O zbekiston badiiy akademiyasi kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn instituti



Download 3,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/75
Sana04.03.2022
Hajmi3,68 Mb.
#482233
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75
Bog'liq
Muzeyshunoslik

Sherlok Xolms muzeyi. 
London shahrida joylashgan mashhur 
izquvar Sherlok Xolmsning muzeyi mashhur muzeylar qatorida hi-


soblanadi. Kitobxonlar u haqida detektiv asarlar o ‘qishni yoqtirisha- 
di. Chunki u aql bovar qilmas jinoyatlam i ham fosh etadi va barchani
lol qoldiradi. Hozirgi kunda u haqida ko‘plab filmlar suratga olingan 
bo‘lib, tomoshabinlar e ’tiborini qozonmoqda.
Londondagi Madam Tyusso muzeyi. 
London shahrida joylashgan 
ushbu muzeyda 400 dan ortiq figuralar va portretlar joylashgan. U yer­
da joylashgan figuralar huddi tirikdek, ba’zilar uni haqiqiy emasligiga 
ishonishmaydi. Muzeyga yiliga 2,5 million tomoshabinlar tashrif buyu- 
radi. Ular hech qachon yuzma-yuz ko‘rmagan mashhur odamlar bilan 
suratga tushishlari mumkin. Muzeydagi eksponatlarga tegish mumkin. 
U shunday mashhurki, yaqinda AQSHda filiali ochilgan. Nyu-York 
va Las-Vegas shaharlaridagi filiallarida Amerikaning barcha mashhur 
insonlarini ko‘rish mumkin. Yana Gollandiya va Gonkongda filiallari 
ham bor.
London dengiz muzeyi. 
Bu muzey Buyuk Britaniya poytaxti 
London shahrida joylashgan. Bu milliy dengiz muzeyi 1934-yil par- 
lament qarori asosida tashkil etilgan va 1937-yil 27-aprelda ochilgan.
London kino muzeyi. 
Bu muzey 1998-yil Londonning kino instituti 
vakili Devid Frensi va Lesli Xardkastlom boshchiligida tashkil etilgan.
Londondagi Viktoriya va Alberti muzeyi. 
Londondagi Viktoriya 
va Albert muzeyi 1852-yilda ochilgan. 0 ‘zida katta va kichik hajm­
dagi kolleksiyalarni jam lagan va 150 ta zaldan iborat50.
London Milliy galereyasi
1824-yili 11-mayda Angliyada ilk bor rangtasvir Milliy galereyasi 
ochildi. Galereya tashkil etish uchun mister Angersteynning 38 ta 
kartinasi asos bo‘ldi. Kartinalaming orasida Klodning manzaralari, 
Sebastyano del Poboning «Lazaming tirilishi», Titsianning «Venera 
va Adonis», Rubensning «Sabinyankalaming o ‘g ‘irlanishi», shuning­
dek, Angliyadan chiqqan rassomlardan Xogartning «Rasm bo‘lgan


nikoh», Reynoldsning «Admiral Xitfildning portreti», Uilkinning 
«Derevenskiy prazdnik» kabi asarlari e ’tiborlidir. Bulardan tashqari, 
yana bir qancha kolleksionerlar ham bo‘lgan. Bomontning topshirgan 
kartinalari tufayli galereyada ularning soni 54 gacha ko‘paydi. 
Galereya ish faoliyatining birinchi o ‘n yilliklarida Pussenning «Vak- 
xanaliya», Titsianning «Vakx va Ariadna», Korredjoning «Savatli 
Madonna» kabi asarlari sotib olinadi. 1831-yili esa yirik kolleksi- 
oner hisoblangan Xoluell-Karr galereyaga o ‘zining noyob va badiiy 
qiymatga ega bo‘lgan kolleksiyalarini vasiyat orqali topshiradi.
Galereya faoliyatining ilk davrida 44 ta italyan kartinalaridan 
tashqari, 17 ta boloniyaliklaming polotnolari, 13 ta venetsiyaliklar, 
23 ta anglyaliklar, 20 ta fransuzlar (ulardan 10 tasi Klod Lorrenning 
asarlari), 9 ta flamand, 8 ta golland rassomlari (6 tasi Rembrand qa- 
lamiga m ansub) ning ishlari mavjud edi. Ispanlar maktabi esa hali 
to ialig ich a o ‘zini namoyon etmagan edi. Bu noyob san’at asarlar- 
ning barchasi kolleksioner A ngersteynning uyida joylashtiriladi. 
Vaqt o ‘tishi bilan kartinalar k o ‘payib boradi va to ‘plangan asarlarga 
jo y yetmay qoladi. Shu sababli 1831-yil maxsus galereya binosini 
qurish ishi am alga oshiriladi. Qurilma m e’mor Uilyam Uilkins loyi- 
hasi bo‘yicha quriladi. Maxsus bino uchun jo y Trafalgar maydoni- 
ning shimoliy qismidan ajratiladi. Binoning markaziy qismi gum- 
baz bilan yopiladi. Fasad qismida esa antik davrga xos 8 ustunli 
peshayvon joylashtiriladi. 1838-yilgacha Angersteyn uyida joylash­
gan galereya ushbu binoga k o ‘chirilib, omma uchun tantanavor 
ravishda ochiq deb e ’lon qilinadi. Har yili tom oshabinlar soni oshib 
boradi. M asalan, 1839-yili ularning soni 114 ming b o ‘lsa, 1841-yili 
538 mingga yetadi. Shu bilan birga, kolleksionerlam ing soni ham 
o ‘sib boradi. Jumladan, 1838-yili lord Farnbru galereyaga Pussen, 
Reysdal, Gvardi, Rubens kabilarning kartinalarini berishni vasi­
yat qiladi. 18 5 1-yili esa taniqli ingliz rassomi Djozef Mallard Uilyam 
Tyomer 300 ga yaqin kartina va 19 mingga yaqin chizmatasvir, akva- 
rel xomaki ishlanmalarini davlatga topshiradi. 1897-yili Tyomeming 
asarlari Teyt galereyasiga ko‘chirilib, u yerdan 9-zalni egallaydi. Mil-


liy galereyada esa Tyomeming «Didone, Karfagen», «Tumandagi tong 
otishi» kabi asarlari qoladi. 1855-yili Charlz Istleyk galereyaga direk- 
tor etib tayinlanadi. U boshqargan davrda galereya gullab-yashnaydi, 
uning fondi boyib boradi. Uning galereyaga qilgan xizmati nihoyatda 
katta. Istleyk ilk Niderlandiya, Germaniyaning U yg‘onish davriga oid 
kartinalarini, Venetsiya, Boloniya maktabiga oid Kvatrachento davriga 
doir kartinalami yig‘ib, galereyaga to ‘playdi. Istleykdan so‘ng, Uilyam 
Bonsxol galereyani boshqargan paytida Mikelandjeloning «Tobutga 
qo‘yish», «Avliyo Ioann va go‘dak ushlagan Madonna» kabi asarlami 
qo‘lga kiritadi. Kartinalar soni o ‘sib bordi. Shu boisdan galereyaga 
qo‘shimcha bino qurilishi uchun yana harakatlar boshlanadi. 1876-yili 
m e’mor Ed Berri loyihasi asosida galereyaning sharqiy qanoti quriladi. 
1885-yili esa m e’mor Dj.Teylor tomonidan zinali markaziy vestibyul 
qurilib, galereyaga yana 5 ta zal qo‘shiladi. Zallarning soni ko‘paygani 
uchun yig‘ilgan asarlarni xronologik, sistematik ravishda joylashtirish 
sharoiti tug‘iladi. Asarlar kelib chiqish joyi, maktabi bo‘yicha bo‘linadi. 
1871 -yili Ser Robert Pil orqali galereyaga ko‘p sonli flamand va golland 
rassomlarining kartinalari kelib tushadi. Ularning soni 70 taga yaqin 
b o iib , bu yerda Mestyu, Ostade, Terborx, Xobbem, Rubenslaming 
mashhur asarlari kiradi. 1875-yili esa Uinn Ellis 94 ta noyob asarlami 
Milliy galereyaga taqdim qiladi. Bu kartinalaming 70 tasi Flandriya, 
Gollandiya, Niderlandiya maktabi rassomlariga tegishlidir. To‘plangan 
kartinalaming soni 1000 tadan oshadi. 1880-yilda Galereyaga Leonar­
do da Vinchining «Qoyalar ichidagi Madonna» kartinasi kelib tushadi. 
1889-yili Rafaelning «Madonna Aksidel», Van Deykning «Karl I por- 
treti» kabi asarlari galereya uchun sotib olinadi. 15 yildan so‘ng esa, 
Velaskesning «Oyna ushlagan Venera», 1895-yili el Grekoning «Sav- 
dogarlaming ibodatxonadan quvilishi» kartinalari galereya to ‘plamidan 
o‘rin oladi. 1903-yili Angliyada yangi badiiy o ‘quv yurti ochiladi. Bu 
badiiy o ‘quv yurtining ochilishi galereyaning rivojiga katta ta ’sir 
o ‘tkazadi. 1910 — 1915-yillarda galereyaga ilk bor XIX asr fransuz 
rassomlarining kartinalari kelib qo‘shiladi. Bularga Russo, Dyupre, 
Diaz, Dobini, E.Mane, Dega, K.Lorren kabi rassomlaming asarlari ki-


radi. Urush davrlari barcha muzeylar kabi Milliy galereyaga ham og‘ir 
keladi. Urushdan so‘ng galereyada asarlar saqlanadigan xona tashkil 
qilinadi. U yerda asarlar yaxshi kuzatuvda bo‘lib, ta’mirlana boshlana- 
di. 1970-yili Milliy galereyaning shimoliy qismiga yangi korpus qurila­
di. 1975-yili bu qurilma yakuniga yetkazilib, uning tantanavor ochilish 
marosimi o ‘tkaziladi. Milliy galereyaning yangi qurilmasida 9 ta katta 
va 3 ta kichik hajmdagi zallar joylashtiriladi. Umumiy zallaming soni 
esa 46 taga yetadi. Bulardan tashqari, yangi qurilgan korpusda katta 
auditoriya tashkil qilinib, u yerda vaqtinchalik ko‘rgazmalar, leksiyalar 
o ‘tkazilib turiladi. Butun ekspozitsiya uchun m o‘ljallangan zallaming 
22 tasida italyan rassomlarining asarlari, qolgan 15 tasida Uyg‘onish 
davri rassomlarining ishlari o ‘rin oladi. Ispan maktabiga oid kartinalar 
esa 2 - zalda joylashtiriladi.
Hozirgi kunda galereya dunyodagi eng nufuzli Milliy galereyalar- 
dan biri hisoblanadi. Unda U yg‘onish davridan boshlab, XIX asrgacha 
bo‘lgan yetuk rassomlaming badiiy qiymatga ega noyob asarlari saqla- 
nadi. Tomoshabinlaming soni esa har yili oshib bormoqda.

Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish