Buyuk Britaniya muzeylari
1. Buyuk Britaniya muzeylari tarixi.
2. Hozirgi kunda Buyuk Britaniyada mavjud muzeylar.
3. London Milliy galereyasi.
4. Britaniya muzeyi faoliyati.
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Q o‘shma
Qirolligi
(ingl.
United Kingdom o f Great Britain and Nortxern Ireland)
- Shi-
m oli-g‘arbiy Yevropadagi davlat. Buyuk Britaniya oroli (mamlakat
hududining 90 %i shu orolda) va Irlandiya orolining shimoli-shar-
qiy qismida hamda ularga yondosh mayda orollar (Anglsi, Uayt,
Normand, Orkney, Gebrid, Shetlend va boshqalar)da joylashgan.
G ‘arbdan Atlantika okeani, sharqdan Shimoliy dengiz o ‘rab turadi.
Buyuk Britaniya mamlakati asosiy qismining nomi bilan ko ‘pincha
Angliya deb ataladi. Poytaxti - London shahri. Tarixan tarkib topgan
va milliy jihatdan har xil b o ‘lgan 4 m a’muriy siyosiy qism (A ngli
ya, Uels, Shotlandiya va unga yondosh orollar, Shimoliy Irlandiya)
dan iborat. Normand orollari mustaqil m a’muriy hudud hisoblanadi.
Buyuk Britaniyada 200 dan ortiq m uzeylar mavjud. Angliya,
Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiyada muzeylar keng yoyilgan.
Ularni barchasining alohida tarix va o ‘rni mavjud. Bu davlatlarda
m uzeylar tashkil etish va ularni rivojlantirish
borasida keng ishlar
olib borilgan. U yerdagi m uzeylar dunyoga mashhur muzeylar sira-
siga kiradi va har yili k o ‘plab tom oshabinlam i o ‘ziga jalb etadi.
M uzeylar turli y o ‘nalishlarda faoliyat yuritadi. Masalan, milliy
muzeylar, uy muzeylari, davlat va tarix muzeylari,
qurolli kuchlar
muzeyi va boshqalar. Milliy portretlar muzeyi Shotlandiyaning tar
ixi va bugungi kuniga oid insonlar portretlari bor.
Shotlandiyada “Shotlandiya m illiy galereyasi” b o ‘lib, u yerda
davlatning tarixi va bugungi kunidan so ‘zlovchi asarlar nam oyish
etiladi. Undan tashqari, “ Shotlandiya m illiy m uzeyi” ham mavjud.
U yerda Shotlandlaming milliy kiyimlari, urf-odatlari va hayoti haqi
da m a’lumotlar olish mumkin.
B o‘lajak muzeyshunos sifatida shuni ta’kidlashim joizki,
Shot-
landiyada bu sohaning son jihatdan emas, sifat jihatdan rivojlanishiga
e ’tibor berilgan.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Britaniyada 20 dan ortiq muzeylar
mavjud va ularning asosiy qismi Angliya shaharlarida joylashgan.
Ulaming har biri tomoshabinlami jalb etish borasida dunyo muzey-
lari orasida yetakchi o ‘rinda turadi. Misol tariqasida,
London shahrida
joylashgan “Madam Tyusso” muzeyini keltirishimiz mumkin. U yerda
dunyo tanigan shaxslaming haykallari namoyish etiladi. Hayratlanarlisi
shuki, muzeyga kirgan tomoshabin jonli shaxslami ko‘rgandek taassurot
oladi.
Londondagi yana boshqa muzeylar: Imperiya qurolli kuchlari
muzeyi.
London shahar muzeyi, dunyoga mashhur izquvar Sherlak
Xolms uy-muzeyi, Tabiiy tarix muzeyi,
Viktoriya Alberta muzeyi,
Milliy portretlar muzeyi, Britaniya muzeyi, London milliy galereyasi,
Teyt galereyasi va boshqalarni ko‘rishimiz mumkin.
Undan tashqari, Manchester shahar muzeyi, Lidsdagi Qirollik qu-
rollar palatasini ta ’kidlash mumkin48.
Do'stlaringiz bilan baham: