3.Psixika - bu yuksak darajada tashkil topgan materiyaning
hususiyati, sub’ekt tomonidan obyektiv borliqni faol aks ettirish, xuddi shu
asnoda o`z xulqini va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o`tmishning,
hozirgi davr va kelasi zamonniig hodisalari ifodalangan, tartibga solingandir.
bo`ladi. Hozirgi zamon aqliy jarayonlar, hissiy kechinmalar, obrazlar va
tasavvurlar majmuasida ifodalanadi. Kelajak esa turtkilarda, maqsad, ezgu
niyatlarda, shuningdsk, fantaziya, vijdon azobi, armon va tushlarda aks etadi.
Inson psixikasi ham anglanilmagan, ham anglanilgan xususiyatga ega bo`lib,
anglanilmagan psixika o`z navbatida hayvon psixikasidan sifat jihatidan tafovutga
va ustuvorlikka ega.
Psixikaning faolligi reallik bilan bevosita muloqotga kirishish jarayonida
namoyon bo`ladi. Psixika biologik evolyutsiyaning ma’lum bir bosqichida
vujudga kelgan bo`lib, uning o`zi omillarining biri sifatida organmzmni ularning
yashash sharoitiga tobora kuchayib boruvchi moslashuvni ta’minlab turadi.
Faoliyat regulyatsiyasining yuksak darajasi sifatida ong vujudga keladi, psixika
faolligining yuksak ko`rinishi manbai tariqasida esa shaxs shakllanadi.
Bizningcha, metodologik nuqtai nazardan psixika taxlil qilinganda, albatta
biosferik va neosferik aloqalar natijalari, ularning ta’sirchanlik kuchi, vaziyat,
muhit hamda holatlar fazoviy joylashuvi, yuzasidan fikr bildirish bugungi kunda
muhim ahamiyatga ega. Chunki inson aql-zakovatining quvvati yetmaydigan,
payqash imkoniyatiga ega bo`lmagan borliqning mo`’jizalari, sirlari mavjuddir,
uni hisobga olmasdan ilojimiz yo`q.
Organizmda dastlabki aks ettirishning vujudga kelishi tirik tananing ichki va
tashqi stimullarining javob reaktsiyasiga tanlab munosabatda bo`lish manbaidan
kelib chiquvchi sezkanuvchanlikdan boshlanadi. Bu psixikaga bo`lgan aks
ettirishning sodda ko`rinishi bo`lib, u organik dunyoni rivojlanish jarayonida
sezuvchanlik qobiliyatiga ega bo`lgani tufayli sezgi vazifasini bajaruvchi
birlamchi psixologik obrazlar paydo bo`la boshlaydi, ular organizm harakati
ehtiyojini, fazoviy chamalash maqsadini amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
Xuddi ana shu davrdan boshlab muhitga, ekologiyaga to`g`ri moslashish va
harakatni idora qilish funktsiyalari yuzaga keladi. Aks ettirishning sodda shakllari
murakkabroq shakllarining rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar sifatida xizmat qiladi. Organik dunyoning keyingi evolyutsion taraqqiyot davrida
voqelikning ham sensor, ham aqliy obrazlarni qamrab oluvchi sodda sababiy
aloqalar va vaqtni idrok qilish yuzaga keladi, buning natijasida xatti-harakatni
to`g`ri ifodalash imkoni va faollik xususiyati tug`iladi.
Bevosita harakat qiluvchi qo`zg`atuvchi organizmning to`g`ridan to`g`ri
reaktsiyasiga javobi oldindan, ilgarilab aks ettirishni keltirib chiqaradi. Inson
faoliyatining ijtimoiy shartlanganligi tufayli in’ikos faolligi oshibgina qolmay,
balki u sifat jihatidan mutlaqo boshqa xususiyat kasb eta boshlaydi. Aks
ettirishning /lovchanlik va maqsadga yo`nalganlik xususiyatlari hamkorlik
faoliyati jarayonida mehnat quroli orqali tabiatni o`zgartirish ehtiyoji darajasi
ko`rsatkichi aniqlanadi. Mazkur jarayonlarda psixik aks ettirish nafaqat hissiy
obrazlarni, balki mantiqiy tafakkur, madaniyat mahsulini o`zida ifodalovchi
ijodiy fantaziya,o`z navbatida til tarkibiga kiruvchi belgilar, alomatlar tizimining
mohiyatiga qorishib, yaratuvchi sifatida aks ettirishning tubdan, o`zgarishga olib
keladi. Bunday toifadagi in’ikosning oqibatida ideal obrazning paydo bo`lishiga
puxta,zamin hozirlaydi, imkoniyatlarning ro`yobga chiqishi uchun barcha shart-
sharoitlar yaratadi. Aks ettirishning to`g`riligi, adekvatligi o`zini kelib chiqish
manbaga ko`ra, mazkur manbaning moddiy tavsifi bilan miyada nerv
impulьslarini qayta ishlash o`rtasidagi qiyosiy jarayonni mujassamlashtiradi va
sub’ektning psixologik jihatidan namoyon bo`lishi, rivojlanishi, o`zgarishi,
takomillashishi kabi holatlarni ham bevosita, ham bilvosita usullar yordam» bilan
turlicha shaklda, tarzida, ko`rnishida ifodalaydi.
Psixologiya fanida aks ettirishning quyidagi ko`rinishlari tan olinadi: fizik,
fiziologik, psixik, ong, o`zini anglash.
Inson o`zining kimligini anglashga intilishdan, o`z ruhiy dunyosini va o`zgalar
ruhiyatini bilish istagi paydo bo`lishdan, tabiat va jamiyat hodisalarini
tushunishga ehtiyoj sezishdan, o`tmish, hozirgi zamon, kelajak haqida mulohaza
yuritishdan e’tiboran psixologiya fan sifatida rivojlana boshladi. Psixologik
bilimlar juda uzoq o`tmish tarixga ega bo`lsa-da, lekin u fan sifatida falsafadan
XIX asrga kelib ajralib chiqdi. Psixologiyani alohida fan sifatida ajralib chiqishga
o`sha davrda kishilik jamiyatida yuz berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy
o`zgarishlar sabab bo`ldi, chunki bular ijtimoiy zaruriyatning taqozosi edi. XIX
asrning oxiri va XX asrning boshlariga kelib psixologiya fani to`g`risidagi ilmiy
tushunchalarda keskin o`zgarishlar yuzaga keldi va ularning ta’siri natijasida
psixologiyaning tadqiqot ob’ekti sifatida insonga muhitning ta’siri, uiing xulq-
atvorini o`rgatish muammolari tanlab olindi. Shu davrda psixologiya fanining
rivojlanishiga ijobiy hissa qo`shgan psixologiya maktablari vujudga keldi,
jumladan Amerika psixologiyasining asosiy yo`nalishlaridan bo`lgan bixeviorizm,
Germaniya geshtalьt psixologiya maktabi, Venada Z.Freydning psixoanalizi va
boshqalar. Shu maktablarning hammasi o`zining nuqtai nazariga asoslanib,
psixologiya fanining tarkibiy qismlarini o`rganishga harakat qildi. Psixologik
kontseptsiyalarning rang-barangligi sababli va fan-texnikaning rivojlanishi ta’siri
bilan psixologiya o`zining tadqiqot ob’ektlariga ega bo`lgan ko`plab sohalarga
ajrala boshlandi. Hozirgi davrda psixologiyaning nazariy va amaliy yutuqlari
atrof-muhit hamda jamiyatning juda keng qirralari tatbiq qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |