O ’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus ta'lim vazirligi


Tabiatga munosabat odobini tarbiyalash



Download 6,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/98
Sana27.04.2022
Hajmi6,03 Mb.
#584826
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   98
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika 2

2. Tabiatga munosabat odobini tarbiyalash
*lnson onadan tug’ilib, olamga kelgan chog’idanoq tabiat ehsonidan bahramand 
bo’ladi. Ilk bor havodan to’yib nafas oladi. Odamzot o’sib-unish uchun oziq-ovqat, 
SUV, 
quyosh, harorati juda zarur bo’lib, u bularning hammasini tabiatdan oladi. Tabiat 
musaffo bo’lsa. odam ham sog’lom, baquvvat o’sadi.
Odam har nafas olganda uning o’pkasiga yarim litrgacha havo kiradi. Odam bir 
minutda 16-18 marta nafas oladi yoki tanaga 8-9 litr havo kiradi. Bu miqdor bir 
kecha-kunduzda 11 ming litrdan ortadi. Demak, havo inson tanasi uchun eng muhim 
va zarur tabiat in'omidir. Havoga muntazam ravishda aralashib turadigan il1os chang 
o ’pkada gaz almashuviga salbiy ta'sir ko’rsatadi. Bu insonning sog’lig’ini bora-bora 
izdan chiqarib. turli-tuman xastaliklarni vujudga keltiradi.
Tabiat 
shunday 
odil 
mo’ jizaki, 
atrof-muhitni 
muvozanatga keltiradi. 
CHunonchi, chiqarilgan karbonat angidridni o ’simliklar yutib, uni kislorodga 
aylantiradi, demak o'simliklar dunyosi, rairiziy rna'noda aytganda, havoni chang va 
karbonat angidriddan tozalab beruvchi bebaho vositadir. Bunda inson o’z atrofini 
o ’rab turgan iabiatni, uning o’simliklar dunyosini ko’z qorachig'iday asrabgina 
qolmay, 
uni 
boyitishi, 
qo’lidan 
kelganicha 
ko’proq 
daraxt 
ekishi, 
ko’kalamzorlashtirishga intilishi zarur degan xulosa chiqadi. SHuning uchun ota- 
bobolarimiz daraxt ekish, bog’-rog’ yaratishni savobli ish deb bilishgan. Bir tup 
mevali daraxt ekkan kishining ikki dunyosi obod bo’ladi, deb bejiz aytishmagan.
Muhammad allayhissalom hadislarida bu ishning savobi xususida quyidagilar 
aytilgan: “Ekmoq niyatida qo’lingizda ко’chat turgan paytda, behosdan qiyomat 
qoim bo’lib qolishi aniq bo’lganda ham, ulgursangiz, uni ekib qo’ying’'.
109


Inson ehtiyoji uchun zarur bo’lgan suv, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak 
ham labiatdan olinadi, hattoki insonning xastalikdan qutulishi, salomatligini tiklashi 
uchun zarur bo’lgan dori darmonlar ham ona-tabiatda etishgan mevalar, turli giyohlar 
\a ziravorlardan tayyorlanadi. Inson tanasida birorta ortiqcha a’zo bo’lmagaday, 
tabiatda ham ortiqcha yaratilgan birorta narsa yo’q. Ularning hammasi hayot uchun
zarur.
Er yuzi ekologiyasi keskin buzilmoqda. Dara.xtlarning kesib yuborilishi, qush va 
hayvonlarning 
shavqatsizlik bilan oviab yo’q 
qilinishi tabiat 
muvozanati 
qonunlarining buzilishiga sabab bo’ldi va bo’lmoqda.
Dengiz va daryolarga, okeanlarga neft qoldiqlari quyilib, er yuzidagi suv 
ekologiyasi tubdan izdan chiqarilmoqda. Inson uchun quyosh nuri, toza havo, toza 
suv naqadar zarur bo’Isa, ona zamin ham shunday zarur, uni asrab-avaylash 
insonning o ’z qo’lidadir.
Abu Ali i ibn Sino “Dunyoda chang va tutun bo’lmaganida, odamzot ming yil 
umr ko’rishi mumkin edi” - degan edi.
Atrof - muhitning tozaligini ta'minlash o ’zimizga bog’liq, biz katta-yu yosh 
toza 
havodan 
bahramand 
bo’lish 
uchun 
shahrimizga 
ko’chat 
ekib, 
ko’kalamzorlashtirsak, uning ozodaligini saqiasak, o ’zimizning sog’lig’imizni 
saqlagan bo’lamiz.
Bahor faslida ko’chat ekish oyligi o ’tkaziladi. SHunday ekan, nihollami 
yaxshi niyat bilan ekish, parvarishlash, gullar ekib o ’stirish har bir o ’quvchi va 
kattalaming insoniy burchidir. 
*
O ’zbek halqi qadriyatlari orasida tabiatni saqiash, qadriga etish, chiipyiga 
chiroy, ko’rkiga-ko’rk qo’shishi odatlari bor.
Inson tabiatdagi har bir giyoh, o ’t-o'Ian, dov-daraxt, parranda-darrandalami, 
olamda nimaiki kerakli bor narsani zarur deb biladi.
Ota-bobolarimiz zilol suvni, buloqlarni, so’lim daraxtzorlarni, qoya-g’orlami, 
hosiyatli o ’t-o’Ianlami, gul-giyohlarni muqaddas bilib asrashga, niyati порок 
kishilardan saqiashga, toptamaslikka, oyoq osti qilmaslikka alohida e'tibor berib 
kelganlar.
A w alo har bir inson er yuzidagi o’simliklarni ko’paytirishga hissa qo’shishi, 
karaaytirishdan o ’zini tiyishi lozim. O ’simliklami ko’paytirishning birdan bir yo’li 
- mevali va manzarali daraxtiarni iloji boricha ko’proq ekishdir. Ulami parvarish 
qilish, bog’-rog’Iar yaratish har bir inson uchun hayrli ish bo’lishi birlan birga, 
savobli ish hamdir.
Halqimiz bog’ yaratgan odamlarni hech qachon esiaridan chiqarmaydi. 
Go’zal bog’lar yaratish yurtni gullar bilan burkash qadimdan eng yaxshi 
odatlarmizdan biri bo’lib kelgan.
YAqin va O ’rta SHarq halqiarining qimmatli va nodir yozma yodgorliklardan 
biri SHarofiddin Ali YAzdiyning “Zafamoma” asarida Amir Temuming davlat 
faoliyati va harbiy yurishlari bayon qilinish bilan bir qatorda, XIV asr oxiri va XV 
asr boshlarida O ’rta Osiyodagi madaniy hayotga doir bir qancha noyob 
m a'lum otlar ham keltirilgan .
110


Ajdodlarimizning yuksak did va nafosat nigohi bilan yaratilgan bog’-rog’lari, 
ulkan qurilishlari hozirgi kunda ham Samarqandu Biixoroni, Ko’hna Urganch, 
Xivani bezab, Er yuziga zeb berib turibdi. Bu nodir abidalar bobokalonlarimiz el- 
yurt obodonchiligiga alohida e'tibor qilganliklaridan dalolat beradi.
“Zafarnoma”da Sohibqiron Amir Temur tomonidan barpo etilgan “ Bog’i 
shamol”, “Bog’i dilkusho”, “SHalirisabz qo’rg’oni’’ va Oqsaroy kabi obidalar 
haqida bataTsil hikoya qilinadi.
Bunday misollarni keltirishimizdan maqsad o ’tmish ajdodlarimizdan bizgacha 
urf-odat bo’Iib etib kelgan obodonchilik ishlaridan hozirgi yoshlarni xabardor 
etish ularni ana shu ishlar misolida tarbiyalashdir. Ular ham Jaloliddin 
Manguberdi, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy kabi el farvonligi, 
yurt obodligi uchun kurashuvchi zabardast o ’g’il-qiziar, oliyhimmat inson
tabiatga mehr-muruvvatli kishilar bo’Iib etishsinlar.

Download 6,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish