§. Amirlik shaharlari hayoti va savdo-sotiq ishlari
Shaharlar hamisha mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va
madaniy hayotida g‘oyatda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Chunki
shaharlar davlat hokimiyati tayanchi, savdo va hunarmandchilik
markazi, madaniyat hamda ilm-fan o‘chog‘i vazifasini o‘tagan.
„Dunyoning husni“ deb ulug‘langan
Samarqand amirlikning eng yirik
shaharlaridan biri edi. Samarqand shahrida kulolchilik, cho‘yan
quyish (degrezlik), teri oshlash, qog‘oz, kiyim-kechak, qurol-
yarog‘ ishlab chiqaruvchilar, baxmalboflar, kimxobgarlar,
chitgarlar, bo‘yoqchilar, po‘stindo‘zlar, mo‘ynado‘zlar
mahallalari va rastalari bo‘lgan.
62
Samarqand
Samarqandda yetti madrasa faoliyat ko‘rsatgan. Bular Ulug‘- bek, Sherdor, Tillakori, Safed (Xoja Ahror), Shayboniyxon, Xoja Abdulg‘afur, Qozi Soqiy madrasalari edi.
Ashtarxoniylar davrida kuchayib ketgan siyosiy kurashlar, chet elliklar hujumi natijasida shahar talangan, vayronaga ay- langan.
Buxoro amiri Shohmurod davrida Samarqand deyarli qayta tiklangan.
XIX asr boshlarida Samarqand shahri baland devor bilan o‘rab olingan. Uning Buxoro, Paykabod, Shohizinda, Qalan- darxona, So‘zangaron, Xoja Ahror nomlari bilan ataluvchi 6 ta darvozasi bo‘lgan. Shaharda ko‘plab bog‘lar, ariq-zovurlar va hovuzlar, 2 ta karvonsaroy va 3 ta hammom bo‘lgan. Ko‘chalar shahaming 6 ta darvozasini Registon maydoni bilan bog‘lagan. Shahar aholisi soni 25 — 30 ming kishini tashkil etgan. Shaharda hunarmandchilikning shoyi to‘qish, qog‘oz ishlab chiqarish, kulolchilik, temirchilik, nowoylik, qandolatchilik va kashtachilik sohalari juda rivojlangan. 2007- yilda Samarqand shahrining 2750 yilligi nishonlandi.
Buxoro
Amirlik poytaxti Buxoro shahrida XIX
asming 40-yillarida 38 ta karvonsaroy
bo‘lib, ularda musofir va mahalliy savdogarlar istiqomat qilgan-
lar. Karvonsaroyda ombor, do‘kon, ustaxona, mehmonxonalar
bo‘lgan. Karvonsaroylaming amirga, ayrim shaxslarga va vaqfga
tegishlilari bo‘lgan. Buxoro karvonsaroylariga har yili 12—15
ming tuyada mol kelgan. Savdo ishini karvonboshi — amirlik-
dagi barcha savdo ishlarining boshqamvchisi boshqargan.
Buxoroda ichki va shaharlararo savdo to‘qqizta tim va chorsuda
amalga oshirilgan.
Buxoro shahrida 103 ta madrasa, 360 masjid va 83 ta hovuz
mavjud bo‘lgan. 1997- yilda shon-u shavkati yetti olamni tutgan
Buxoro shahrining 2500 yilligi nishonlandi.
Hunarmandchilik amirlik shaharlari-
ning iqtisodiy hayotida muhim aha-
miyatga ega edi. Hunarmandchilikning asosiy turlaridan biri
to‘qimachilik bo‘lgan. Buxoro olachasi, bo‘zi, bo‘zga gul bosish
yo‘li bilan tayyorlanadigan chiti, shoyisi, Samarqandning to‘q
qizil rangli baxmali mashhur edi. Yigirilgan ipdan ro‘mol, choy-
shab, salla to‘qish ham keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |