Tarixnavislik
§. Buxoro amirligida madaniy hayot
Ashtarxoniylar hukmronligi davridan
boshlab ijtimoiy-madaniy hayot rivoji-
ning qudratli to‘sig‘iga aylangan diniy mutaassiblik mang‘itlar
hukmronhgi davrida yanada kuchaydi. Bu omil, birinclii navbatda,
aniq tabiiy fanlaming rivojlanishiga imkon bermadi. Chunki,
diniy mutaassiblik namoyandalari bu fanlar sohasida amalga
oshirilishi mumkin bo‘lgan har qanday kashfiyotni Xudoning
irodasiga shak keltirish deb hisoblardilar. Shuning uchun ham
uch o‘zbek xonligida, jumladan, Buxoro amirligida aniq tabiiy
fanlar rivojlanmadi. Shu tufayli, bu davrda asosiy asarlar tarix,
adabiyot, san’at va me’morchilik sohasida yaratilganligi bejiz
emas edi. Buxoroning XIX asr birinchi yarmida ijod etgan
tarixchi olimi Muhammad Ya 'quh ibn Doniyolbiy Buxoriy (1771 —
1831) edi. U „Gulshan ul-muluk“ (Podshohlar gulshani) degan
asar yozib qoldirgan. Bu asar ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi
qismi Buxoroning qadimgi tarixi, uning hukmdorlari shajarasi
bayoniga bag‘ishlangan. Asaming ikkinchi qismida esa Markaziy
Osiyoning XVIII va XIX asr boshlaridagi tarixi bayon etilgan.
XIX asrda yozilgan Mirzo Shams Buxoriyning „Bayoni ba’zi
havodisoti Buxoro, Ho‘qand va Qoshg‘ar“ („Buxoro, Qo‘qon
va Qashqarning ayrim voqea-hodisalari bayoni“) kitobi, shu-
ningdek, Mir Olim Buxoriyning „Fathnomayi sultoniy“,
Muhammad Hakimxonning „Yilnomalar to‘plami“ asarlari
tariximiz, uchun muhim manbalar hisoblanadi.
Bu davr adabiyotida o‘z davrining
mashhur shoir va yozuvchilari ijod
Adabiyot
70
qilganlar. Ulardan biri o‘ziga xos iste’dod egasi Muhammadniyoz Nishotiy edi (XVIII asrda yashab ijod etgan). U o‘rtacha, vaqti kelganda esa kambag‘allik va sargardonhkda yashagan. Shoir 1778- yilda o‘zining ajoyib „Husn-u Dil“ dostonini yaratgan. 0‘zbek adabiyotining katta yutug‘i sanalgan bu asami shoir majoziy shaklda yozgan. Doston qahramonlari — Aql, Husn, Yurak, Xayol, Vafo, Nazar, Ishq va boshqalaming har biri g‘oyat go‘zal insoniy fazilatlarga ega. Raqib, Fasod, Nafs obrazlari esa yomon sifatlar hamda turli yovuzliklaming timsoli edi.
Shu tariqa Nishotiy dostonida odamlar va davlatlar orasidagi nizolar, baxillik va boshqa axloqiy qusurlar qoralanadi. Yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi qarashlarda xayrh intihshlar, aql va ohyjanob niyatlar ustun keladi.
Bundan tashqari, Nishotiyning adabiy ijodidagi yana bir o‘ziga xoslik — bu uning adabiyotda munozara janri taraqqiyotiga katta hissa qo‘shganhgidir. Bu o‘rinda uning „Qushlar munozarasi“ majmuasi katta ahamiyatga ega. Asarda o‘sha davrdagi ijtimoiy tuzumga xos illat, jaholat, mansabparastlik majoziy shaklda tanqid qilingan, mehnat ahlining kamtarligi ulugMangan. Asarda laylak, zog‘, bulbul, tovus, to‘ti, humo kabi jami 14 ta qush o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahs tasvirlangan. Bu davming yana bir mashhur shoiri Mujrim-Obid edi (1748—1818). Shoiming asarlarida jamiyat- dagi nomukammallik, ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, odamlar fe’lidagi illatlar tanqid ostiga olinadi.
Buxoroda Shavqiy, Joniy, Hiromiy, Vola va Junaydulloh Hoziq kabi o‘nlab iste’dodli shoirlar ham ijod qilganlar.
Volaning (1770—1842) ko‘zi tug‘ma ojiz bo‘lsa-da, tabiat
unga kuchli iroda, aql, xotira va qobiliyat hamda yoqimli ovoz
in’om etgan edi. Shoir o‘z she’rlaridan 2 ta devon tartib bergan.
Bizgacha 3 ming misra she’rlari yetib kelgan. 0‘z she’rlarida xalq
boshiga tushgan kulfat va mashaqqatlami kuylagan.
_ , , Buxoroda xattotlik va miniatura san’ati
Do'stlaringiz bilan baham: |