Tayyorlanishi. Beriladigan idishga 136 ml suv o’lchab solinadi va unga so’ngra natri bromid konsentrlangan eritmasidan (1: 5) 30 ml olib idishga quyiladi va kodein fosfat (1: 10) konsentratidan 2 ml qo’shiladi.
Mikstura ustiga valeriana suyuk konsentratidan 12 ml qo’shib, jixozlab beradi.
Misol: Rp: Infusi herbo Thermopsidis – 200 ml
Natrii benzoates -1,5
Natrii bromidi -3,0
Liguor Ammonii anisatus - 6,0
M.D.S.
Pasport: Termopsis quruq ekstrakti (1: 1 )
Natriy benzoat 1,5 (1: 1 )
Natriy bromid 3,0 (1:5 )
Novshadilanis tomchisidan -6,0
Suv - 170 ml
Tayyorlanishi: Beriladigan idishga 170 ml suv o’lchab solinadi va unga 0,5 g termopsisni quruq ekstrakti (1: 1) dan qo’shiladi va konsentrat to’liq erib ketguncha chayqatiladi. So’ngra natriy benzoat (1: 10 ) dan 15 ml va natriy bromid (1: 5) konsentratidan 15 ml qo’shiladi. Oldindan novshadilanis tomchisidan ozgina tayyor mikstura bilan aralashtirib, so’ngra umumiy miksturaga qo’shiladi va jixozlanadi.
Rp: Infusi radicis Althaeae -5,0 – 100
Natrii benzoatis -1,5
Elixiris pecforalis - 1,5
M.D.S.
Pasport: Gulxayri ildizi quruq ekstrakti 5,0 (1: 1)
Natriy benzoat - 1,5 (1: 10)
Kukrak eliksiri 1,5
Suv -100 ml gacha
V um 100 ml.
Tayyorlanishi: Gulxayri ildizi quriq ekstraktidan 5,0 gr olib uni avval yaxshilab maydalanadi. 2 ml suv olib xovonchaga tomchilab aralashtiriladi. Uni ustiga natriy benzoat konsentratidan (1: 10) nisbatdagi eritmasidan 15 ml qo’shiladi. Tayyor bo’lgan mikstura ustiga kukrak eliksiri qo’shilib jixozlab beriladi. Tindirilgan xolatda suziladi.
Suvli ajratmalarning sifatini aniklash uchun xujjati dorixat pasporti, joylanishi, rasmiylashtirilgani shuningdek «Salkin joyda saklansin», «Ichishdan oldin chayqatilsin» degan yorliklar bor-yo’qligi, xidi, rangi, mazasi, mexanik iflosliklar yo’qligi va ularning xajmi to’g’riligi tekshiriladi.
Xulosa
Ushbu kur ishi orqali men dorivor o’simliklar xom ashyosidan ta’sir etuvchi moddani ajratib olish dinamikasiga ta’sir etuvchi omillarini o’rgandim. Damlama va qaynatmalarda ham xuddi boshqa ajratmalar (ekstraktlar, tindirmalar) kabi tayyorlash texnologiyasining nazariy asoslariga bo’ysuniladi. Lekin ular ko’prok zarur hollarda tayyorlangani uchun ba’zi bir o’ziga xos jixatlarini e’tiborga olish lozimligini tushundim:
Ekstraktlarning maxsus guruxi bulib dorixona sharoitida suvli ajratmalar tayyorlash uchun o’simlik xom ashyosi urniga ishlatishga mo’ljallangan6. Bular ham o’z navbatida uch guruxga bo’linadi. Suyuq konsentrat ekstraktlar (extracta fluida standartisata).
Ekstraktlar deb o’simlik xom ashyosidan biologik faol moddalari suv, spirt, efir, yoki boshka ajratuvchilar yordamida ajratib olingan va ajratuvchisi qisman yoki butunlay bug’latilgan ajratmaga aytiladi. Ekstraktlar quyuq suyukligiga karab turlanadi, ekstraktlarga bo’linadi. Ekstrakt konsentratlar tashqi qo’rinishiga qarab 3 ga bo’linadi. Suyuq, quyuq, quruq.
Suvli ajratmalar ko’pincha murakkab dori preparatlarning tarkibiy qismi bo’lib, ular dori moddalarini eritish uchun erituvchi sifatida ham ishlatiladi. Buning natijasida damlama va qaynatmalardan murakkab dori shakli hosil bo’ladi. Agar bo’lar ichishga mo’ljallangan bo’lsa miksturalar deb nomlanadi. Miksturalarni tayyorlash uchun dori moddalari suzilgan va sovutil gan damlama va qaynatmalarda eritiladi va yana bir bor suzilishini tushundim. Dori moddalarning konsentrlangan eritmalarini ishlatilishi bu hollarda ruxsat etilmaydi. SHarbatlar, xushbo’y suvlar, spirtli ajratmalar, suyuq ekstraktlar tayyor damlama va qaynatmalarga hajm bo’yicha oxirida qo’shiladi. Agarda ekstrakt-konsentratlar ishlatilsa, dori moddalarning konsentrlangan eritmalari ishlatilishi mumkin.
Xom ashyodan dorixatda ko’rsatilgan miqdordagicha suv solib, ajratma olinib, berilgan hajmgacha suv bilan etkaziladi. Bunda yana suv qo’shishimizning sababi shuki, suvning bir qismi xom ashyoda ushlanib qoladi. Lekin suv qo’shish bilan biz olingan ajratmani suyultirgan bo’lamiz. SHuning uchun ana shu xom ashyoda ushlanib qoladigan suvni ham oldindan hisoblab tavsiya qilinadi. Suvning ko’shimcha miqdori damlama va qaynatmalar tarkibidagi ta’sir etuvchi modda miqdorini ancha ko’paytiradi. Tutib qilinadigan suv miqdori o’sha xom ashyoning morfologik va anatomik xususiyatlariga va xom ashyoning maydalik darajasiga bog’liq ekan.
Dorixonada ko’p uchraydigan angishvonagul va bahorgi adonis o’simliklaridan tayyorlanadigan damlamalardir. Bu guruhga kiruvchi o’simliklardan damlama tayyorlashda qo’yilgan talablarni to’la bajarish kerak. Bu talablarga maydalik darajasi, ma’lum vaqt mobaynida damlash, issiqlik darajasi, damlash tartiblari aniq bajarilishi kiradi. Yurak glikozidlari issiqlikka chidamsiz bo’lgani uchun eritma issiqlik darajasini oshirib yuborishi, glikozidlarni geninlarga parchalanishiga olib keladi, bu geninlar kam biologik faollikka ega. Sovitish vaqtini qisqartirish angishvonagul ajratmasiga suvda erimaydigan digitoksinni o’tishini, adonisda esa adonitoksinni ajratma tarkibiga o’tishini kiyinlashtiradi. Angishvonagul va adonis damlamalarini tayyorlash uchun olingan angishvonagul bargi va adonis o’ti biologik faol moddalar saqlash jixatidan XDF tegishli moddalar talabiga javob berishi kerak. Agar saqlaydigan moddalari ko’p bo’lsa, o’simlik kam miqdorda olinadi, ta’sir etuvchisi kam bo’lsa, bu o’simlikdan damlama tayyorlanmaydi. Shuning uchun ham ular tarkibi yaxshilab o’rganishimiz zarur.Men kelajakda o’z kasbimni mutaxassisi bo’lib farmaseftika faniga o’z yangiliklarimni qo’shib tibbiyotni rivojlanishiga astoydil harakat qilaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |