BaLxash
koli
Qorako7
Turkis,ony
V #//\
Ckimkmf_
\ (Skimfcentt (VoHH
kIshkfm y* \anwnxiin I
Qo'ns'irot« Kn'hna Urganch
VrganchK A- \XIVAa /lazorasp
Bta
qasiiqak
O'ratcpa
JaraMon 0 /1
/ttB(l\<>KO —
: ^mVxhkiv
(torako 7
Chorjo'y
'd'uvr
Astrnhod
(Jazvin
Sahztivor
Kohul
HIROT
XVII-XVIII asrlarda Markaziy Osiyo xonliklari
(S-
| V
• S >
’ W r’
|
|
) 'V i
|
i
|
/ ‘
|
a
rt *
|
YORKHNT
T/F&rZ. A>
^ /—'ffayznhud) _
Andxud Balx ’
Daryochayi-,\emek k.
< R >IJSFAHON
Dajfi-Tundi kl,.
SHARTLI BELGILAR
asr boshida Imomqulixon ~ /amonida davlatlar chegaralari
asr oxirida Shohmurod davrida davlatlar chcgaralari
XVIII asrda kichik mustaqil
mulklar bekliklarining taxminiy chegaralari
MASSHTAB 1:7 000 000
os
qog‘oz, egar-jabduqlar, qurollaming ayrim turlari, meva va boshqa mahsulotlar ortilgan savdo karvonlari qatnab turardi. Ba’zi savdo karvonlarining tuyalari bir necha yuz boshga yetardi.
Mamlakatning Samarqand va Buxoro kabi shaharlariga ko‘plab chet ellik savdogarlar kelib turishardi. Buxoroda hatto hind savdogarlari va sudxo‘rlari yashaydigan alohida mahallalar ham bor edi. Ular hind gazlamalari, bo‘yoqlari, shifobaxsh va ziravor o‘tlar, dori-darmonlar, qand-shakar bilan savdo qilardilar.
Buxoro aholisini chorva mollari va chorvachilik mahsulotlari, tuyalar hamda hunarmandchilik buyumlari bilan ta’minlovchi qozoq cho‘llarining aholisi bilan keng savdo olib borilardi. Ular xom teri, shuningdek, qo‘y terisini turli ranglarga bo‘yab tikkan kamzullari bilan ham mashhur edilar. Bular Buxoro bozorlarining eng xaridorgir mahsulotlari edi. Qozoqlar bilan savdo aloqalarida qoraqalpoqlar vositachilik qilar edilar. Turkmanlar Buxoro bozorlariga zotdor otlar olib kelib sotardilar.
Buxoro amirligining Rossiya bilan savdo aloqalari o‘sib bordi. Orenburgda 1804-yili Buxoro amirligi savdogarlarining qarorgohi qurilib, unda 20 xonadon istiqomat qilgan. Ular Rossiya bilan Buxoro amirligi o‘rtasidagi savdoda muhim o‘rin tutganlar. 1825- yilga kelib savdogarlar qarorgohi kengayib, xonadonlar soni 30 taga yetdi. Buxorodan yo‘lga chiqqan karvon 2 oyda Orskka yetib borardi. Ba’zida savdo karvoni 5 mingtagacha tuyadan iborat bo‘lardi.
Shu tariqa Buxoro davlati iqtisodiyoti Rossiya bilan savdo qilishga mo‘ljallangan o‘ziga xos yo‘nalishga ega bo‘la borgan. Buni quyidagi fakt ham isbotlaydi. Masalan, 1844-yilda Buxoro xonligining Markaziy Osiyo — Rossiya tashqi savdosidagi ulushi 25 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1864-yilga kelib bu ko‘rsatkich 42 foizga ko‘tarilgan.
Yakunlarni chiqaramiz
• Buxoro amirligi yuqori mehnat unumdorligini ta’minlovchi mashinalashgan ishlab chiqarishga o‘tolmadi.
Buxoro davlatida ichki va tashqi savdo nochor ahvolda boMganligi sabablari ni malardan iborat edi?
Jahon bozori bilan uzviy bog‘liqlik davlatlar hayotida qanday ahamiyatga ega?
Rossiyaning Markaziy Osiyo bilan savdo aloqalarini yaxshilashdan ko‘zlangan maqsadlari nimalardan iborat edi?
66
§. Buxoro amirligi XIX asrning birinchi yarmida
Buxoro amir Haydar hukmronligi davrida
Amir Shohmurod vafot etgach, taxtga
uning o‘g‘li Haydar o‘tirdi (1800 —
1826). Ayrim viloyatlar hukmdorlari
uning tajribasizligidan foydalanib, markaziy hokimiyatga bo‘y-
sunmaslikka uringanlar. Biroq, amir Haydar katta qiyinchiklar
bilan bo‘lsa-da, ulardan aksariyatining qarshiligini sindira olgan va
markaziy hokimiyatga bo‘ysundirgan. Aksariyat viloyatlar
mustaqilligining tugatilishi davlat yerlari zaxirasini ko‘paytirgan.
Bu esa davlat yerlarini ijaraga olib ishlovchilar sonining oshishiga
olib kelgan. Bu omil amirlik iqtisodiyotining tez sur’atlar bilan
o‘sishiga xizmat qilgan.
Amir Haydar hukmronligi davrida mamlakat ichki va tashqi savdosi ham o‘sdi.
Amir Haydar o‘z davrining eng bilimdon hukmdorlaridan biri bo‘lgan. Qur’oni Karimni yoddan bilgan. Amir huzurida tez- tez diniy va ilmiy mulohazalar o‘tkazilib turilgan. Buxoro madrasalariga chet davlatlardan o‘qishga keluvchilar soni ortib borgan. Ular uchun qulay sharoit yaratish choralari ko‘rilgan. Amir Haydaming o‘zi ham madrasa talabalariga ma’ruzalar o‘qigan.
Ayni paytda, amir Haydar qanchalik hurmat qilinmasin, amirlikda to‘la osoyishtalikni ta’minlay olmagan. Bunga jamiyat hayotidagi adolatsizliklar ham sabab bo‘lgan.
Viloyatlardagi xalq noroziligidan ayrim viloyatlar hokimlari va yirik zodagonlar markaziy hokimiyatdan mustaqil bo‘lish maqsadi yo‘lida foydalanib qohshga uringanlar.
Amir Haydarning ukasi Dinnosirbek hokimlik qilayotgan Marv viloyati aholisi 1804- yilda qo‘zg‘olon ko‘targan. Amir Haydarga qarshi bo‘lgan kuchlar esa undan foydalanib, Dinnosirbekni amirlik taxtiga o‘tqazmoqchi bo‘lganlar. Biroq, markaziy hukumat bunga qarshi keskin choralar ko‘rishga majbur bo‘lgan.
Amir Haydar ukasi Dinnosirbek boshliq qo‘zg‘olonchilarga qarshi Niyozbek parvonachi boshchiligida qo‘shin yuborgan. Niyozbek parvonachi buyrug‘i bilan Marv vohasini suv bilan ta’minlab turgan Sultonbandi to‘g‘onini buzdirib tashlagan. Suvsiz qolgan marvliklar jang qilmay, o‘zlari yashab turgan joylardan boshqa yurtlarga ketishga majbur bo‘lgan. Dinnosirbek esa Erondan boshpana topgan.
67
Do'stlaringiz bilan baham: |