o’qiyotib jonli nutqqa yaqinlashadi, bolalarga so'zlarni,
tovushlami qanday tallafuz
etish keraqligini tushintiradi. Qaytarishda esa tarbiyachi bolalardan so zlarni aniq.
balandroq yoki past, sekinroq yoki tez talafuz etishni talab etadi. Bu mashqiarda
matnni eslab qolish uchun o’tkaziladigan bar bir mashg’ulotda 5-6 daqiqadan vaql
ajratiladi. Bolalar «SHolg'om», «Bo’g’irsoq», «Tulki, xo’roz va quyon» kabi ertakni
sahnalashtirishni juda sevadilar.
Ertak va hikoyalarni bolalar ko'pincha o’zlarining ijodiy rolli o'yinlarida
sahnalashtiradilar, bu o ’yinlarda tulki, sichqon, xo'roz, quyon kabi personajlarni
o yinlarda aks ettiradilar. YOzuvchilarning badiiy asarlarini
ham bolalar sevib
sahnalashtiradilar. Bolalar bilan suhbatlasha turib, tarbiyachi hikoya yoki ertak
qahramonlarining o ’ziga xos xususiyatlarini aniqlashga harakat qiladi. Har xil she’r.
ertak qahramonlarining o’ziga xos xususiyatlari mana shunday o ’rganiladi.
Sahnalashtirish ishini quydagi bosqichlar bo’yicha o’tkazish mumkin;
1-
bosqich. Adabiyotlarni tanlash. Sahnalashtirish uchun adabiyot tanlaganda
quydagi talabga rioya qilish kerak:
1. Ertak, hikoya yoki she'rda qatnashuvchilar ko’p bo'lishi kerak.
2. Asarda mazmun yaxshi bo’lib qoJmasdan, harakatlarning xili ham ko’p
bo'lishi kerak..
3. Asar ifodali o’qishga mos kclishi shart.
4. Mazmuni qiziqarli bo’lishi kerak.
5. Asar bolalarning yoshiga mos kelishi kerak.
2- bosqich. Sahnalashtirishi uchun tanlangan hikoya, she'r
yoki ertakning
mazmunini o ’qib berish yoki qo’g’irchoq, soya teatirida ko’rsatish ortjali
tanishtiriladi.
•
3-
bosqich. Eslab qolish. Asarni bolalar eslab qolishlari uchun uni qayta o’qib
berish, postanovka ko’rsatish, rasmlar nomoyish etish, didaktik o’yinlardan
foydalaniladi.
4-
bosqich. O ’yin qiziqarli o’tishi va uzoq davom etishi uchun o’yinga keraqli
materiallar, kiyimlar tayorlab berish va shu bilan birga to’g’ri rahbarlik qilish kerak.
Bu ishni tarbiyachi bajaradi, katta guruhda esa tarbiyaehi yordamida u bilan
birgalikda bolalar bajarishadi. Tarbiyachi bir qancha ertakka doir rasmlar ko’rsatadi
Guruhda shu yoshli bolalarga xos bo’lgan ertaqlar, hikoyalar ularga tanish bo’lib
qolgandan keyingina sahnalashtirish boshlanadi. «SHolg'om», «Bo’g’irsoq» kabi
ertaqlar sahnalashtiriladi. Tayyorlov guruhida bu ish davom ettiriladi. Sahnalashtirish
uchun ertaqiargina olinmasdan, badiiy asarlar, xususan she'rlar ham olinadi.
Sahnalashtirish o’yinlariga guruhlariga qarab har xil rahbarlak qilinadi. Masalan,
tarbiyachi o ’rta guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi asarlar tanlaydi, katta
guruh bolalari uchun esa asar qahramonlarining ancha murakkab munosabatlari,
ularning kechinmalari, qayg’ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi.
Tarbiyachi bajarilgan ishning hisobini olib boradi.
Bolalarga qaysi asar
yoqqanini, ular ko’proq qaysi asarni sahnalashtirishni yoqtirishlarini, qaysi bola
topshirilgan rolni yaxshi ijro eta olganini, rollami ijro etishda bolalarda qanday
qiyinchiliklar vujudga kelganini yozib boradi. Mana shu asosda bo’lg’usi
sahnalashtiriladigan o ’yinlar Jonlantiriladi.
126