in ’ikos etish xususiyatiga, ya’ni
ta’sirotlarga javob qaytarish qobiliyatiga egadir. In’ikos materiyaning
mavjud b o iish tarziga muvofiq javob qaytarishga qodirligi bilan
namoyon boiadi.
Jonsiz tabiatda harakat jism va moddalaming mexanik, fizikaviy
yoki kimyoviy ta’siri tarzida yuz berishi
mumkin. Jonli materiyaga
o‘tishda harakat tarzi ham sifat jihatidan
o‘zgaradi. Jonli materiyaga
in’ikosning biologik shakllar xos
boiib, jonli materiyaning m aium bir
bosqichida esa in’ikosning yangi
shakli sifatidagi psixika paydo
boiadi.
Materiya harakatining biologik shakli - hayot, tabiat rivojlanishining
sifat jihatidan yangi bosqichdir. O iik materiyaga oiishni
izohlaydigan qator gipotezalar mavjud. Ulardan biri A.I.Oparinga
tegishli b o iib , unga ko‘ra organik moddalar atomlarturli shakllarda
i/olning, kislorodning, vodorodning, fosfor va oltingugurtning atomlin
i bilan bog‘langan modda - uglerod negizida hosil bo‘lgan birikimalaming
paydo bo‘lishi jonli materiya paydo bo‘lishining zarur sharti
liisoblanadi. A.I.Oparinning gipotezasiga ko‘ra, taxminan ikki milliard
v il ilgari atmosferada erkin kislorod ajralib chiqib, organik modda-
Iardan tayyorlangan allaqanday ≪sho‘rva≫ga o‘xshash bo‘lgan, orj-.
anik birikmalarning rivojlanishi jarayonida uglerodning juda ham
murakkab birikmalari - benihoya katta molekulalar paydo bo‘ldi.
Oqsilli molekula bilan muhit o‘rtasida modda almashinuvi avvalboshdanoq
faol jarayon edi. Bu beniyoya katta molekulalar konservantlar
degan nom bilan atala boshladi. Konservant tomchilari
ma’lum ma’noda to‘yimli moddalar uchun kurashda o‘zaro raqobat
qilishardi, degan taxminlar ham bor. Bu tomehilaming ancha
i|ulay kimyoviy tarkibiga yoki strukturaga ega bo‘lgan ba’zi birlari
boshqalariga nisbatan tezroq o‘sdi. Ular ertaroq kattalashib,
beqaror bo‘lib qolishar va ancha mayda zarrachalarga parchalanib
ketishardi. So‘ngra jarayon yana takrorlanardi: o‘sish, parchalanish
va hokazo.
In’ikosning o‘ziga xos qoldiq shakllari mavjud bo‘lgan bunday organik
strukturalar bir qancha geologik davomida faoliyat ko‘rsatgan
holda hozirgi zamon jonli sistemalari ajdodlarining paydo bo‘lishiga
olib kelganligini faraz qilish uchun asos bo‘lgan.
Har qanday jonli organizm barcha tashqi kuzatuvchilarga nisbatan
tanlangan holda (faol) munosabatda bo‘lgan va bu bilan jonli materiyaning
sifat jihatidan yangi xususiyatini - o‘z-o‘zini tartibga solish
xususiyatini namoyon qiladi.
Uzoq davr davom etgan evolyutsiya natij asida hozirgi organizmlarda
in’ikosning qo‘zg‘aluvchanligidan tortib to uning ancha yuksak
darajasidagi shakllari - psixik hayotning ifodaga qadar turli xildagi
shakllarini ko‘ramiz.
0 ‘ simlik va hayvonlarga mansub shakllar evolyutsiyasining barcha
bosqichlarida jamiki jonli organizmlar in’ikosning alohida biologik
shakli - ta’sirlanuvchanlikka ega bo‘ladi. Ta’sirlanuvchanlik tirik organizmning
biologik ahamiyatga ega bo‘lgan (biotik) ta’sirotlaming
ta’siriga javob berish qobiliyati demakdir.
Shunday qilib, sodda hayvonlarda tashqi muhitga yorug‘lik bilan
issiqlik qo‘shilib, muvaqqat bog‘lanishlar hosil qilinishiga nisbatan
ham faol mo‘ljal ola bilish tendensiyasi mavjudligi namoyon bo‘ladi.
In’ikos etish darajasi ko‘p hujayralilarga o‘xshab suvli muhitda
hayot kechiradigan kovakichlilar eng sodda ko‘p hujayralilar jumlasiga
kiradi. Lekin bu organizmlarning tuzilishi bir hujayralilirga
nisbitan anchagina murakkabdir. Murakkabligi bu hayvonlaming
ko‘p hujayrali ekanligida emas, balki ulardagi hujayralarning nisbatan
bir emasligidadir: masalan, tanasining tashqi qismida sanchiladigan
hujayralar joylashgan bo‘lsa, ichki qismi esa ovqat hazm
qiladigan hujayralar bilan qoplangan bo‘ladi. Ko‘p hujayralilaming
organizmida, shuningdek, organizmning biror-bir qismida ro‘y bergan
qo‘zg‘alishni o‘tkazuvchi funksiyasini bajaradigan alohida sezuvchan
protoplazmali hujayralar ham bo‘ladi. Alohida sezuvchan
(nerv) hujayralari o‘zaro birikib, hayvonning butun tanasiga yoyilgan
nerv shoxobchasini tashkil etadi.
Shunday qilib, ko‘p sonli nerv tugunchalarining paydo bo‘lishi
hali-beri yana ham nafisroq aks ettirishi va, demak, tevarak-atrofdagi
tashqi muhitga moslashish uchun sharoit tug‘dirishi mumkm bo‘lgan
o‘sha haqiqiy foydali murakkabligini ta’min eta olmaydi. Lekin hozirdanoq,
ancha murakkab aks ettirish imkoniyatlari paydo bo‘la boshladi
- ular asosiy gangliyda mujassamlashgan. Asosiy gangliyning
funksiyalari va bog‘lanishlariga ko‘ra bir xil bo‘lmagan nerv hujayralarining
birikuvidan tarkib topadi. U hay von tanasining istalgan
qismida yuz beradigan qo‘zg‘alishlarni jamlaydi, ularni tahlil qiladi,
boshqa hujayralarga o‘tkazadi, impulslami segmentlarning mushak
apparatiga yo‘naltiriladi. Sudraluvchi va kavlovchi hayvonlar sifatidagi
chuvalchanglarda asosiy gangliylar mavjud bo‘lganligi tufayli
tananing imkonini beradigan tukchalar, mo‘ylabchalar, ko‘z murtaklari
paydo boiadi. Gangliy funksiyali nerv sistemasiga ega bo‘lgan
hayvolaming aks ettirish imkoniyatlari shartsiz reflekslar bilangina
cheklanmaydi. Hayot kechirish jarayonida ularda tug‘ma reaksiyalariga
nisbatan yangi, ancha harakatchan reaksiya shakllari - shartli reflekslar
paydo bo‘ladi.
Shunday qilib, gangliy funksiyali nerv sistemasining o‘ziyoq,
rheklanmagan miqdordagi ta’sirlari javob qilishning yetarli darajada
nuirakkab vositasidan iboratdir. Yetakchi gangliy bilan idora qiluvchi
ganglioz nerv sistemasiga ega boigan hayvonning xatti-harakatlari
diffuziyali, turli nerv sistemasiga ega boigan hayvonlaming xattiharakatlaridan
jiddiy farq qiladi.
Instiktiv harakatlar muayyan shart-sharoitlarga qat’iy bogiiq
hoiadi. Instiktning amal qilish mexanizmi shundan iboratki, tashqi
shart-sharoitlar reflektor munosabat bildirishga undaydi, eng oxirida
esa navbatdagi munosabat bildirish uchun qo‘zg‘aydi va hokazo. Shu
larzda reflekslaming butun bir zanjirini harakatga keltiradi va bu bilan
nasliy y o i bilan mustahkamlangan programmani amalga oshiradi.
Instinktiv harakatlar standart shart-sharoitlar o‘zgarishi bilanoq
o'zining maqsadga muvofiqligini yo‘qotadi. Shunday qilib, xattiharakatlaming
instinktiv shakllari faqat doimiy sharoitlardagina
maqsadga muvofiqdir.
Shuni qayd qilish kerakki, ba’zi bir instinktlar mazkur tuming
barcha shakllariga xos b o isa ham, lekin ulaming namoyon boiishi
ayrimlarida biroz boshqacharoq tarzda kechadi.
Instinktning bu tarzdagi nisbiy har xilligi hayot kechirish sharoitlari
keskin o‘zgargan taqdirda ham saqlanib qolishini ta’minlaydi.
Yosh hayvonlarda instinktiv harakatlami qo‘zatayotib, bu xarakterlar
yosh hayvonlarda qarilarga nisbatan ancha beso‘naqay yuz beradi. Jozotning
individual hayot kechirishi jarayonida orttirilgan va tug‘ma
xatti-harakat programmasining puxta bajarilishini ta’minlaydigan
tajriba instinktlarining rivojlanishiga yordam beradi.
Shunday qilib, instinktiv harakatlar turli xildagi ko‘p sonli
qo‘zgatuvchilaming aks etishini ta’min eta olmaydi va shunga
ko‘ra umurtqalilaming aks ettirish imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi.
Umurtqalilardan naychali nerv sistemasi (orqa va bosh miya bilan
qo‘shilib) rivojlangan boiib, shu tufayli ularda tashqi muhitni asliga
ancha o‘xshaydigan tarzda aks ettirishning potensial imkoniyatlari
oshadi. Ganglioz nerv sistemasiga ega boigan hayvonlarga nisbatan
umurtqali hayvonlarda retseptorlar yanada takomillashib, tobora
ko‘proq maxsuslashib boradi. Evolyutsiya natijasida erishiladigan
ana shu ichki imkoniyatlar atigi birgina instinktiv harakatlami keltirib
chiqarish uchun foydalanilmaydi, albatta.
Hayvon evolyutsiya taraqqiyotining yuqori bosqichigako‘tarilgan
sari, hosil bo‘ladigan shartli bog‘lanishlari ham shuncha murakkabroq
va yana ham nafisroq bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib, shartli bog‘lanishlar ham holatlar o‘zgarganda hayvon
xatti-harakatining yangi belgilarini mustaqil hosil qilishga asoslangan
nafis individual xatti-harakatning yanada murakkabroq shakllarini
chiniqtirishdir. Nafis individual harakat uchun muhitning ayrim
xususiyatlarigina (harorat, rang, hid) emas, balki butun bir konkret
vaziyatlar tahlil va sintez qilinishi shart.
Birinchi holatda xatti-harakat instinktiv progammaga asosan
bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi holda xatti-harakat bevosita vaziyatni tahlil
qilish natijasida ro‘y beradi.
Xatti-harakatning ikkinchi tipi ayniqsa sut emizuvchilarda yaqqolroq
namoyon bo‘ladi. Bunday hayvonlar endi butun bir vaziyatlarni
idrok etib, tahlil qila boshlaydi, o‘z xatti-harakatlarini to‘g‘irlab,
o‘zgarayotgan shart-sharoitlarga moslasha boshlaydi. Yuksak taraqqiy
etgan hayvonlarda xatti-harakatning instinktiv shakllari bilan bir
qatorda o‘zgaruvchan individual shakllari - malakalar va intellektual
xatti-harakatlar ham mavjud bo‘ladi. Malakalar deganda hayvonlarning
shartli bog‘lanishiga asosan bajaradigan va avtomatik tarzda takrorlanadigan
xatti-harakat tushuniladi. Malakalar xuddi instinktlarga
o‘xshab rivojlanishning nisbatan quyi bosqichlarida ham bo‘ladi, lekin
aniq ifoda etilgan malakalar faqat bosh miya qobig‘i bo‘lgan hayvonlardagina
namoyon bo‘ladi.
Hayvonlarning malakalari tarkibiga kiradigan harakatlanuvchi
elementlar turning o‘ziga xos tajribasini takrorlaydigan tug‘ma harakatlardan
iborat bo‘lishi ham, tasodifiy harakat namunalaridan iborat
bo‘lishi ham, shuningdek tasodifiy harakat namunalarining takrorlanishi
jarayonida ko‘nikma hosil bo‘lgan harakatlardan iborat bo‘lishi
ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |