Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик



Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/80
Sana10.02.2023
Hajmi1,7 Mb.
#909789
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80
Bog'liq
F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik

Yangiliklarni 
tanlash

Efirga 
faqat 
axborot-psixologik 
urushning 
tashabbuskorlariga foydali bo’lgan yangiliklargina qo’yiladi. Masalan, AQSh va 
G’arbiy Evropa (ba’zida Yaponiya) gullab-yashnamoqda, boshqa mamlakatlarda ochlik, 
korruptsiya, adolatsizlik va h.k. nuqsonlar avj olayapti qabilida. Amalda esa dunyoda 
(masalan, O’zbekiston madaniy hayotida) ko’plab diqqatga sazovor voqealar bo’lib 
o’tayotir, lekin bular axborot-psixologik urushi tashkilotchilarini qiziqtirmaydi va 
ularning syujetlariga kiritilmaydi. 
Yangiliklarga urg’u berish. 
Voqea haqidagi xabar beriladi, lekin keragidan boshqa 
joyga urg’ulanadi. Masalan, mamlakatimiz hayotidagi muhim voqealardan biri - 
o’zbekistonliklarning paxta tayyorlash yillik rejasini bajarganliklari haqidagi 
ko’rsatuvda dalalarda fermerlar o’z xotin-qizlari va bolalari mehnatidan 
foydalanilayotgani qo’shib qo’yilgan hol bir necha bor takrorlandi. 
Yangiliklar blokini shakllantirish. 
Tomoshabin yangiliklar dasturini birdek diqqat 
bilan ko’rmasligi ma’lum – oldin uzatiladigan yangiliklar yaxshi eslab qolinadi. Bunday 
holda syujetni qurishda axborot hujumi qaratilgan ob’ekt ko’rimsiz ahvolda tasvirlangan 
lavhalar oldingi o’rinlarga chiqariladi. Birinchi navbatdagi xabarlar suv toshqinlari, 
zilzilalar, avtobil halokatlari, mushtlashuvlar, g’alayonlar va h.k. shunga o’xshash 
voqealar haqida bo’lishi – keng yoyilgan tajriba. 
Faktlarni talqin qilish.
Ma’lumki, bitta faktni har xil tushuntirish mumkin. 
Masalan, narx-navoning ko’tarilishi – bozor munosabatlariga o’tishning muqarrar 
natijasi yoki bu – inflyatsiyaning ishonchli ko’rsatkichi, deyilsa bo’ladi. Bu erda 
hammasi izoh beruvchining nuqtai nazari va maqsadiga bog’liq. Tanlangan nuqtai 
nazarni asoslash uchun dalillar saralashga kelganda, bu endi oddiy texnik ish 
hisoblanadi. 
Ixtiyorida 
jahonga 
mashhur 
axborot 
tarqatuvchilar 
bo’lgani 
holda 
axboriy-psixologik urushni olib borish oson, albatta. Bugungi kunda “Assoshieyted 
Press”, “Yunayted Press Interneshnl” (AQSh), “Reyter” (Buyuk Britaniya), “Frans 
Press” (Frantsiya), ITAR- TASS (Rossiya ), “Sinxua” (Xitoy) va boshqalari dunyoda 
qudratli agentliklar hisoblanadi. Dunyo maqomidagi telekompaniyalar jumlasida 
Si-en-en (AQSh), Bi-bi-si (Buyuk Britaniya), “Evronyus”, “Al-Jazira” (Qatar) 
xizmatlarini ajratib ko’rsatish lozim. Jahonda eng mashhur gazeta va jurnallar 
jumlasida: “Interneshnl Xerald Tribyun”, “Nyu-York Tayms”, “Vashington Post”,
“Uoll Strit jornel” (AQSh), “Tayms”, “Ekonomist” (Buyuk Britaniya), “Figaro”, “Le 
Mond” (Frantsiya), “Argumento’ i fakto’” (Rossiya) va boshqalar bor. Qo’shimcha 
qilish lozimki, ularning barchasi Internetda o’z saytlariga ega bo’lib, u erda asosiy 
nashrlari bilan yonma-yon veb-sahifalarini ham joylashtirishadi. 
Bob yakunida yana ikkita tushuncha haqida gapirib o’tish lozim. Bu o’rinda 
Vatanimiz doirasidagi mediaterrorizm va jahon axborot makonini monopoliya qilishga 
qarshi kurash nazarda tutilmoqda. Kimki axborot-psixologik urushini faqat tashqi 
raqibga qarshi olib borish mumkin deb o’ylasa, xato qiladi. Ukrainalik tadqiqotchi 
Viktor Tsiganov Ukraina va Rossiya ommaviy axborot vositalarining o’z xalqlariga 
qarshi uyushtirgan etarlicha muvaffaqiyatli terrorchilikka yaqin harakatlari haqida 
ko’plab misollarni keltiradi. Bu ikkala mamlakat televideniesi o’z fuqarolariga qarshi 


62 
turli terrorristik amallarni muvaffaqiyatli ko’paytirib, shu bilan aholi ongiga qo’rquv va 
sarosima solmoqda, degan fikr uning “Mediaterrorizm” kitobi bo’ylab o’tadi. 
Tsiganov quyidagi faktni keltiradi: “Rossiyadagi terrorizm psixoprofilaktikasi 
kengashi (uning tarkibiga etakchi psixologlar, psixiatorlar, psixoterapevtlar kirgan) 
a’zolarining mamlakat Prezidentiga yozgan xatida: “Faqat o’z joniga qasd qiluvchi 
kishilar jamiyatigina “praym-taym”da efir vaqtining 80% ni zo’ravonlikni va 
surbetlarcha shafqatsizlikni namoyish qilishga ajratishga qodirdir. Qiyoslash uchun: 
AQShda bu hissa 15% ni tashkil qiladi”
1
, deyiladi. 
O’zbekistonga kelganda aytish joizki, milliy ommaviy axborot vositalarimiz, ayrim 
xorijiy davlatlar kabi, keng ommaga salbiy axborot etkazishda u qadar keskin harakat 
qilmaydi. Albatta, ommaviy madaniyat ruhi va shaklidagi chiqishlar ko’p bo’lmoqda, 
masalan, katta adadli nashrlarda (“Darakchi”, “Hordiq”, “Bekajon” va boshq.), lekin 
bunday chiqishlar o’z xalqiga qarshi axborot hurujlari darajasiga bormagan.
Xalqaro axborot maydonini monopoliyadan chiqarishga kelganda, bu erda masala 
u qadar jo’n emas. Globallashtirish etakchilari so’zda mamlakatlar o’rtasidagi tenglik 
haqida gapirib, amalda esa o’zlari egallab olgan hududlarining bir qadamini ham boy 
berishmaydi. Yuqorida nomlari sanab o’tilgan va boshqa jahon ommaviy axborot 
manbalari er yuzidagi axborot bo’shlig’ini nazorat qilishda davom etib kelayotirlar. 
Internet xususida shuni aytish lozimki, AQSh o’z yurtiga tegishli domen ismlar va 
raqamlarni taqsimlash xususiy korporatsiyasi - IKANN orqali uning ustidan o’z 
hukmronligini o’rnatganini yashirib ham o’tirmaydi.
Jahon axborot makonini monopoliyadan chiqarishga doir harakatlar quyidagicha 
bo’lishi mumkin: 

muqobil 
nuqtai 
nazarlarni 
ifodalovchi 
ommaviy 
teleradiokompaniyalar hamda veb-saytlarni ( “Evronyus” , TV-5,
“Al-Jazira” singari) tashkil etish va ular faoliyatini ildamlatish

yangi xalqaro teleradiokanallar va Internet-saytlarni tashkil etish 
hamda amal qilyotganlarining obro’sini ko’tarish; 

Internetning vatanimizga tegishli bo’limini ijobiy materiallar bilan 
faol to’ldirish; 

axborot bosqinchiligidan himoyalanishning samarali shakli sifatida 
milliy madaniyat, an’ana va urf-odatlarni barcha choralar bilan 
rivojlantirish; 

axborot urushi ig’vogarliklariga uchmaslik, O’zbekistonda huquqiy 
demokratik davlat qurish borasidagi bunyodkorlik ishlarini 
sobitqadamlik bilan davom ettirish.

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish