O ’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus ta'lim vazirligi



Download 6,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/98
Sana27.04.2022
Hajmi6,03 Mb.
#584826
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   98
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika 2

9-mavzu: EKOLOGIK TARBIYA
Reja:
1. Ekologik tarbiya berishning nazariy asoslari.
2. Tabiatga munosabat odobini tarbiyalash.
3. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish yo'llari.
4. Tabiat burchagidagi ishlar.
/ .
Ekologik tarbiya berishning nazariy asoslari
Bugungi kunda insoniyatni xavf ostida qoldirayotgan hodislardan biri ekologik 
vaziyat hisoblanadi. Jamiyatning atrof-muhit bilan o'zaro buzilgan aloqasi keng 
jamoatchilik o’ratsida katta tashvish uyg'olmoqda.
O ’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida ‘‘Fuqarolar atrof 
tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar". 55-moddasida 
esa “Er osti boyliklari, suv, o’simlik, va hayvonol dunyosi hamda boshqa tabiiy 
zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat 
muxofazasidadir” deyilgan.
Insonning tabiiy boyliklardan haddan tashqari oshiqcha foydalanishi oqibatida 
sayyoramizning qiyofasi o'zgarib bormoqda. YAshil o’rmonlar siyraklashib, o'simlik 
va hayvonot lurlari kamaymoqda, foydali qazilma boyliklari tugab bormoqda. Suv 
xavzalari va atmosfera havosining ifloslanishi, chiqindi moddalarning ortib borishi 
natijasida aholini oziq-ovqat bilan ta'minlash, energiya va chuchuk suv muammolari 
bor|an sari murakkablashmoqda. Oqibatda, million-million yillar davomida turg’un 
bo’lgan tabiiy holatga putur etmoqda.
Ekologik bilim - bu tirik tabiatning tuzilishi, rivojianishi, o’zgarishi, er yuzidagi 
tirik jonzotlarning holati, ularning bir-birlari va atrof-muhit o’rtasida bo’lib turadigan 
munosabatlarni, tabiiy boyliklarning son va sifatini, xajmini, xillarini hamda ularni 
saqiash va tejamkorlik bilan foydalanish yp’llarini o’zlashtirishdan iboratdir.
Inson tabiatga, o’zini o’rab olgan muhitga nisbatan o’z munosabatini 
o’zgartirishi. tabiat qonunlarini bilishi, o’rganishi va ular asosida o’z hayotini 
rivojiantirishi shart. Tabiat qonunlariga mos keladigan hayot yo’Marini ishlab chiqish 
kerak. Aks holda inson va jamiyat katta tabiiy ofatlarning kelib chiqishiga sababchi 
bo’ladi va shu ofatlardan halok bo’ladi.
Ekologik taTim va tarbiyaning tub ma'nosi - tabiat va jamiyat o’rtasidagi doimiy 
birlik va ularni bir-biilariga bog’lovchi tabiiy hamda ijtinioiy qonunlarni o’rganish, 
hayotga tatbiq qilishdan iboratdir.
Ekolgik ta'Iim va tarbiya - bu insonni tabiatga qadam qo’ygan vaqtdan boshlab, 
butun hayoti davomida tabiatdan ongli ravishda foydalanishga, psixologik, axloq- 
odob yuzasidan halqimizning tabiatga hurmat va e’tibor bilan qaraydigan urf- 
odatlarini, udumlarini tarbiyalash, tabiiy boyliklarni ko’paytirish, bog’u-rog’lar, 
gulzorlar tashkil qilishga undashdan, uning qalbida yaxshi xislatlar uyg’otishdan 
iboratdir.
Insonni o ’rab turgan tabiiy muhit va uning boyliklarini biladigan, undan 
tejamkorlik bilan foydalanadigan, saqiaydigan, tabiat boyligiga, go’zalligiga go’zallik
107


qo shadigan, ijtimoiy va tabiiy qonunlarni biladigan bilimdon shaxsni etishtirish - bu 
ekologik tarbiya maqsadi.
O'rta asriarda yashab ijod etgan SHarq allomalaridan Muhammad Muso al- 
Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar 
tabiat fanlarining rivojlanishiga katta hissa qo'shganlar. Ular hali ekologiya fani 
dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat. o’simliklar va hayvonot 
dunyosi, labiatni e'zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar.

Download 6,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish