2 rasm. Poyezdlarni yuklashga uzatish sxemasi
Yiriklashtirilgan hsob-kitoblarda bir nechta pog‘onalarda ishlaganda о‘rtacha ifodadan foydalaniladi
.
Tarkibning zaboy yо‘llarida bо‘lishi davomiyligi vaqtni yuklash va almashtirishga ketgan vaqtdan keltirib chiqariladi tn va tob:
Ekskavatorga uzatilayotgan poyezdlarning kerakli soni, ya’ni uzluksiz tobmin almashtirishni ta’minlovchi soni
.
Bir vaqtda ishlashda bitta ekskavatorga quyidagi taribda poyezdlar talab etiladi
,
bunda Tr – bir tarkib reysining tо‘liq davomiyligi, soat.
Agar oxigi formulada vagonlarni almashtirish uchun maksimal vaqt qabul qilinsa, unda ekskavator almashtirish punktiga yaqin turganda uning unumdorligi erishishi mumkin bо‘lgan unumdorlikdan kichik bо‘lgan davrda (aqtda) tarkiblar yetarli bо‘lmaydi. Agar eng kam vaqt (minimal) qabul qilinsa tobmin unda ekskavatorning zaboy yо‘llari boshlanishidan uzoqroq joylashgandagi qabul qilish qobiliyatiga nisbatan kо‘proq tarkib uzatiladi.
Bu farazlar har bitta zaboyga xizmat kо‘rsatganda ham vazifani hal etishning murakkabligini tushunish imkonini beradi, karyerda esa bir necha о‘nlab ekskavatorlar ishlab turadi.
Yiriklashtirilgan hisob-kitoblarda barcha parametrlarning о‘rtacha ifodasi olinadi va ishonchli bо‘lishi uchun 1,2-sonli poyezdlarning harakatlanishining bir maromda emasligi (bir tekisda emasligi) koeffitsiyenti kiritiladi.
Bitta ishchi pog‘onada ishlayotgan ekskavatorlarning taxminiy soni aniqlash muhimdir, ularni bо‘sh vagonlar bilan uzluksiz ta’minlash sharti bilan.
Gorizontda bitta almashtirish punkti mavjud bо‘lganda pog‘onada ikkitadan ortiq ekskavatorlarni ishga tushirish maqsadga muvofiq emas. Qayd etish joizki, avtomobil transportida bunday cheklanish yо‘q, va bitta pog‘onada beshta va undan ortiq ekskavatorar ishlashi mumkin.
Poyezdlarning harakatini tо‘g‘ri tashkil etish uchun jadval tuzish zarur. Jadvallarning uchta variantini tuzish mumkin
berk (tutashtirilgan) elektrovozlar butun bir smena davomida muayyan ekskavatorga biriktirilganda;
ochiq, tarkiblar har qanday ekskavatorlardan biriga jadval bо‘yicha yoki dispetcherning (yoki EHM) farmoyishi bо‘yicha uzatiladi;
kombinatsiyalangan, elektrovozlarning faqat bir qismi ekskavatorlarga biriktirilgan bо‘lganda, qolganlari esa dispetcherning farmoyishi yoki EHM bо‘yicha uzatiladi.
Ochiq jadval bо‘yicha harakatlanish kо‘proq samaradorliligi bilan ajralib turadi, vaxolanki u juda aniq boshqaruvni talab etsada.
Reja jadvallarining ikkita turi farqlanadi – juftli va paketli. Juftli jadvalda poyezdlarni yuklashga navbatma-navbat uzatish va yuklangan tarkibni ularni razminovkalash amalga oshiriladigan stansiyada qabul qilish olib boriladi. Paketli jadvalda bir yо‘nalishdagi poyezdlar bir birining orqasidan yuklash uchun paketlar tartibini hosil qilgan holda jо‘naydi, sо‘ngra esa xuddi о‘sha ketma-ketlikda stansiyada yuklangan tarkiblar qabul qilinadi.
Tarkiblarning harakatlanish jadvali yо‘llar, zaboylar, ag‘darmalar, fabrika bunkerlari va ruda omborlaridagi yuk tushirish maydonchalari joylashuvining aniq sxemalari uchun yuqorida keltirilgan formulalar bо‘yicha hisoblanadi.
11- rasmda misol sifatida uchta ochish ekskavatorlariga xizmat kо‘rsatadigan oltita poyezdning juftli harakatlanishi jadvali keltirilgan. Ochish jinslarini Porodnaya stansiyasi orqali ikkita boshi berk ag‘darma (tupiklar) lariga yekaziladi.
Yirik karyerlarda kо‘p sonli ekskavatorlar va poyezdlar ishlayotganda poyezdlarning harakatini EHM yordamida oqilona boshqarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |