MIKSOMITSETLAR YOKI SHILIMSHIQLAR BO`LIMI (MYXOPHYTA)
Reja:
1. Miksomitsetlar yoki shilimshiqlar bo`limi.
2. Tuzilishi va rivojlanish siklining o`ziga xos tomonlari.
3. Hayot kechirish usuli va oziqlanishi. Saprofit va parazit miksomitsitlar (karam kilosining rivojlanish sikli) asosiy vakillari.
Bu bo`lim tarkibiga 450 tur xlorofilsiz organizmlar kiradi, ularni tuzilishi va h ayot kechirishi o`ziga xos turli tuman. Ularni ichida tuproqda erkin yashaydigan vakillari bo`lib, chirigan, organik moddalar h isobidan oziqlanadi. Ayrim vakillari suvo`tlari, zamburug`lar va yuksak o`simliklarning tanasida yashab parazitlik kiladi.
Shilimshiqlarni vegetativ tanasi mikroskopik kichiklikda bo`lib, bir h ujayrali va bir yadroli yoki ko`p yadroli amyoboid shaklda bo`ladi. Ularni vegetativ tanasi p l a z m o d i y deb ataladi. Plazmodiy ayrim h ollarda bir necha o`n santimetr bo`ladi. Ayrim turlarida h aqiqiy plazmodiy h osil qilmasdan p s e v d o p o d i y - yolg`on oyoqlar chiqarib, amyobasimon h arakat qiladi.
Shilimshiqlarni ko`pchilik vakillarida tanasi vegetativ stadiyasi amyoboid h ujayradan iborat bo`lib, bunday h ujayra bo`linish yo`li bilan ko`payadi. Ba`zi turlarida plazmodiy mayda bo`laklarga bo`linib, ikki xivchinli zoosporalarga o`xshab h arakat qiladi.
Shilimshiqlarni ayrim vakillarini h ayoti siklida ba`zi xususiyatlari bo`ladi. Chunonchi, erkin yashovchi plazmodiy ma`lum bir vaqtda, sharoit noqulay bo`lib qolsa, meva tana h osil qiladi. Meva tana qattiq po`st bilan o`ralgan bo`lib, ichida sporalar bo`ladi. Parazitlik qilib yashaydigan vakillarida meva tana h osil bo`lmaydi, ammo, lekin, plazmodiy h ujayin o`simlik h ujayrasida bo`laklarga bo`linib spora h osil qiladi.
Sporalar yetilib qo`lay sharoitga tushgandan so`ng (agar namlik ko`p bo`lsa) po`st yoriladi va undan bir-biriga teng bo`lmagan sillik, ikki xivchinli zoospora yoki amyoba oddiy bo`linish yo`li bilan ko`payadi, keyin ular bir-biri bilan qo`shilib, diploid h ujayra h osil bo`ladi, bulardan plazmodiy rivojlanadi. Bularda jinsiy prosess bo`lmaydi.
Shilimshiqlilar tuzilishi va taraqqiy etish xususiyatlariga asoslanib qo`yidagi ajdodlarga bo`linadi:
1. Oddiy tanasimonlar - Profosteliomycetes,
2. H aqiqiy shilimshiqsimonlar - Myxogasteromycetes,
3. Plazmodiforsimonlar - Plasmodiophoromycetes,
4. H ujayrali shilimshiqsimonlar -Acrasiomycetes.
Oddiy tanasimonlar ajdodining vakillarida xivchinli stadiyalarni saqlanib qolganligi, ularni evolyusiya davomida erkin yashagan xivchinlilar (Flagellatae) guruh idan kelib chiqqanligidan dalolat beradi. Qadimgi xivchinlilarni orasida bo`yalmagan rangsiz formalarda plazmodiy bo`lgan, u shubh asiz, ularni quruqlikka chiqishini yengillashtirgan. Keyinchalik moslashib yashash natijasida spora h osil qiluvchi organ rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |