2. Odam psixikasinig paydo bo’lishi va taraqqiyoti.
Kishi psixikasining paydo bo’lishi va rivojlanishi eng murakkab muammolardan biri bo’lib, tabiat qonunlarining mohiyatini tushunib yetishga harakat qiladigan tadqiqotchilarni bu muammo hamma vaqt qiziqtirib kelgan. Materialistik yo’nalishdagi olimlar psixikasining paydo bo’lishini materiyasining uzoq davom etgan rivojlanishining natijasi deb izohlashadi. Ular materiyaning tabiatini tadqiq qilisjarkan, harakat materiyaning hayot kechirish usuli, uning tarkiban o’ziga xos ajralmas xususiyati ekanligi uchun ham materiya harakatining turli xil shakllarini o’rganadilar.
O’tgan ajdodlarimiz psixologiya muammolarini izchil va atroflicha, muayyan yo’nalishda, ma’lum konseptsiya asosida o’rgangan bo’lsalar ham, albatta, o’z asarlarida psixik xolatlarning aks etishi, namoyon bo’lishi, rivojlanishi va o’zgarishlari to’g’risida qimmatli fikrlar bildirishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |