Ochiq faoliyat ishlanmasi


NAVOIY SHAHAR MAKTABGACHA TA’LIM BO’LIMI TASARRUFIDAGI 23-SON DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI “QALDIRG’OCH” GURUHIDA TASHKIL ETILGAN



Download 27,65 Mb.
bet8/12
Sana10.04.2022
Hajmi27,65 Mb.
#541423
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
BAYRAM DASTURI

NAVOIY SHAHAR MAKTABGACHA TA’LIM BO’LIMI TASARRUFIDAGI 23-SON DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI “QALDIRG’OCH” GURUHIDA TASHKIL ETILGAN

XUSH KELDING NAVRO’ZI OLAM

BAYRAM DASTURI





S ahna bayramona bezatilgan, gullar, kaldirgochlar, daraxtlar, urtada «Аssalom Navroʼz» deb yozilgan yozma. Musiqa ostida bolalar zalga kirib oʼz joylarini egallaydilar.
Bolalar karnay, surnay, nogʼora, doira chalib bayramni ochib beradilar.
Soʼng sahnaga milliy musiqa ostida jarchi kirib keladi.
Jarchi: Ehe-he-he.................
Odamlaru, odamlar bogʼda bitgan bodomlar
Eshitmadim demanglar, eshitganlar jilmanglar.
Elimizga Navroʼzi olam keldi, hamma SАYLGА.......a
Boshlovchi: Ha, ha nima gap tinchlikmi oʼzi?
Jarchi: Elimizga Navroʼzi olam keldi, hali xabaringiz yoʼqmi?
Boshlovchi: Boʼlmasa oʼrtoklaringni hammasini chaqir, boychechak
topaylik. Boychechak koʼklamning ilk elchisi. Birgalikda boychechakni olib
xonadonlarga kirib olgan qishni haydaylik. Uni omonlik-somonlik deb koʼzlariga
surtish uchun momolarimiz va bobolarimizga yetkazaylik.
Boychechak chikibdi bugun Navruz ekan.
Hamma bir-biriga jigar Suz ekan.
Olam ham barobar kecha-kunduz ekan.
Boychechak chikibdi bugun Navruz ekan.
Аssalom yuzlari yorug Navruzim
Аssalom tong kabi otgan Navroʼzim.
Tayyorlov guruhi bolalari xonanda Ziyodaning “Bahor” qoʼshigʼiga valьs tushib kirib keladilar.
Boshlovchi: Bolalar, quloq tuting, tabiatning qoʼyniga
Bahor kelib yurtimda yashnamoqda dalalar
Tashqarida nimadir, qilmoqda shitir-shitir.
Yomgʼirey, yomgʼirey , qilgin bizni hursaney.
Bolalar«Yomgʼir» raqsini ijro etib beradilar.
B oshlovchi: Bolajonlar davramizga oʼz tarovatini va nurlarini yozib Quyoshmomo
kirib kelyaptilar kelinglar uni qarsaklar bilan kutib olamiz.

/Musiqa ostida kuyosh kirib keladi./


Quyosh: Salom aziz bolalarim gulu-rayhon lolalarim


Navroʼzingiz muborak, bayram shodlik muborak !
Men kuyoshman nurlarim bilan ilik, issik taftlarim bilan
Xar tong men ham shoshaman yayrab nurim sochaman.
Baxor keldi zaminga daraxtlaru gullarga,
Insonu-jonzotlarga ayniksa dexkonlarga.

(Kuyosh bobo boychechak yotgan joydan aylanib oʼtadi. Аsta-sekin issiq taftidan oq choyshab qor tagida yotgan boychechak koʼzgʼala boshlaydi.)


Jarchi: Аna, kuyosh bobo nuringizdan boychechak ham uygʼondi.

Bola: Boychechakning bolasi qulogʼida donasi


Donasini olaylik yugurib chiqsin onasi.

Bola: Boychechak gul faslidir Navroʼz faslin naslidir.


Boychechagim bochechak kutib olay hushchakchak.

Bolalar «BOYChEChАK» qoʼshigʼi fonnogrammasiga davra raqsi tushib beradilar.


Boshlovchi: Shodlikdan yayrasin dillarning bari,


Neki gʼam, tashvish bor chekinsin nari.
Sendek umri boqiy boʼlsin yosh-qari,
Xush kelding Navroʼzim dillarga hamdam
Bizning quvonchlardan quvonsin olam.

Bolalar «Bum-baka-bum» raqsini ijro etib beradilar.


Boshlovchi: Bor ekanda yoʼq ekan och ekanda toʼq ekan shu yaqin zamonlarda bir


a ka va singil boʼlgan ekan. Ular 12 oy bilan uchrashgan ekanlar. Voqea bunday
boʼlgan ekan. Endi davomini tamosha qilamiz.

Sahna koʼrinishi.


/Musiqa ostida bir bola singlisini yetaklab bayramga kirib keladi./

Bola : Qani , aytchi, dekabrdan keyin qaysi oy keladi?


Singlisi: Mart keladi.
Bola: Oʼylab gapirgin. Dekabrь keyin yanvarь keladi.
Singlisi: Yoʼq noyabrь keladi!
Bola: Ey…Senga oʼzi bogʼcha opang oʼrgatganmi oʼzi? Dekabrdan keyin yanvarь keladi.
Singlisi: Yoʼq, hammasi birdaniga keladi.

/Shu vaqt davraga musiqa ostida Oymomo kirib keladi./


Oymomo: Voy-boʼ! Bahsingiz aks sadosi osmonu falakni tutib
ketdiku.Bu nimasi? Bayram arafasida tortishuvlarga oʼrin yoʼq !
Bola: Qarang, oylar ketma-ket keladi desam, qaysar singlim ishonmayapti.
S ingil: Hammasi birdaniga keladi dedimmmi, hammasi keladi!
Oymomo: Gap buyoqda deng ! Boʼlmasa quloq soling. 12 oy yil davomida, belgillangan tartibda bir-birini quvalab keladilar. Ular sehrli tunda gʼaroyib gulxan atrofida uchrashib toʼplanishadi.
Bola: Oymomojon ! Bizni shu 12 oy oldiga boshlagin biz juda ham ularni koʼrgimiz kelyapti.
Oymomo: Bizga boʼlmasam hozir gullar yoʼlni topishda yordam beradilar.
Bolalar “Bogʼ ichida” raqsini ijro etib beradilar.
/Davraga musiqa ostida quyoncha kirib keladi./
Quyon: Yordam beringlar ,yordam beringlar! Oʼrmon sehrgari Oʼrmon hayvonchalari rosa toʼpolon qilganliklari uchun chidolmay ularni muzlatib qoʼydilar.
/Davraga muzlab qolgan oʼrmon hayvonchalar musiqa ostida kirib kelib qator turadilar./
Oymomo: Shoshma quyoncha , qani bir oʼzinga kelib olchi. Hozir biz
Navroʼzoy: Salom aziz bolalar, shoʼx shodon durdonalar.
Salom keltirdim sizga, tabiatim bagʼridan.

Bola: Bahor kelsa yashnar olam, yashnar dillar shoʼx koʼngillar,


Oʼzbekiston yurtim boʼylab, sayrar xushchaqchaq bulbullar.

Bola: Suvlar shildirab oqar, qoʼshigʼi dilga yoqar.


Bizga shodlik keltirding, salom senga Navroʼzoy!

Qizlar “ Gulpari “ raqsini ijro etib beradilar .


Navroʼzoy: Bolalar qaranglar davramizga Dehqon bobo tashrif buyuryaptilarku.

/Musiqa ostida Dehqonbobo Chigitpolvon va Bugʼdoyoylar bilan kirib keladi./


Boshlovchi: Аssalomu alaykum, Dehqonbobo!
Dehqonbobo: Vaalaykum assalom jajji nabiralarim. Bugundan boshlab yurtimizda mehnat pallasi. Joʼshqin hayot pallasi boshlandi. Oʼzim bilan birga Chigitpolvonni va Bugʼdoyoylarni olib kelganman.

Bugʼdoyoy: Men har doim azizman, liq-liq toʼla magʼizman.


Oltin kabi tovlanib, quyosh kabi sallolanib.
Bobodehqon bilan birga, shoshildik davrangizga.

Chigitpolvon: Oʼzim kichik chigitman, juda polvon yigitman.


Vatanim mening tuproq, kuch olar tanim har choq.

Dehqonbobo: Balli aziz bugʼdoyim, jajji yigitcham balli.


Siz mening iftixorim, shon-shuxrat va madorim.
Bayram ertaligi “Bahor-davra” qoʼshigʼi fonogrammasi ostida yakunlanadi.

Ommaviy raqs.






Download 27,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish