Jarchi: - Аna, quyoshbobo, nuringizdan boychechak ham uyg’ondi.
Bola: - Boychechakning bolasi,
Qulogʼida donasi
Donasini olaylik,
Yugurib chiqsin onasi.
B ola: - Boychechak gul faslidir
Navroʼz faslin naslidir.
Boychechagim boychechak
Kutib olay xushchaqchaq.
Bolalar «Boychechak» qoʼshig’ini kuylaydi.
Tarbiyachi: - Salqin saharlarda bodom gulida,
Binafsha labida yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda qirlarda bahor.
Аziz bolajonlar va mehmonlar, davramizga goʼzal Bahoroy tashrif buyurdi. Qani, Bahoroyni qarsaklar bilan kutib olaylik.
(«Bahor valsi» musitsa sadolari ostida Bahoroy kirib keladi).
Bahoroy: - Salom, bolajonlar, men sizlarga topishmoqlar olib kelganman, ularsiz goʼzal Bahoroy boʼla olmayman.
Topasizlarmi?
Bolalar: - Topamiz.
Bahoroy: - Tosh-u qumlarni surib, togdan kelar yugurib. (Suv)
Bahorda oʼsib chiqdim, yam-yashil boʼlib chiqdim. (Maysa)
Oʼzi qizil goʼzal biram, qirga yozar goʼzal gilam. (Gullolalar)
Qoʼlsiz oyoqsiz eshik ochar. (Shamol)
U tushganda dala-qir kuladi qiqir-qiqir. (Yomgir)
Rahmat bolajonlar, judayam topagʼon ekansizlar. Men sizlarga gullarni olib kelganman. Ular sirli gapira olishadi.
(« Oʼzbekiston gulzor» musitsasiga gullar kirib kelib, saf tortib turadilar). Hamma gullar: - Keldi bahor, keldi bahor,
B iz bahorning elchisi.
Bizni bahor boshlab keldi,
Biz bahorning elchisi.
Chuchmoma: - Men oʼtloqning qiziman,
Onam bahor gullola.
Men bahor yulduziman,
Men chuchmoma, chuchmoma.
Boychechak: - Ochildimi boychechak,
Endi haryon gul demak,
C hunki bahor elchisi Men mittivoy
Do'stlaringiz bilan baham: |