Sherlok Xolms muzeyi.
London shahrida joylashgan mashhur
izquvar Sherlok Xolmsning muzeyi mashhur muzeylar qatorida hi-
soblanadi. Kitobxonlar u haqida detektiv asarlar o ‘qishni yoqtirisha-
di. Chunki u aql bovar qilmas jinoyatlam i ham fosh etadi va barchani
lol qoldiradi. Hozirgi kunda u haqida ko‘plab filmlar suratga olingan
bo‘lib, tomoshabinlar e ’tiborini qozonmoqda.
Londondagi Madam Tyusso muzeyi.
London shahrida joylashgan
ushbu muzeyda 400 dan ortiq figuralar va portretlar joylashgan. U yer
da joylashgan figuralar huddi tirikdek, ba’zilar uni haqiqiy emasligiga
ishonishmaydi. Muzeyga yiliga 2,5 million tomoshabinlar tashrif buyu-
radi. Ular hech qachon yuzma-yuz ko‘rmagan mashhur odamlar bilan
suratga tushishlari mumkin. Muzeydagi eksponatlarga tegish mumkin.
U shunday mashhurki, yaqinda AQSHda filiali ochilgan. Nyu-York
va Las-Vegas shaharlaridagi filiallarida Amerikaning barcha mashhur
insonlarini ko‘rish mumkin. Yana Gollandiya va Gonkongda filiallari
ham bor.
London dengiz muzeyi.
Bu muzey Buyuk Britaniya poytaxti
London shahrida joylashgan. Bu milliy dengiz muzeyi 1934-yil par-
lament qarori asosida tashkil etilgan va 1937-yil 27-aprelda ochilgan.
London kino muzeyi.
Bu muzey 1998-yil Londonning kino instituti
vakili Devid Frensi va Lesli Xardkastlom boshchiligida tashkil etilgan.
Londondagi Viktoriya va Alberti muzeyi.
Londondagi Viktoriya
va Albert muzeyi 1852-yilda ochilgan. 0 ‘zida katta va kichik hajm
dagi kolleksiyalarni jam lagan va 150 ta zaldan iborat50.
London Milliy galereyasi
1824-yili 11-mayda Angliyada ilk bor rangtasvir Milliy galereyasi
ochildi. Galereya tashkil etish uchun mister Angersteynning 38 ta
kartinasi asos bo‘ldi. Kartinalaming orasida Klodning manzaralari,
Sebastyano del Poboning «Lazaming tirilishi», Titsianning «Venera
va Adonis», Rubensning «Sabinyankalaming o ‘g ‘irlanishi», shuning
dek, Angliyadan chiqqan rassomlardan Xogartning «Rasm bo‘lgan
nikoh», Reynoldsning «Admiral Xitfildning portreti», Uilkinning
«Derevenskiy prazdnik» kabi asarlari e ’tiborlidir. Bulardan tashqari,
yana bir qancha kolleksionerlar ham bo‘lgan. Bomontning topshirgan
kartinalari tufayli galereyada ularning soni 54 gacha ko‘paydi.
Galereya ish faoliyatining birinchi o ‘n yilliklarida Pussenning «Vak-
xanaliya», Titsianning «Vakx va Ariadna», Korredjoning «Savatli
Madonna» kabi asarlari sotib olinadi. 1831-yili esa yirik kolleksi-
oner hisoblangan Xoluell-Karr galereyaga o ‘zining noyob va badiiy
qiymatga ega bo‘lgan kolleksiyalarini vasiyat orqali topshiradi.
Galereya faoliyatining ilk davrida 44 ta italyan kartinalaridan
tashqari, 17 ta boloniyaliklaming polotnolari, 13 ta venetsiyaliklar,
23 ta anglyaliklar, 20 ta fransuzlar (ulardan 10 tasi Klod Lorrenning
asarlari), 9 ta flamand, 8 ta golland rassomlari (6 tasi Rembrand qa-
lamiga m ansub) ning ishlari mavjud edi. Ispanlar maktabi esa hali
to ialig ich a o ‘zini namoyon etmagan edi. Bu noyob san’at asarlar-
ning barchasi kolleksioner A ngersteynning uyida joylashtiriladi.
Vaqt o ‘tishi bilan kartinalar k o ‘payib boradi va to ‘plangan asarlarga
jo y yetmay qoladi. Shu sababli 1831-yil maxsus galereya binosini
qurish ishi am alga oshiriladi. Qurilma m e’mor Uilyam Uilkins loyi-
hasi bo‘yicha quriladi. Maxsus bino uchun jo y Trafalgar maydoni-
ning shimoliy qismidan ajratiladi. Binoning markaziy qismi gum-
baz bilan yopiladi. Fasad qismida esa antik davrga xos 8 ustunli
peshayvon joylashtiriladi. 1838-yilgacha Angersteyn uyida joylash
gan galereya ushbu binoga k o ‘chirilib, omma uchun tantanavor
ravishda ochiq deb e ’lon qilinadi. Har yili tom oshabinlar soni oshib
boradi. M asalan, 1839-yili ularning soni 114 ming b o ‘lsa, 1841-yili
538 mingga yetadi. Shu bilan birga, kolleksionerlam ing soni ham
o ‘sib boradi. Jumladan, 1838-yili lord Farnbru galereyaga Pussen,
Reysdal, Gvardi, Rubens kabilarning kartinalarini berishni vasi
yat qiladi. 18 5 1-yili esa taniqli ingliz rassomi Djozef Mallard Uilyam
Tyomer 300 ga yaqin kartina va 19 mingga yaqin chizmatasvir, akva-
rel xomaki ishlanmalarini davlatga topshiradi. 1897-yili Tyomeming
asarlari Teyt galereyasiga ko‘chirilib, u yerdan 9-zalni egallaydi. Mil-
liy galereyada esa Tyomeming «Didone, Karfagen», «Tumandagi tong
otishi» kabi asarlari qoladi. 1855-yili Charlz Istleyk galereyaga direk-
tor etib tayinlanadi. U boshqargan davrda galereya gullab-yashnaydi,
uning fondi boyib boradi. Uning galereyaga qilgan xizmati nihoyatda
katta. Istleyk ilk Niderlandiya, Germaniyaning U yg‘onish davriga oid
kartinalarini, Venetsiya, Boloniya maktabiga oid Kvatrachento davriga
doir kartinalami yig‘ib, galereyaga to ‘playdi. Istleykdan so‘ng, Uilyam
Bonsxol galereyani boshqargan paytida Mikelandjeloning «Tobutga
qo‘yish», «Avliyo Ioann va go‘dak ushlagan Madonna» kabi asarlami
qo‘lga kiritadi. Kartinalar soni o ‘sib bordi. Shu boisdan galereyaga
qo‘shimcha bino qurilishi uchun yana harakatlar boshlanadi. 1876-yili
m e’mor Ed Berri loyihasi asosida galereyaning sharqiy qanoti quriladi.
1885-yili esa m e’mor Dj.Teylor tomonidan zinali markaziy vestibyul
qurilib, galereyaga yana 5 ta zal qo‘shiladi. Zallarning soni ko‘paygani
uchun yig‘ilgan asarlarni xronologik, sistematik ravishda joylashtirish
sharoiti tug‘iladi. Asarlar kelib chiqish joyi, maktabi bo‘yicha bo‘linadi.
1871 -yili Ser Robert Pil orqali galereyaga ko‘p sonli flamand va golland
rassomlarining kartinalari kelib tushadi. Ularning soni 70 taga yaqin
b o iib , bu yerda Mestyu, Ostade, Terborx, Xobbem, Rubenslaming
mashhur asarlari kiradi. 1875-yili esa Uinn Ellis 94 ta noyob asarlami
Milliy galereyaga taqdim qiladi. Bu kartinalaming 70 tasi Flandriya,
Gollandiya, Niderlandiya maktabi rassomlariga tegishlidir. To‘plangan
kartinalaming soni 1000 tadan oshadi. 1880-yilda Galereyaga Leonar
do da Vinchining «Qoyalar ichidagi Madonna» kartinasi kelib tushadi.
1889-yili Rafaelning «Madonna Aksidel», Van Deykning «Karl I por-
treti» kabi asarlari galereya uchun sotib olinadi. 15 yildan so‘ng esa,
Velaskesning «Oyna ushlagan Venera», 1895-yili el Grekoning «Sav-
dogarlaming ibodatxonadan quvilishi» kartinalari galereya to ‘plamidan
o‘rin oladi. 1903-yili Angliyada yangi badiiy o ‘quv yurti ochiladi. Bu
badiiy o ‘quv yurtining ochilishi galereyaning rivojiga katta ta ’sir
o ‘tkazadi. 1910 — 1915-yillarda galereyaga ilk bor XIX asr fransuz
rassomlarining kartinalari kelib qo‘shiladi. Bularga Russo, Dyupre,
Diaz, Dobini, E.Mane, Dega, K.Lorren kabi rassomlaming asarlari ki-
radi. Urush davrlari barcha muzeylar kabi Milliy galereyaga ham og‘ir
keladi. Urushdan so‘ng galereyada asarlar saqlanadigan xona tashkil
qilinadi. U yerda asarlar yaxshi kuzatuvda bo‘lib, ta’mirlana boshlana-
di. 1970-yili Milliy galereyaning shimoliy qismiga yangi korpus qurila
di. 1975-yili bu qurilma yakuniga yetkazilib, uning tantanavor ochilish
marosimi o ‘tkaziladi. Milliy galereyaning yangi qurilmasida 9 ta katta
va 3 ta kichik hajmdagi zallar joylashtiriladi. Umumiy zallaming soni
esa 46 taga yetadi. Bulardan tashqari, yangi qurilgan korpusda katta
auditoriya tashkil qilinib, u yerda vaqtinchalik ko‘rgazmalar, leksiyalar
o ‘tkazilib turiladi. Butun ekspozitsiya uchun m o‘ljallangan zallaming
22 tasida italyan rassomlarining asarlari, qolgan 15 tasida Uyg‘onish
davri rassomlarining ishlari o ‘rin oladi. Ispan maktabiga oid kartinalar
esa 2 - zalda joylashtiriladi.
Hozirgi kunda galereya dunyodagi eng nufuzli Milliy galereyalar-
dan biri hisoblanadi. Unda U yg‘onish davridan boshlab, XIX asrgacha
bo‘lgan yetuk rassomlaming badiiy qiymatga ega noyob asarlari saqla-
nadi. Tomoshabinlaming soni esa har yili oshib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |