O ’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi



Download 2,46 Mb.
bet7/18
Sana06.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#639736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
7- Modul maruza.2022

Nazorat savollari:

  1. O’qituvchi baholash deganda nimani tushunasiz?

  2. Baholash o’zi nima?

  3. Ta’lim muassasalarining Ota-onalar bilan o’zaro munosabatiga nima deya olasiz?

  4. Ota-onalar tomonidan sinf o’qituvchilarining bolasiga va o’zlariga bo’lgan obyektiv munosabati haqida nima deya olasiz?





AMALIY MASHG’ULOT MATERIALLAR


2-MAVZU: MATEMATIKA DARSLARIDA O’QUVCHILARNING KOMPETENSIYALARINI BAHOLASH VA NATIJALARNI TAHLIL QILISH USULLARI (2 SOAT AMALIY).
REJA:

  1. O’quvchilar bilimlari va kompetensiyalarini baholashning turli strategiyalari

  2. Rasmiy va norasmiy, diagnostik va umumiy yondashuvga asoslangan baholash usullari

Tayanch iboralar: Baholash, kompetensiyalarni bahoalsh, rasmiy baholash, njrasmiy baholash, diagnostik bahoalsh.
Bugungi kunda Harakatlar strategiyasi asosida ijtimoiy sohani rivojlantirish bilan bog’liq yo’nalishiga daxldor bo’lgan ta’lim sohasini rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo’yicha qator maqsadli dasturlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risidagi” qarorining qabul qilinishi ta’lim tizimida o’qitishga nisbatan tubdan yangicha yondashishni taqozo etmoqda. Ya’ni umumta’lim fanlarini o’qitishda zamonaviy metodologiyani qo’llash, ta’lim jarayoniga kompetentlik nuqtayi nazaridan yondashish orqali ta’lim oluvchilarning layoqatlilik darajasini oshirish maqsad qilib olingan. Qabul qilingan mazkur DTSning e’tiborli tarafi shundaki, o’quvchilarda o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarni amaliyotda qo’llay olish, tayanch va fanga oid kompetensiyalarga ega bo’lish jihatlarini shakllantirish va rivojlantirish alohida inobatga olingan.
Kommunikativ,
Axborotlar bilan ishlash,
O’zini o’zi rivojlantirish,
Ijtimoiy faol fuqarolik,
Milliy va umummadaniy,
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kabi tayanch kompetensiyalarning o’quvchilarda shakllantirilishi bitiruvchilarning aqlan va ruhan barkamol topishiga, kelajak hayotda dadil va mustahkam qadam tashlashiga zamin hozirlaydi. Shu davrgacha o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini baholashga e’tibor qaratilgan bo’lsa, endilikda o’quvchilarning nafaqat bilimi, balki shakllantirilayotgan kompetensiyalari ham baholanishi nazarda tutilgan. Amaldagi Nizomlarga ko’ra o’quvchilarning bilimini baholash quyidan yuqoriga qarab ijobiy baholash mezoni asosida amalga oshirildi. Ya’ni “5” ballik tizimda har bir ball (“1”, “2”, “3”, “4”, “5”), o’quvchining har bir imkoniyati e’tiborga olindi. E’tibor beradigan bo’lsak, har bir ballni belgilashda imkoniyatlar sanab o’tilgan.
Imkoniyat deganda, o’quvchining o’zlashtirishi, darsga tayyorligi, daftar yuritishi, tirishqoqligi, ishtiroki, qo’shimcha topshiriqlarga nisbatan moyilligi, mavzuga oid ma’lumotlarni tahlil eta olishi, mustaqil ish bajarishi va o’z nuqtayi nazarini himoya qila olishi, dars va darsdan tashqari tadbirlarda namuna ko’rsatishi kabi harakatlari nazarda tutildi.
Ushbu fikrni rivojlantirish maqsadida har bir ballni (“1”, “2”, “3”, “4”, “5”) qo’yishda o’quvchining imkoniyatlari tavsifida quyidagi yondashuvni tavsiya etsa bo’ladi: “1” ball – 5 ta imkoniyatning 1 tasidan foydalanish nazarda tutiladi. O’quvchida shakllantirilishi lozim bo’lgan fanga oid kompetensiya bo’yicha: mavzuga oid o’rganilgan hodisalar, tamoyillar va ularning farqlari, o’xshashliklarini ajratishda topshiriqlarni noto’g’ri bajarsa-da, javob berishga harakat qilishi e’tiborga olinadi.
O’quvchida shakllantirilishi lozim bo’lgan tayanch kompetensiyalar bo’yicha:
Kommunikativ kompetensiya. O’z ona tilida muloqotga kirishishi, fikrini og’zaki bayon qilishda qo’pol xatoliklarga yo’l qo’yishi, sodda savollarni tuzishda va javob berishda qiynalishi, o’z bilimi va kuchiga ishonmasligi e’tiborga olinadi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi. Mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olmasligi, kundalik faoliyatda uchraydigan sodda hujjatlar bilan ishlay olmasligi e’tiborga olinadi.
O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi. Jismonan, ma’nan, ruhan o’z-o’zini rivojlantirishga intilishning yo’qligi, o’z xatti-harakatini to’g’ri baholay olmasligi, o’qib-o’rganganlari asosida kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal etishda o’zgalarning ko’magiga tayanishi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi. O’zining fuqarolik burch va huquqlarini bilmasligi. Jamiyatda bo’layotgan voqea, hodisalar va jarayonlarga e’tibor bermasligi, daxldorlik hissining yo’qligi e’tiborga olinadi.
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar. “Vatan” tushunchasini anglashda, sharhlashda qiynalishi, o’zaro munosabatda mehr tuyg’usining tanqisligi, badiiy va san’at asarlaridan ta’sirlana olishi va nisbatan tushunishi, axloq-odob qoidalariga har doim ham birday rioya qilmasligi e’tiborga olinadi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi. Kundalik ehtiyojlari bilan bog’liq sodda hisob-kitoblarga asoslangan shaxsiy iqtisodiy rejalarini tuzishga intilishi, fan va texnika yangiliklaridan bexabarligi e’tiborga olinadi.
Qayd etilgan kompetensiyalarga ega bo’lsa, o’quvchi berilgan imkoniyatning biridan foydalangan hisoblanadi va u “1” balga ega bo’ladi. “2” ball – 5 ta imkoniyatning 2 tasidan foydalanish nazarda tutiladi. O’quvchida shakllantirilishi lozim bo’lgan fanga oid kompetensiya bo’yicha: o’rganilgan mavzuga oid ayrim ma’lumotlar, qoida yoki ta’rif, teoremalarni eslab, noto’g’ri bo’lsa-da, dars va darsdan (maktab va maktabdan) tashqari tadbirlarda qatnashishi e’tiborga olinadi. O’quvchida shakllantirilishi lozim bo’lgan tayanch kompetensiyalar bo’yicha: Kommunikativ kompetensiya. O’z ona tilida muloqotga kirishishi, fikrini og’zaki va yozma bayon qilishda qiynalishi, sodda savollarni tuza olishi, asosli javob berishda qiynalishi, o’z bilimi va kuchiga ishonmasligi, biror xorijiy tilni o’rganishga intilishi e’tiborga olinadi. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi. O’zining fuqarolik burch va huquqlarini qisman bilishi, unga rioya qilishda xatoliklarga yo’l qo’yishi. “Oila manfaati” tushunchasini idrok etishi, biroq uning uchun qanday xizmat qilish kerakligini to’liq anglab yetmasligi e’tiborga olinadi. Milliy va umummadaniy kompetensiyalar. “Vatan” tushunchasini anglashi, sharhlay olishi, milliy qadriyatlarni nisbatan bilishi, axloq-odob qoidalariga har doim ham birday rioya qilmasligi e’tiborga olinadi. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi. Kundalik ehtiyojlari bilan bog’liq sodda hisob-kitoblarga asoslangan shaxsiy iqtisodiy rejalarini tuza bilishi va sodda kichik loyihalarni ishlab chiqa olishi, fan va texnika yangiliklaridan qisman xabardorligi e’tiborga olinadi. Qayd etilgan kompetensiyalarga ega bo’lsa, o’quvchi berilgan imkoniyatning 2 tasidan foydalangan hisoblanadi va u “2” balga ega bo’ladi. “3” ball – 5 ta imkoniyatning 3 tasidan foydalanishi nazarda tutiladi. O’quvchida shakllantirilishi lozim bo’lgan fanga oid kompetensiya bo’yicha: o’quv materiali bo’yicha egallanadigan bilim, ko’nikma va malakalarni qisman o’zlashtirgan holda asosiy ma’lumotlarni ishonchli ravishda to’g’ri bayon eta olsa, tadbirlarda ishtirok etishi e’tiborga olinadi. O’quvchida shakllantirilishi lozim bo’lgan tayanch kompetensiyalar bo’yicha: Kommunikativ kompetensiya. O’z ona tilida muloqotga kirishishi, fikrini og’zaki va yozma bayon qilishda qo’pol bo’lmagan xatoliklarga yo’l qo’yishi, sodda savollarni to’g’ri qo’ya olishi va asosli javob berishi, o’z bilimi va kuchiga ishonch tuyg’usining mavjudligi e’tiborga olinadi. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi. Mavjud axborot manbalarning (internet, televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan qisman ishlay olishi (oddiy tabriknomalar yoza olishi, anketalarni to’ldirishi va boshq.) e’tiborga olinadi. O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi. Shaxs sifatida jismonan, ma’nan, ruhan o’z-o’zini rivojlantirishga intilishi, o’z xatti-harakatlarini to’g’ri baholashda qiynalishi, o’qib-o’rganganlari asosida chin insoniy sifatlarning shakllanishida ijobiy jihatlarning uchrab turishi e’tiborga olinadi. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi. O’zining fuqarolik burch va huquqlarini qisman bilishi, unga rioya qilishga intilishi. Jamiyatda bo’layotgan voqea, hodisalar va jarayonlarga e’tibor berishi, munosabat bildirishda va ishtirok etishda ikkilanishi. “Oila manfaati” tushunchasini idrok etishi, uning uchun ma’lum darajada daxldorlik hissining bo’lishi, kasb-hunarga qiziqishining mavjudligi e’tiborga olinadi. Milliy va umummadaniy kompetensiyalar. “Vatan” tushunchasini anglashi, sharhlay olishi, insonlarga mehr-oqibatli bo’lishi, kiyinishi, yurish-turishida madaniy me’yorlarga va sog’lom turmush tarziga rioya qilishi, an’ana va marosimlarini nisbatan bilishi hamda ularni asrab-avaylashga bo’lgan tuyg’usining shakllanib borishi, axloq-odob qoidalariga rioya qilishi e’tiborga olinadi. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi. Kundalik ehtiyojlari bilan bog’liq sodda hisob-kitoblarga asoslangan shaxsiy iqtisodiy rejalarini tuzishga intilishi, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lishga intilishi va kundalik hayotda tatbiq etishga intilishi e’tiborga olinadi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, yuqorida o’quvchining ham bilimini, ham kompetensiyalarini baholashda yagona “5” ballik tizimdan foydalanilsa, o’qituvchi faoliyati uchun qulay bo’lar edi. Shu bilan birga sinf jurnali, o’quvchi tabeli hujjatlarida sinf o’quvchilarning ma’lum o’quv yilida erishgan natijalari to’g’risidagi ma’lumot ham sodda va aniq o’z ifodasini topgan bo’lar edi.
Ta’limning yangi sifati, avvalo, maktab, oila, jamiyat, davlat, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi munosabatlar xarakterining o’zgarishi bilan bog’liq. Ya’ni, o’quv jarayonini yangilash maktablarni ta’lim muvaffaqiyatini baholashda boshqacha yondashuv mantig’ida ishlashga yo’naltirish uchun mazmunli manba hisoblanadi.
Ko’pincha psixologik va ayniqsa pedagogik adabiyotlarda "baholash" va "baho" tushunchalari aniqlanadi. Shu bilan birga, ushbu tushunchalarni farqlash o’qituvchilarning baholash faoliyatining psixologik, pedagogik, didaktik va tarbiyaviy jihatlarini chuqurroq anglash uchun o’ta muhimdir.
Avvalo, baholash - bu shaxs tomonidan amalga oshiriladigan baholash jarayoni, faoliyati (yoki harakati). Bizning taxminiy va umuman har qanday faoliyatimiz baholashga bog’liq. Baholashning aniqligi va to’liqligi maqsad sari harakatning ratsionalligini belgilaydi.
Ma’lumki, baholash funktsiyalari faqat tayyorgarlik darajasini tasdiqlash bilan cheklanmaydi. Baholash o’qituvchini o’rganish, ijobiy motivatsiya va shaxsga ta’sirini rag’batlantirishning eng samarali vositalaridan biridir. Aynan obyektiv baholash ta’siri ostida maktab o’quvchilarida o’z-o’zini baholash, o’z yutuqlariga tanqidiy munosabat shakllanadi.
Shuning uchun baholashning ahamiyati, uning funktsiyalarining xilma-xilligi maktab o’quvchilarining ta’lim faoliyatining barcha jihatlarini aks ettiradigan va ularning identifikatsiyasini ta’minlaydigan ko’rsatkichlarni izlashni talab qiladi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, bilim va ko’nikmalarni baholashning amaldagi tizimi uning diagnostik qiymati va obyektivligini oshirish uchun qayta ko’rib chiqishni talab qiladi.
Baho (ball) baholash jarayoni, baholash faoliyati yoki harakati, ularning shartli ravishda rasmiy aks etishi natijasidir.
Psixologik nuqtai nazardan, baholash va bahoni aniqlash, uning natijasi bilan muammoni hal qilish jarayonini aniqlash bilan baravar bo’ladi.
Baholash asosida belgi uning rasmiy mantiqiy natijasi sifatida ko’rinishi mumkin. Ammo, bundan tashqari, baho - bu mukofot va jazo xususiyatlarini birlashtirgan pedagogik rag’batlantirish:
Yaxshi baho - mukofot,
Yomon baho - jazo.
Baholash odatda maktab o’quvchilarining mavjud bilimlari va ular ko’rsatgan bilim va ko’nikmalarga bog’liq.
Bilim, ko’nikma va malakalarni birinchi navbatda o’qituvchi uchun ham, o’quvchi uchun ham ularni takomillashtirish, chuqurlashtirish, oydinlashtirish yo’llarini belgilash uchun baholash kerak.
O’quvchi tomonidan berilgan baho bu o’quvchi blan va o’qituvchi bilan ishlash istiqbollarini aks ettirishi muhimdir, bu har doim ham o ‘qituvchilarning o’zi tomonidan amalga oshirilmaydi, ular bu belgini o’quvchining faoliyatini baholash deb biladilar.
Ko’pgina mamlakatlarda o’quvchilarning baholari ta’lim samaradorligini baholash uchun asos bo’lib, ta’lim sifatining muhim parametrlaridan biridir.
O’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini nazorat qilish natijalari uni baholashda ifodalanadi. Baholash - bu biror narsaning darajasi, darajasi yoki sifatini belgilash. Baholash - sifat ko’rsatkichi (masalan, "siz zo’rsiz!"). Baholash ta’limiy maqsadlarga qay darajada erishganligini namoyish qilish imkonini beradi.
Baholash – o’lchash jarayoni: bunda bilim, ko’nikma, kompetensiyalar o’lchanadi.
Baholash tizimi o’rganish jarayonini boshqaradi. (Miller, Cowan, et al)
Baholash – bu dum, ta’lim standartlari – tana bo’lsa, dum tanani likillatadi. (Heargreaves)
Pedagogikada o’lchashning asosiy xususiyati:
Bilvositalilik
Bunda konkret fizik xususiyatlar emas, balki mavhum tushunchalar (bilim, ko’nikma, kompetensiya) o’lchanadi.
Ular maxsus tuzilgan vositalar – nazorat materiallari yordamida o’lchanadi.
Shakllantiruvchi (formativ) baholash (o’rganish uchun baholash):
o’quvchilar o’rganish jarayonining qaysi bosqichida ekanliklari, keyingi qadamlari qanday bo’lishi kerakligi va maqsadga qanday erishishlari mumkinligi haqida
o’quvchilar va o’qituvchilar tomonidan ishlatiladigan dalillarni yig’ish va talqin qilish jarayoni (Isaacs et al, 2013)
Shakllantiruvchi (formativ) baholash (o’rganish uchun baholash):
uyga berilgan vazifalar
dars paytida beriladigan topshiriqlar
savol-javob
dars paytida o’tkaziladigan nazorat ishlari
o’quvchilarning darsdagi faolligini kuzatish
Shakllantiruvchi (formativ) baholash (o’rganish uchun baholash):
norasmiy
ta’lim jarayoniga o’zgartirish kiritish imkonini beradi
qayta aloqa mavjud
Xulosalovchi (summativ) baholash – ta’lim dasturi yoki uning bir qismi so’ngida erishilgan natijani rasmiy baholash. (Isaacs et al, 2013)
Xulosalovchi (summativ) baholash:
baho berish:
ta’lim oluvchiga baho berish
ta’lim beruvchiga baho berish
tanlash:
belgilangan talabga javob beradiganlarni tanlash
cheklangan kvota sharoitida tanlash
Baholash vositalari:
test
yozma ish
og’zaki so’rov
loyiha
Portfolio
O’quvchilarning bilim saviyasi va o’zlashtirish darajasi quyidagi nazorat turlarini o’tkazish orqali baholanadi:
Joriy nazorat – so’rovlar, nazorat ishlari yoki testlar tarzida o’quvchilarning bilimlari, ko’nikma va malakalari muntazam nazorat qilinadi;
Oraliq nazorat – chorak tamom bo’lganda va o’quv dasturining tegishli bo’limi tugallangandan keyin o’quvchilarning bilimlari, ko’nikma va malakalarini baholash uchun amalga oshiriladi. u yozma nazorat ishi yoki testlar shaklida o’tkaziladi. U yozma nazorat ishi yoki testlar shaklida o’tkaziladi.
Ushbu nazoratda foydalaniladigan materiallar o’quv fani o’qituvchisi tomonidan tayyorlanadi.

O’quvchi tomonidan olingan har bir baho bilimlarni maxsus ochilgan ko’zguga qo’yib boriladi. U go’yo o’quvchiga xizmat qiladigan ro’yhat vazifasini bajaradi, baholar esa ijobiy shifrlangan tavsifnoma ahamiyatiga ega bo’ladi. Bunday tavsifnomani e’lon qilish katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’ladi. Bu tavsifnomaning eng muhim tomoni shundaki, o’quvchi xohlagan vaqtida har qanday bahoni nisbatan yuqori bahoga o’zgartirishi mumkin. Ochiq imkoniyat tamoyilining mohiyati ham shunda. Har bir baho, - dеb ta`kidlaydi V.F. Shatalov, avvalambor, o’quvchida ijobiy e’tiborni qo’zg’atadigan vosita, turtki bo’lib xizmat qilishi lozim. Ikki baho salbiy hislarga sabab bo’ladi, o’qituvchi va fan bilan ziddiyatni kеltirib chiqaradi. Shatalov bun­day konfliktli vaziyatlarni bartaraf qiladi.
Bilimlarni nazorat qilish va baholashning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u ta`lim bеruvchi va tarbiyalovchi ahamiyatga ega. O’qituvchi o’quv jarayonining bu elеmеntlarini amalga oshirib, O’quvchilarning idroki, xotirasi, tafakkuri, nutqi, diqqat be’tibori hamda irodasining kuchli va bo’sh tomonlarini aniqlaydi. U o’quvchilarning qiziqishi, mayli, qobiliyati va layoqatini o’rganadi, har bir o`quvchi shaxsining rivojlanishi va ijobiy fazilatlar hosil bo`lishi to’g’risida g’amxo’rlik qiladi.
O’quvchilarning bilim, o’quv hamda malakalarini nazorat qilishning eng muhim vazifasi ularni o’quv mashg’ulotlarini mas’uliyat va halollik bilan bajaradigan qilib tarbiyalashdan iborat. Tajribali o’qituvchilar o’quvchilarning o’quv ishidagi muvaffaqiyatlarini shunday nazorat qiladilarki, natijada o’quvchi­larning o’qishga qiziqishi ortadi, bilim, o’quv hamda malakalari chuqurlashadi, muntazam ravishda mеhnat qilish va intizomli bo’lishga o’rganadilar, bilish faoliyatlari kuchayadi.

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish