarning karralik tushirib ortilishini ta’minlash uchun unumdorlik (zarurat tug‘ilganda).
4.Texnologik sxemi chizmasini bajarish. Hisob-kitoblar bajarilganda quyidagilarni qabul qilish: T = 20 soat: ηv= 0,9; ηe = 0,8; V1 = 4,5m; γ = 1,2 t/m3.
4-rasm. Qoplama karralik tushirib ortilganda hisob sxemalari: a) i b) – kavlash kamarini pog‘onaga uyib va uymasdan mexanikaviy lopatadan foydalanib; v) i g) – qoplama pog‘onasida va ostpog‘onada draglayndan foydalanib.
Ishlarni bajarish bо‘yicha tavsiyalar:
Kavlash, qoplama va ag‘darma komplekslariing texnologik hisob kitoblari ularning makon va vaqt bо‘yicha о‘zaro aloqasiga asoslanadi.
Qoplama jinslarining kо‘rib chiqilayotgan sxemasida Qs.d. kavlash kompleksining sutkalik unumdorligini quyidagi ifoda bо‘yicha aniqlash mumkin
bunda γ – foydali qazilmaning zichligi, t/m3 ;
QC.B – qoplama ekskavatorning zichligi, m3/sut
E – qoplama chо‘mich sig‘imi, m3;
n – bir daqiqadagi sikllar soni;
ηe- ekskavatsiya koeffitsiyenti;
ηB –ekskavatordan vaqtda foydalanish koeffitsiyenti:
T – ekskavatorning bir sutkadagi ish soati.
Birlamchi (vaqtinchalik) ag‘darma hajmlarini qayta ekskavatsiya qilishga jalb qilingan ekskavator – draglaynning zarur umumdorligi,
Mazkur draglayn chо‘michining taxminiy sig‘imi quyidagidan kam bо‘lmasligi kerak
strelasining uzunligi (Lg), qayta ekskavatsiya qilish shartlaridan kelib chiqqan holda (4,a-rasm).
α' = 20° - 25° - strelaning qiya burchagi, grad.;
B1 –tovon о‘qidan vaqtinchalik ag‘darma ustki hoshiyagacha bо‘lgan masofa, m, xavfsizlik tovoni eni va berma enining yarmiga teng bо‘lgan summa. B1 hisob-kitoblarda 3 - 5m teng qilib qabul qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |