Tasviny san at ..... „ . yaxshr nvojlangan edi. Rassomlar, aso-
san, qo‘lyozmalarni naqshli bezash bilan shug‘ullanib, ko‘proq
diniy mazmundagi kitoblami bezata boshladilar. Bu sohaning
qator yetuk bilimdonlari zamonasiga yarasha yodgorlik qoldirdilar.
Chunonchi, Amir Haydar davrida ijod qilgan Mir Ma’sum Olamiyon „Axloqi Muhsiniy“ kitobini hamda Sa’diyning she’riy
asarlarini rasm bilan bezaydi.
Mirzo Sodiq Jondoriy Nasrulloxon amirligi davrida qo‘l-
Xonlikda siyosiy parokandalik kuchayib borganligining sabablari va uning oqibatlarini bilib olasiz.
§. Xiva xonligining tashkil topishi
Xonlikning tashkil Shayboniyxon bosqini arafasida Xorazm
topishi temuriy Sulton Husayn Boyqaro
hukmdor bo‘lgan Xuroson davlati ta- sarmfida edi. Xorazmga qo‘ng‘irot qabilasidan chiqqan Chin So‘fi hokim etib tayinlangan va u rasman Husayn Boyqaro noibi hisoblanardi.
1505-yili Shayboniyxon, 1510-yilda esa Eron hukmdori shoh Ismoil Xorazmni bosib oldilar. Biroq shoh Ismoilning hukmronligi uzoqqa bormadi. Xorazmliklar safaviylar hukmronligiga qarshi kurash boshlaganlar. Bu kurashda ular dashti qipchoqlik siyosiy kuchlar madadiga suyanganlar. Ayni paytda Xorazmning mo‘tabar zotlari mamlakat taxtiga Shaybon avlodlaridan Berka Sultonning o‘g‘li, dashti qipchoqlik Elbarsxonni o‘tqazishga qaror qildilar. U bu davrda Dashti Qipchoqda edi. Berka Sultonning xonadoni Shayboniyxon xonadoni bilan garchand bir shajaradan bo‘lsa- da, ular o‘zaro dushmanlik munosabatida edilar. 1480-yilda o‘zaro toj-u taxt uchun kurashda Muhammad Shayboniyxon tomonidan o‘z bobokaloni Shaybonxon avlodiga mansub Berka Sultonning o‘ldirilganligi buning sabablaridan biri edi.
Xorazmning erksevar xalqi Elbarsxon yetakchiligida Eron qo‘shiniga qarshi ozodlik kurashi boshladi va 1512-yilda Eron qo‘shinlarini mamlakatdan butunlay quvib chiqarishga muvaffaq bo‘ldi.