O ’zbekiston Respublikasi Oliy va
O’rta mahsus ta’lim Vazirligi
Sog’liqni saqlash vazirligi
Andijon davlat tibbiyot instituti
_____________________________ bo’limi
____________________________yo’nalishi
___-bosqich __-guruh talabasi ________________________ning
___________________ fanidan tayyorlagan
Mavzu: Dorixona sharoitida ekstrakt-konsentratlardan foydalanib suvli ajratmalar tayyorlash
Tekshirdi: ________ ______________________
Ishni bajaruvchi talaba imzosi _______
Mavzu: Dorixona sharoitida ekstrakt-konsentratlardan foydalanib suvli ajratmalar tayyorlash
Reja:
I.Kirish
1.1 Dorixona sharoitida ekstrakt-konsentratlar
II. Asosiy qism
2.1 Dorixona sharoitida ekstrakt-konsentratlardan foydalanib suvli ajratmalar tayyorlash
Ekstrakt-konsentratlar xaqida umumiy tushuncha
2.3.Ekstrakt –konsentratlardan foydalanib suvli ajratmalar tayyorlash
III.Tajriba qismi
3.1 Suyuq ekstrakt –konsentratlardan foydalanib suvli ajratmalar tayyorlash
IV.Xulosa
V. Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
1.1 Dorixona sharoitida ekstrakt-konsentratlar
O’simlik shillik moddalari suvda yaxshi erib kolloid eritma hosil qiladi.
Bu guruhdagi suvli ajratmalarni oddiy qilib shilimshiqlar deb atadik. bo’lar quyuq bo’lib YUMB eritmalar hisoblanadi.
SHilimshiq eritmasi tarkibidagi modda-zarracha suv bilan yaxshi qovushadigan zarracha bo’lib, u shu xususiyati bilan osilma zarrachasidan farqlanadi.
U o’z atrofiga suv molekulalari qavatini to’playdi. Bu suv qavati shilimshiq zarrachalarini eritma tarkibidagi turg’unligini ta’minlaydi.
Agar shilimshiq zarrachalari qavatidagi suv molekulasini olib qo’ysak (masalan, spirt qo’shilsa) unda shilimshiq zarrachalari cho’kmaga tushadi.
Suvli ajratmalar ko’pincha murakkab dori preparatlarning tarkibiy qismi bo’lib, ular dori moddalarini eritish uchun erituvchi sifatida ham ishlatiladi. Buning natijasida damlama va qaynatmalardan murakkab dori shakli hosil bo’ladi. Agar bo’lar ichishga mo’ljallangan bo’lsa miksturalar deb nomlanadi. Miksturalarni tayyorlash uchun dori moddalari suzilgan va sovutilgan damlama va qaynatmalarda eritiladi va yana bir bor suziladi. Dori moddalarning konsentrlangan eritmalarini ishlatilishi bu hollarda ruxsat etilmaydi. SHarbatlar, xushbo’y suvlar, spirtli ajratmalar, suyuq ekstraktlar tayyor damlama va qaynatmalarga hajm bo’yicha oxirida qo’shiladi. Agarda ekstrakt-konsentratlar ishlatilsa, dori moddalarning konsentrlangan eritmalari ishlatilishi mumkin.
Ekstraktlar deb o’simlik xom ashyosidan biologik faol moddalari suv, spirt, efir, yoki boshka ajratuvchilar yordamida ajratib olingan va ajratuvchisi qisman yoki butunlay bug’latilgan ajratmaga aytiladi. Ekstraktlar quyuq suyukligiga karab turlanadi, ekstraktlarga bo’linadi. Ekstrakt konsentratlar tashqi qo’rinishiga qarab 3 ga bulinadi. Suyuq, quyuq, quruq.
Suvli ajratmalarni tayyorlash jarayonlarining nazariy asoslari juda murakkab. Ta’sir etuvchi moddalar o’simlik xom ashyosidan, o’simlikning har xil qismlaridan ajratilib, ular to’kima tuzilmalaridan iborat. To’kimalar bir-biri bilan birlashadi, ularning o’lchami bir necha mkm bo’ladi, xujayralar oraligida xujayralararo bo’shlik ham bor. Kletchatkaga gidrofil moddalar yopishganidan suv o’simlik xom ashyosini namlaydi. Kletchatka bilan o’ralgan o’simlik tarkibidagi moddalar har xil fizik-kimyoviy xususiyatlarga ega. O’simliklarning gistologik tuzilishi har xil bo’lganligi ajratma tayyorlashda hisobga olinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |